O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
06.05.2017

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORIGA SHARH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda yer osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari togrisida»gi qaroriga

SH A R H

Uzoq muddatli istiqbolda ichimlik suvi ta’minoti tizimini rivojlantirish va modernizatsiyalashga doir kompleks chora-tadbirlar va maqsadli dasturlarning amalga oshirilishi asosida aholini sifatli ichimlik suvi bilan taminlash mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning ustuvor yonalishlaridan biri hisoblanadi.

Hozirga qadar respublikamizning aksariyat mintaqalarida aholini markazlashtirilgan ichimlik suvi bilan taminlash boyicha keng kolamli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, joriy yilning 20 aprelida qabul qilingan Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarda ichimlik suvi taminoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturi togrisidagi qarori bu borada muhim ahamiyatga egadir.

Shuni alohida qayd etish lozimki, bugungi kunda yurtimizdagi 69 ta shahar, 335 ta posyolka va 2902 ta qishloq aholi punkti aholisining ehtiyojlari yer osti suvlari zaxiralari hisobiga qondirilmoqda.

Hammamizga malumki, keyingi on yilliklarda sanoat va qishloq xojaligining jadal suratda rivojlanishi chuchuk yer osti suvlari holatiga salbiy tasir korsatdi. Bu esa oz navbatida suv zaxiralari hajmining sezilarli darajada qisqarishi hamda suv olish inshootlarining ruxsatsiz qurilishiga, suvni nazoratsiz olish oqibatida esa ayrim manbalarda suv zaxiralarining keskin kamayishi va tugashiga olib keldi.

Respublikamizning ayrim hududlarida yer yuzasidagi suvlarni chiqarib tashlash va drenaj tizimlarining qoniqarsiz holati, yer osti suvlari sathining intensiv kotarilishi, shuningdek, rejali tarzda gidrogeologik monitoring olib borilmagani oqibatida ayrim shaharlar va aholi punktlarida yer osti suvlari sathining yer yuzasiga yaqinlashishi kuzatilmoqda.

Shu bilan birga, yer osti suvlari monitoringining amaldagi tizimi suv manbalarining ifloslanishiga, yer osti suvlari zaxiralarining kamayishiga va bazi aholi punktlarida yer osti suvlari sathining kotarilishiga olib keluvchi salbiy omillarni oz vaqtida va tolaqonli baholash imkonini bermayapti.

Bu haqda soz borganda, ichimlik suvi taqchil bolgan ayrim hududlarda suvni chuchuklashtirish boyicha zamonaviy qurilmalar yetarli darajada joriy etilmaganini, suvni chuchuklashtirish uchun kerak boladigan uskuna va qurilmalarni ishlab chiqarish borasida mavjud imkoniyatlardan toliq foydalanilmayotganini ham takidlashga togri keladi.

Muhim jihati shundaki, shu yilning fevral-mart oylarida 10 mingdan ortiq suv qudugi boyicha otkazilgan xatlov natijalari aytib otilgan salbiy omillarning yer osti suvlari holatiga tasiri davom etayotganidan dalolat beradi. Xatlov natijalari:

60 foizdan ortiq quduqlardan yer osti suvlari nazoratsiz olinayotgani hamda ularning ifloslanishi va zaxiralarining kamayishi davom etayotganini;

59 foiz yer osti suvlari tasdiqlanmagan zaxiralardan olinayotganini;

yaqin on yillar mobaynida chuchuk yer osti suvlari mavjud resurslarining yarmidan kopini tiklab bolmas tarzda yoqotishning real xavfi mavjudligini yaqqol korsatdi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu qarori yuqorida korsatib otilgan muammolarni zudlik bilan hal etish zaruratidan kelib chiqqan holda qabul qilindi. U ayni paytda yer osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni taminlash chora-tadbirlari samaradorligini oshirish va shu asosda mamlakatimiz aholisini suv bilan taminlash sifatini yaxshilashga hamda ayrim shaharlar va tumanlar markazlarida yer osti suvlari sathlari kotarilishining oldini olishga yonaltirilgan.

Avvalambor, ushbu qaror bilan 2017 yilning 1 iyulidan boshlab quyidagi tartib joriy etiladi:

belgilangan tartibda ruxsat olinmasdan, biroq texnik talablarga rioya etilgan holda qazilgan quduqlardan foydalanish tegishli suvdan foydalanuvchilar va suv istemolchilari tomonidan kelgusida belgilangan tartibda foydalanish uchun rasmiylashtirilishi lozim;

belgilangan tartibda ruxsat olinmasdan va texnik talablarga rioya etilmasdan qazilgan quduqlar tegishli suvdan foydalanuvchilar va suv istemolchilarini muqobil suv manbalariga ulashni hisobga olgan holda belgilangan tartibda tugatiladi;

yuridik va jismoniy shaxslarga suv olish uchun quduq qazishga belgilangan tartibda gidrogeologik xulosa berish faqat Ozbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qomitasining gidrogeologiya korxonalari tomonidan amalga oshiriladi;

suv olish uchun quduq qazishga ruxsatnomalar Ozbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qomitasining davlat ekologik ekspertizasi xulosasi mavjud bolgan taqdirda Ozbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qomitasi tomonidan beriladi.

Ushbu hujjatda yer osti suvlarini hisobga olish va ulardan foydalanish yuzasidan nazorat va hisob-kitobning taminlanishi uchun vakolatli davlat organlarining hamda suvdan foydalanuvchilar va suv istemolchilarining suv resurslaridan oqilona foydalanish, olinayotgan suv hajmini tolaqonli tarzda hisobga olish, shuningdek, ularning ifloslanishi va kamayishiga yol qoymaslik boyicha vazifalari belgilangan.

Mazkur qaror bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda yer osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari dasturi sohada muhim orin tutadi.

Dastur:

yer osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va ularni hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari kompleksini;

chuchuk yer osti suvlarining tasdiqlangan zaxiralarini kopaytirishning maqsadli parametrlarini;

yer osti suvlari monitoringi boyicha kuzatish punktlari tarmogini kengaytirish parametrlarini;

Ozbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qomitasi gidrogeologiya korxonalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda hududiy gidrogeologiya stansiyalarining ishlab chiqarish bazalarini qurish va jihozlash chora-tadbirlarini;

shaharlar va tumanlar markazlarida drenaj va kuzatuv quduqlarini hamda kollektorlarni qurish va ularni mukammal tamirlash parametrlarini oz ichiga oladi.

Dasturni moliyalashtirish uchun Davlat byudjeti, xalqaro moliyaviy institutlar va mahalliy byudjetlar mablaglari hisobidan 396 milliard som yonaltirish kozda tutilgan.

Shuningdek, mamlakatimizda chuchuklashtirish qurilmalarini sanoat usulida ishlab chiqarishni tashkil etish va tegishli aholi punktlarini jihozlash uchun 2017 yilning oxirigacha Qoraqalpogiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarida tajriba-sinov ishlarini otkazish nazarda tutilgan.

Shu bilan birga, Ozbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qomitasi hamda Qishloq va suv xojaligi vazirligi korxonalarini mutaxassis kadrlar bilan taminlash maqsadida 2017/2018 oquv yilidan boshlab Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida Meliorativ gidrogeologiya talim yonalishi boyicha kadrlar tayyorlashni tashkil etish kozda tutilgan.

Ushbu qarorning bajarilishi:

birinchidan, yer osti suvlaridan foydalanishni nazorat qilish va ulardan oqilona foydalanishni hisobga olishning samarali mexanizmini joriy etish;

ikkinchidan, yer osti chuchuk suvlari zaxiralarini kopaytirish boyicha gidrogeologik ishlar samaradorligini oshirish hamda qoshimcha ravishda 7 ta shahar, 21 ta posyolka va 426 ta qishloq aholi punktlarining suv taminotini kafolatlash;

uchinchidan, yer osti suvlarini kuzatish tarmogini yana 1155 ta quduqqa kopaytirish va ularda 500 ta zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlar ornatish hisobiga yer osti suvlarining holati ustidan samarali monitoring olib borilishini tashkil etish;

tortinchidan, drenaj quduqlar sonini 715 taga, kuzatish drenaj quduqlari sonini 1369 taga, kollektorlar uzunligini 280 kilometrga kopaytirish hisobiga 132 ta shaharlar va tumanlar markazlarida yer osti suvlari sathi kotarilishining oldini olish hisobiga mamlakatimizning koplab shahar va qishloqlarida aholi yashash sharoitlarini sifat jihatdan yaxshilash imkonini beradi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: