O'zb  
 
07.12.2017

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEVNING FARMONIGA SHARH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma besh yilligi munosabati bilan afv etish togrisida»gi Farmoniga

SHARH

Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligini nishonlash arafasida Prezidentimiz tomonidan 2 ming 700 nafar mahkumni afv etish togrisidagi Farmon imzolandi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning asosi Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qoyilgan insonparvarlik, inson hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa huquqlarining oliy qadriyat sifatida tan olinishi kabi umuminsoniy prinsiplarni amalga oshirishdan iboratdir.

Qonunga rioya qilmagan, biroq oz qilmishining qonunga xilofligini anglab yetgan va tuzalish yoliga qatiy otgan shaxslarga oz oilasiga va jamiyatga qaytishi, ijtimoiy moslashish imkoniyatining berilishi ozbek xalqining kechirimlilik, rahmdillik va bagrikenglik kabi azaliy qadriyatlarining amaldagi yorqin ifodasidir.

Shu paytgacha har yili amnistiya togrisida hujjatlar qabul qilingan. Takidlash joizki, amnistiya ozodlikka chiqariladigan shaxslarning aniq guruhini belgilamaydi. Amnistiya togrisidagi aktda faqat jinoyat turlari kozda tutilib, ozodlikka chiqariladigan shaxslar amnistiya togrisidagi hujjat ijrosini taminlash jarayonida aniqlanadi.

Amnistiya aktidan farqli ravishda, afv etish masalasini hal etishdan oldin har bir mahkumning shaxsi, ular tomonidan sodir etilgan qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasi, sodir etilish holatlari va oqibatlari, yetkazilgan zararning qoplanganligi, shuningdek, jabrlangan tomon va jamoatchilik munosabati har tomonlama va puxta organib chiqiladi.

Shu maqsadda 2017 yil 29 sentabrda davlatimiz rahbari tomonidan Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma besh yilligi munosabati bilan jazoni ijro etish muassasalarida jazo otayotgan mahkumlarni afv etish haqidagi materiallarni tayyorlash chora-tadbirlari togrisidagi farmoyish qabul qilindi.

Ushbu farmoyishga muvofiq huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar, jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat ishchi guruhlar Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Afv etish masalalari boyicha komissiya bilan hamkorlikda joylarga chiqib, har bir mahkum bilan yakka tartibda suhbatlar otkazish orqali ularning shaxsini organib chiqdi.

Organish jarayonida mahkum tomonidan sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasiga, uning oz qilmishidan chin kongildan pushaymonligiga, jinoyat natijasida yetkazilgan zararning qoplanganligiga, yoshi, sogligiga, oilaviy ahvoliga va yengillashtiruvchi boshqa holatlarga alohida etibor qaratildi. Shu bilan birga, jabrlanganlar va jamoatchilikning, jumladan, mahkum yashagan mahalla vakillarining fikrlari ham atroflicha organildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mamlakatimiz tarixida ilk marotaba 2 ming 700 nafar mahkumni, shu jumladan, jazoni ijro etish koloniyalaridan 956 nafar turli sharoitlar tufayli jinoyat sodir etgan, qilmishidan chin kongildan pushaymon bolgan, tuzalish yoliga qatiy otgan, yashash joyi va jazoni ijro etish muassasasida ijobiy tavsiflangan shaxslarni afv etish togrisida Farmon qabul qilindi.

Ushbu Farmon bilan afv etiladigan mahkumlarga tez kunlarda oz oilasiga va jamiyatga qaytib, bundan buyon mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisi bolish imkoniyati yaratildi.

Mazkur Farmonning qabul qilingani Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan davlat va jamiyatning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan demokratik ozgarishlar insonparvarlik tamoyiliga asoslanganligini korsatuvchi yana bir yorqin dalildir.

OzA



DB query error.
Please try later.