O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
06.05.2017

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORIGA SHARH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017/2018 oquv yilida Ozbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga oqishga qabul qilish togrisida»gi qaroriga

ShARH

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy talim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari togrisida 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son qarorini ijro etish hamda mamlakatimizda kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlarini yuqori malakali mutaxassislar bilan taminlash, bakalavr va magistrlarni tayyorlashda ish beruvchilarning joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini inobatga olgan holda son va talim yonalishlari uygunligiga erishish, oliy talim muassasalari bitiruvchilari mehnatidan foydalanishni yaxshilash, shuningdek, iqtisodiyotda tarkibiy ozgartirishlarni amalga oshirishning ortacha muddatga moljallangan maqsadli dasturlarini joriy etish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash va diversifikatsiyalash, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017/2018 oquv yilida Ozbekiston Respublikasining oliy talim muassasalariga oqishga qabul qilish togrisidagi qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorga binoan hamda mamlakatimizda yangi qurilayotgan korxonalarning hududiy joylashuvi, iqtisodiyotdagi tarkibiy ozgartirishlar boyicha dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik qayta jihozlash va diversifikatsiyalashning investitsiyaviy loyihalari, yol-transport hamda kommunikatsiya infratuzilmasi tahliliga muvofiq, 2017/2018 oquv yili uchun oliy talim muassasalariga oqishga qabul boyicha umumiy kvota bakalavrlar uchun 66316 nafar, shu jumladan, davlat grantlari boyicha 18194 ta va tolov-kontrakt asosida 48122 ta, magistrlar uchun 5000 nafar, shu jumladan, davlat grantlari boyicha 1556 ta va tolov-kontrakt asosida 3444 ta etib belgilandi.

Shuningdek, ushbu hujjatda maxsus sirtqi bolim negizida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda bilim olishni taminlash maqsadida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus sirtqi bolimida 100 nafar, shu jumladan, davlat grantlari boyicha 15 ta va tolov-kontrakt asosida 85 ta, Navoiy davlat konchilik institutida tolov-kontrakt asosida 90 nafar va Toshkent temir yol muhandislari institutida tolov-kontrakt asosida 80 nafar bakalavrni tayyorlash nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, ushbu qaror bilan 2017/2018 oquv yilidan boshlab Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari buyurtmalariga binoan yuqori malakali tibbiyot kadrlariga ehtiyoj katta bolgan hududlar uchun Ozbekiston Respublikasining tibbiyot oliy talim muassasalariga davlat grantlari asosida bakalavriat yonalishi boyicha mutaxassislarni tayyorlashning maqsadli qabul kvotalari tasdiqlandi.

Qaror bilan Ozbekiston Respublikasining talim muassasalariga oqishga qabul qilish boyicha Davlat komissiyasining yangi tarkibi tasdiqlandi va unga quyidagi huquqlar berildi:

bakalavriat yonalishlari va magistratura mutaxassisliklari boyicha oliy talim muassasalariga oqishga kirish chogida abituriyentlar toplagan ballarning reyting bahosini hisobga olgan holda oliy talim muassasalarining bakalavriat va magistratura bolimlari qabul parametrlariga ozgartishlar kiritish;

yangi yonalishlar va mutaxassisliklarni kiritish uchun bakalavriat va magistraturaning qabul kvotalariga ozgartishlar kiritish;

iqtisodiyot tarmoqlari, jumladan, respublikaning olis va borish qiyin bolgan hududlari uchun mutaxassislarga bolgan orinli ehtiyojlarni qondirish maqsadida oliy talim muassasalarining bakalavriat va magistraturasiga tegishli tarmoqlar va hududlar boyicha maqsadli qabul korsatkichlarini belgilash.

Shuningdek, 2017/2018 oquv yilidan boshlab oliy talim muassasalariga tolov-kontrakt pulining oshirilgan stavkasi boyicha qoshimcha qabulni amalga oshirish joriy etilmoqda. Bunda:

oliy talim muassasalariga tolov-kontrakt pulining oshirilgan stavkasi boyicha qoshimcha qabulni amalga oshirish uchun kvota miqdori talim muassasasining mavjud imkoniyatlari va talim yonalishlaridan kelib chiqib Davlat komissiyasi tomonidan belgilanishi;

qoshimcha qabul boyicha tolov-kontrakt pulining oshirilgan stavkasi abituriyentlar toplagan ballarga qarab Davlat komissiyasi tomonidan differensiyalashgan tartibda belgilanishi;

tolov-kontrakt pulining oshirilgan stavkasi boyicha qoshimcha qabul otish ballini toplay olmagan abituriyentlarga toplagan balliga muvofiq (68 balldan kam bolmagan) ketma-ketlik tartibi qatiy saqlangan holda, ularning oshirilgan kontrakt pulini tolay olish imkoniyatidan kelib chiqib amalga oshirilishi belgilab qoyildi.

Qarorning yana bir muhim jihati shundaki, kadrlarni maqsadli tayyorlashning asosiy buyurtmachilari hisoblangan Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, vazirlik va idoralarga oliy talim muassasalari bitiruvchilarining ular oqib egallagan kasbiga va tuzgan shartnomalariga muvofiq ish bilan bandligini taminlash, jumladan, respublikaning olis va borish qiyin bolgan hududlariga ishga yollanma olgan oliy talim muassasalari bitiruvchilari uchun munosib mehnat va ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish yuzasidan javobgarlik yuklangan.

Bir soz bilan aytganda, ushbu qarorda belgilab berilgan maqsad va vazifalar yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi, 2017-2021 yillarga moljallangan Ozbekiston Respublikasining strategik rivojlanishining beshta ustuvor yonalishi doirasida olib borilayotgan islohotlarni izchil amalga oshirishga zamin yaratadi.



DB query error.
Please try later.