O'zb  
 
01.06.2017

MADANIYAT VA SANAT SOHASINI YANADA RIVOJLANTIRISH VA TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR CHORA-TADBIRLAR TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, jahon miqyosidagi ilgor tajribalar asosida zamonaviy madaniyat va sanat muassasalari barpo etish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ijodkor ziyolilarni har tomonlama qollab-quvvatlash masalalariga davlatimiz tomonidan ustuvor ahamiyat qaratib kelinmoqda.

Aholi, xususan, yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularni milliy va umumbashariy madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, shu asosda manaviy yetuk, barkamol shaxslarni tarbiyalash, yosh istedod egalarining qobiliyati va salohiyatini royobga chiqarish borasida keng kolamli ishlar amalga oshirildi.

Shu bilan birga, madaniyat va sanat sohasini boshqarishda eskicha usullar saqlanib qolayotgani, mavjud muammolarni hal etish boyicha kompleks yondashuvning yetishmasligi, madaniyat muassasalarining faoliyatini tashkil etish, aholiga madaniy xizmat korsatishda oqsoqlikka yol qoyilayotgani, aksariyat joylarda madaniyat va sanat maskanlarining moddiy-texnik bazasi bugungi kun talablariga javob bermasligini qayd etish zarur. Ayniqsa, soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda mavjud talab va ehtiyojlarni hisobga olmaslik, ularni qayta tayyorlash, malakasini oshirish borasida puxta tizim yaratilmagani madaniyat sohasida yagona davlat siyosatini samarali amalga oshirish, bu yonalishdagi ustuvor vazifalarni toliq bajarish imkonini bermayapti.

Mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilishning bugungi yangi bosqichida madaniyat va sanatning hayotimizdagi orni va ahamiyatini oshirish, yosh avlodimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ona yurtga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida:

1. Ozbekiston Respublikasida madaniyat va sanat sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish boyicha 2017-2021 yillarga moljallangan chora-tadbirlar dasturi (keyingi orinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Dasturning asosiy yonalishlari etib belgilangan quyidagi vazifalar ijro uchun qabul qilinsin:

madaniyat va sanat muassasalari faoliyatini tashkil etish va samaradorligini oshirish borasidagi qonunchilikni takomillashtirish. Jumladan, muzeylar va teatrlar faoliyatini takomillashtirish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish. Moddiy madaniy meros va arxeologiya obyektlarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish mexanizmlarini yanada takomillashtirish;

madaniyat va sanat muassasalari, teatrlar, muzeylar, badiiy jamoalar, madaniyat va aholi dam olish maskanlari, madaniyat va istirohat boglari faoliyati, moddiy-texnik bazasi holatini atroflicha organish, ularni tamirlash va zarur jihozlar, musiqa asboblari bilan taminlash, samarali ijodiy faoliyat uchun qulay shart-sharoitlar yaratish. Ozbek milliy raqs va xoreografiya sanatini yanada rivojlantirish, madaniyat va sanat rivojiga katta hissa qoshgan taniqli sanatkorlar, jahon miqyosidagi nufuzli korik-tanlovlarda yuqori orinlarni egallagan yoshlarni moddiy qollab-quvvatlash;

yoshlarni sanat maskanlariga, xususan, teatr va muzeylar, konsert tomoshalariga muntazam jalb etish, ozbek va jahon madaniyatining eng sara namunalaridan bahramand etish orqali ularning manaviy-axloqiy, estetik didi va madaniy darajasini yanada yuksaltirish. Madaniyat va istirohat boglari hududida «Nuroniylar maskan»larini tashkil etib, faxriylarning madaniy dam olishlari uchun zarur sharoitlar yaratish;

Seni kuylaymiz, zamondosh!, Debyut kabi teatr sanati korik-festivallari samaradorligini oshirish orqali buyuk siymolar, zamonamiz qahramonlari obrazi, bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini aks ettirgan, badiiy yuksak sahna asarlarini yaratish. Bahor nafasi xalqaro sanat festivali, Boysun bahori xalqaro folklor festivali, Yoshlik bahori respublika yosh opera ijrochilari festivali singari tadbirlar, turli xalq sayllarini tashkil etib, ularga xorijiy sayyohlarni keng jalb etish;

madaniyat va sanat yonalishidagi talim muassasalarining malakali kadrlar va mutaxassislarga bolgan talab va ehtiyojlarini organish, bu borada kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish, zamonaviy ilgor tajribalardan foydalanish, dunyoning mashhur musiqachilari, bastakorlari ishtirokida ijodiy uchrashuvlar, mahorat darslari tashkil etish, madaniyat va sanat yonalishidagi talim muassasalarini oquv dasturlari va notalar, oquv qollanma va darsliklar, ilmiy-metodik adabiyotlar bilan taminlash;

Ozbekistonning yuksak madaniyati va sanatini xalqaro maydonda yanada keng targib etish, xalqaro korik-tanlov va festivallarda mamlakatimiz vakillarining ishtirokini kuchaytirish, Samarqand shahrida otkaziladigan Sharq taronalari xalqaro musiqa festivali nufuzini yanada oshirish, boshqa turli tadbirlarda chet ellik madaniyat va sanat namoyandalari keng qatnashishlarini taminlash, xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanish.

2. Ozbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi 2017 yilning 1 oktabriga qadar:

muzeylar va teatrlar faoliyatini takomillashtirish hamda ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash kompleks chora-tadbirlarini;

yoshlarni teatr va muzeylarga, konsert-tomosha tadbirlariga tizimli ravishda jalb etish orqali ularning manaviy-axloqiy, estetik va madaniy darajasini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini;

Ozbekiston Respublikasi Investitsiyalar boyicha davlat qomitasi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda mamlakatimizdagi konsert-tomosha va teatr muassasalarining ijodiy xodimlari uchun grim va postijyor mahsulotlari, oyoq kiyimlar, maxsus liboslar, jumladan, balet sanati uchun liboslar, yuksak darajada ishlangan sahna dekoratsiyalari va konstruksiyalari, parda va sahna liboslarini tayyorlashga ixtisoslashgan qoshma korxona tashkil etish yuzasidan takliflarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

3. Ozbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga komaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qomitasi Madaniyat vazirligi va Toshkent shahri hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent shahri, Buxoro kochasi, 10-uyda joylashgan binoni Ozbekkonsert davlat muassasasi tasarrufiga otkazish va ushbu binoda jahon andozalariga toliq mos keladigan, akademik jamoalarning badiiy dasturlari namoyish etiladigan, jonli ijroga moljallangan zamonaviy konsert zalini barpo etish boyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.

4. Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligi va Moliya vazirligi 2018/2019 oquv yilidan boshlab Ozbekiston davlat konservatoriyasida madaniyat va sanat yonalishidagi oliy va orta maxsus talim muassasalari, shuningdek, maktabdan tashqari talim muassasalari uchun malakali musiqa pedagoglarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ixtisoslashtirilgan fakultet tashkil etish yuzasidan zarur choralarni amalga oshirsin.

5. Quyidagilar Dasturni amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

Ozbekiston Respublikasi Investitsiya dasturlari mablaglari;

Ozbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablaglari;

Ozbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Madaniyat va sanatni rivojlantirish jamgarmasi mablaglari;

Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari talim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamgarmasi;

tijorat banklarining kredit mablaglari;

yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

6. Ozbekiston Respublikasida madaniyat va sanat sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish boyicha 2017-2021 yillarga moljallangan chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish boyicha Respublika komissiyasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Respublika komissiyasi (A.Aripov):

Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlarda Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va tegishli hududlarning hokimlari boshchiligida Dasturni amalga oshirish boyicha bir hafta muddatda tegishli ishchi guruhlar tashkil etsin;

vazirlik va idoralar, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan har bir davlat va xojalik boshqaruvi organlari, viloyat, shahar, tumanlar boyicha Dastur asosida ikki hafta muddatda hududiy dasturlar ishlab chiqilishini taminlasin, ularni tasdiqlasin hamda ularda nazarda tutilgan tadbirlar oz vaqtida amalga oshirilishini muvofiqlashtirsin;

Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning bajarilishiga masul bolgan vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tizimli asosda muvofiqlashtirib, belgilangan tadbirlarning toliq va sifatli bajarilishi ustidan monitoring olib borsin va nazorat qilsin.

7. Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:

Dasturni amalga oshirish yuzasidan ikki hafta muddatda hududiy dasturlarni ishlab chiqib, Respublika komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritish;

Dasturni amalga oshirish uchun zarur boladigan mahalliy byudjet mablaglarining rejalashtirilishi va toliq ajratilishi, homiylik xayriyalari jalb etilishini taminlash;

hududlarda madaniyat sohasida faoliyat yuritayotgan yuqori malakali xodimlar, jumladan, iqtidorli yosh mutaxassislar uchun munosib turar joy sharoitlarini yaratish maqsadida hududlar markazlarida imtiyozli ipoteka kreditlari asosida kop qavatli xizmat uylarini qurish, shuningdek, yuqorida korsatilgan toifadagi mutaxassislar uchun uy-joylar ajratish;

madaniyat va istirohat boglarida aholi, ayniqsa, bolalar va yoshlar xavfsizligini taminlash maqsadida mavjud attraksion va boshqa oyin qurilmalarining xavfsizlik qoidalariga muvofiqligini taminlash choralarini korsin.

8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov va Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.Sultonov zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2017 yil 31 may


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: