O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Fevral 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 1 2 3 4
03.06.2017

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONIGA SHARH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat veterinariya xizmati boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida»gi farmoniga

SHARH

Keyingi yillarda mamlakatimizda chorvachilikni yanada rivojlantirish, qoramol va parrandalar bosh sonini barqaror oshirishni ta’minlashda davlat veterinariya xizmati tizimini takomillashtirishga alohida etibor qaratilmoqda. Davlat veterinariya xizmati boshqaruv tuzilmasini oqilona tashkil etish, ilmiy-laboratoriya, moddiy-texnik baza va kadrlar salohiyatidan samarali foydalanish hayvonlarni kasalliklardan saqlash, respublikamizga ota xavfli yuqumli kasalliklar kirib kelishi va tarqalishining oldini olishda, aholini odamlar va hayvonlar uchun umumiy bolgan kasalliklardan himoya qilishda hamda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taminlashda muhim institutga aylanadi.

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan rejali ishlar natijasida qoramollar soni 2,4 barobarga, qoy va echkilar soni 2 karraga, parrandalar soni 1,9 martaga osishiga hamda gosht mahsulotlari hajmi 2,8 barobarga, sut 2,7 martaga, tuxum 3,3 barobarga oshdi.

Shu bilan birga, davlat veterinariya xizmati amaldagi tizimining tahlili sohada bir qator muammo va kamchiliklar mavjudligini korsatmoqda, xususan:

davlat veterinariya xizmati sohasida ishlarning umumiy holati mamlakatimizning jadal suratlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish suratlaridan va hozirgi zamonning hayvonlar sogligi profilaktikasi hamda oz vaqtida va sifatli davolashni taminlashga qaratilgan zamonaviy talablardan sezilarli darajada ortda qolmoqda;

tarmoqda yagona vertikal boshqaruv tizimi yaratilmagan, uning moddiy-texnika bazasi manaviy va jismoniy jihatdan eskirgan;

hayvonlar kasalliklarini profilaktika qilish va davolashga ilmiy ishlanmalar va zamonaviy veterinariya dori vositalarini ishlab chiqarishni yolga qoyish, innovatsion usullarni amaliyotga joriy qilish boyicha tizimli ishlar amalga oshirilmayapti;

sohada kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish borasida ilmiy-tadqiqot va oliy oquv yurtlari bilan ozaro hamkorlik yolga qoyilmagan.

Veterinariya sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish, epizootik barqarorlik va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taminlash, veterinariya servis xizmatlari sifatini oshirish va davlat veterinariya xizmatini yanada takomillashtirish, shuningdek, 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi doirasida qabul qilingan Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili Davlat dasturida nazarda tutilgan vazifalarni hal qilish maqsadida Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat veterinariya xizmati boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi farmoni hamda Ozbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qomitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari togrisidagi qarori qabul qilindi.

Farmon bilan Ozbekiston Respublikasi Qishloq va suv xojaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi negizida Ozbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qomitasi tashkil etilib, uning quyidagi asosiy vazifa va yonalishlari belgilandi:

veterinariya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish va davlat dasturlarini ishlab chiqish, meyoriy-huquqiy tartibga solishni taminlash, mazkur sohada davlat va xojalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining ozaro samarali hamkorligini muvofiqlashtirish;

hayvonlar yuqumli kasalliklari tarqalishining oldini olish, tezkor aniqlash, tashxis qoyish va epizootik barqarorlikni taminlash borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini monitoring qilish;

hayvonlarni turli kasalliklardan saqlash, hayvonlardan olinadigan mahsulot va xomashyolar xavfsizligini taminlash sohasida idoraviy va ishlab chiqarish xizmatlari, shuningdek, xususiy veterinariya faoliyatini muvofiqlashtirish;

veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoshimchalarning sifati hamda muomalasi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;

ilmiy-tadqiqot ishlari yonalishlarini belgilash, fundamental, amaliy va innovatsion ishlanmalarni veterinariya amaliyotiga joriy etilishini muvofiqlashtirish va bu maqsadlarda xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda ilgor texnologiya va tajribalarni veterinariya sohasiga joriy qilish va boshqalar.

Davlat veterinariya qomitasi zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun davlat va xojalik boshqaruvi organlari hamda fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari bilan hamkorlik qilish mexanizmlari, shuningdek, hayvonlarni identifikatsiya qilish va royxatga olishning takomillashtirilgan tizimi ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi.

Veterinariya sohasida ilmiy-tadqiqotlar hajmi, kolami va sifatini oshirish maqsadida mazkur farmonga muvofiq:

Ozbekiston Respublikasi Qishloq va suv xojaligi vazirligi huzuridagi Ozbekiston Qishloq xojaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi tasarrufidagi Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti Davlat veterinariya qomitasi tizimiga otkazildi;

Respublika davlat veterinariya laboratoriyasi, Hayvonlarning ota xavfli kasalliklari davlat laboratoriyasi va Parranda kasalliklari boyicha davlat veterinariya laboratoriyasi tugatilib, ularning negizida Respublika hayvonlar kasalliklari diagnostikasi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi markazi tashkil etildi;

Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoshimchalarning sifatini nazorat qilish davlat laboratoriyasi Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoshimchalari sifati va muomalasi nazorati boyicha davlat ilmiy markaziga aylantirildi;

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Ozbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qomitasi va bolinmalarining tuzilmasi, shuningdek, 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasi davlat veterinariya xizmati faoliyatini takomillashtirish boyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi, dasturda quyidagi vazifalar:

veterinariya qonunchiligini takomillashtirish va unga amal qilinishi ustidan nazorat ornatish boyicha takliflar ishlab chiqish;

Davlat veterinariya xizmatining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;

veterinariya sohasida qollaniladigan asbob-uskunalar va veterinariya dori vositalari ishlab chiqarish boyicha mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish va yangilarini joriy etish;

amaldagi diagnostika usullari va vositalarini, hayvonlarni davolash va profilaktika qilishni takomillashtirish hamda aholini xavfsiz va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taminlashni amalga oshirish nazarda tutilgan.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni va qarorining amaliyotga tatbiq etilishi:

birinchidan, veterinariya sohasida yagona davlat siyosatini yuritishga;

ikkinchidan, veterinariya amaliyotining fan bilan ozaro samarali va faol hamkorligini taminlashga;

uchinchidan, mavjud kadrlar salohiyatining mustahkamlanishi va yuqori malakali kadrlar zaxirasini yaratishga;

tortinchidan, hayvonlar sogligi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taminlashda soha faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga kotarishga mustahkam zamin yaratadi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: