O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
06.05.2017

2017/2018 OQUV YILIDA OZBEKISTON RESPUBLIKASINING OLIY TALIM MUASSASALARIGA OQISHGA QABUL QILISH TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari togrisida» 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son qarorini ijro etish hamda mamlakatimizda kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlarini yuqori malakali mutaxassislar bilan taminlash, bakalavr va magistrlarni tayyorlashda ish beruvchilarning joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini inobatga olgan holda son va talim yonalishlari uygunligiga erishish, oliy talim muassasalari bitiruvchilari mehnatidan foydalanishni yaxshilash, shuningdek, iqtisodiyotda tarkibiy ozgarishlarni amalga oshirishning ortacha muddatga moljallangan maqsadli dasturlarini joriy etish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash va diversifikatsiyalash, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida:

1. Malumot uchun qabul qilinsinki, Ozbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Oliy va orta maxsus talim vazirligi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda, shuningdek, davlat va xojalik boshqaruvi, joylardagi davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar ishtirokida:

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Respublika oliy talim muassasalariga oqishga qabul qilish parametrlarini shakllantirish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida 2015 yil 23 iyundagi PQ-2360-son qaroriga muvofiq va yangi qurilayotgan korxonalarning hududiy joylashuvi, iqtisodiyotdagi tarkibiy ozgartishlar boyicha dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik qayta jihozlash va diversifikatsiyalash borasidagi investitsiya loyihalarini joriy qilish, yol-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish omillarini tahlil qilish natijalari asosida oliy talim muassasalariga oqishga qabul qilish va ish beruvchilarning oliy talim muassasalari bitiruvchilariga talabi balans hisob-kitob parametrlari ishlab chiqildi;

aniq yonalish va mutaxassisliklar boyicha tayyorgarlikka ega bolgan oliy talim muassasalari bitiruvchilariga nisbatan istiqbolga moljallangan talab-ehtiyoj, shuningdek, bitiruvchilarning tanlangan mutaxassislik boyicha ishga joylashuvi monitoringi malumotlari asosida 2017/2018 oquv yili uchun oliy talim muassasalariga oqishga qabul qilish kvotalari shakllantirildi.

2. 2017/2018 oquv yilida Ozbekiston Respublikasi oliy talim muassasalariga oqishga qabul qilish boyicha umumiy kvota:

bakalavrlar uchun 66316 nafar, shu jumladan, davlat grantlari boyicha — 18194 ta va tolov-kontrakt asosida 48122 ta 1-ilovaga muvofiq;

magistrlar uchun 5000 nafar, shu jumladan, davlat grantlari boyicha 1556 ta va tolov-kontrakt asosida 3444 ta 2-ilovaga muvofiq;

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus sirtqi bolimida 100 nafar, jumladan, davlat grantlari boyicha 15 ta va tolov-kontrakt asosida 85 ta, Navoiy davlat konchilik institutida tolov-kontrakt asosida 90 nafar va Toshkent temir yol muhandislari institutida tolov-kontrakt asosida 80 nafar bakalavrni tayyorlash 3-ilovaga muvofiq belgilansin.

3. Ozbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Sogliqni saqlash vazirligi, Mehnat vazirligi, Oliy va orta maxsus talim vazirligi hamda Moliya vazirligining 2017/2018 oquv yilidan boshlab Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari buyurtmalariga binoan yuqori malakali tibbiyot kadrlariga talab katta bolgan hududlar uchun maqsadli qabul boyicha kvotalarni Ozbekiston Respublikasining tibbiyot oliy talim muassasalariga davlat grantlari asosida bakalavriat yonalishi boyicha mutaxassislar tayyorlashning umumiy belgilangan parametrlari doirasida ajratish boyicha taklifi 4-ilovaga muvofiq qabul qilinsin.

4. Ozbekiston Respublikasining talim muassasalariga oqishga qabul qilish boyicha Davlat komissiyasining (keyingi orinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) tarkibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Davlat komissiyasiga quyidagi huquqlar berilsin:

bakalavriat yonalishlari va magistratura mutaxassisliklari boyicha oliy talim muassasalariga oqishga kirish chogida abituriyentlar toplagan ballarning reyting bahosini hisobga olgan holda oliy talim muassasalarining bakalavriat va magistraturasi qabul parametrlariga ozgartishlar kiritish;

yangi yonalishlar va mutaxassisliklarni kiritish uchun bakalavriat va magistraturaning qabul kvotalariga ozgartishlar kiritish;

iqtisodiyot tarmoqlari, jumladan, respublikaning olis va borish qiyin bolgan hududlari uchun mutaxassislarga bolgan orinli ehtiyojni qondirish maqsadida oliy talim muassasalarining bakalavriat va magistraturasiga tegishli tarmoqlar va hududlar boyicha maqsadli qabul korsatkichlarini belgilash.

5. 2017/2018 oquv yilidan boshlab oliy talim muassasalariga tolov-kontrakt pulining oshirilgan stavkasi boyicha qoshimcha qabulni amalga oshirish joriy etilsin.

Belgilab qoyilsinki:

oliy talim muassasalariga tolov-kontrakt pulining oshirilgan stavkasi boyicha qoshimcha qabulni amalga oshirish uchun kvota miqdori talim muassasasining mavjud imkoniyatlari va talim yonalishlaridan kelib chiqib Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi;

qoshimcha qabul boyicha tolov-kontrakt pulining oshirilgan stavkasi abituriyentlar toplagan ballarga qarab Davlat komissiyasi tomonidan differensiyalashgan tartibda belgilanadi;

tolov-kontrakt summasining oshirilgan stavkasi boyicha qoshimcha qabul otish ballini toplay olmagan abituriyentlarga toplagan balliga muvofiq (68 balldan kam bolmagan) ketma-ketlik tartibi qatiy saqlangan holda, ularning oshirilgan kontrakt pulini tolay olish imkoniyatidan kelib chiqib amalga oshiriladi.

6. Tasarrufida oliy talim muassasalari bolgan vazirliklar va idoralar Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda ikki hafta muddatda tasarrufidagi oliy talim muassasalarining bakalavriat va magistratura boyicha davlat granti hamda tolov-kontrakt asosida orinlar kvotasini talim tillariga qarab taqsimlashga oid takliflarni Davlat komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritsin.

7. Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligi Ozstandart agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda belgilangan tartibda:

oliy talim yonalishlari va mutaxassisliklar klassifikatoriga yangi kiritilayotgan bakalavriat yonalishlari va magistratura mutaxassisliklari boyicha ozgartish va qoshimchalar kiritsin;

bir oy muddatda yangi kiritilayotgan bakalavriat yonalishlari va magistratura mutaxassisliklari boyicha oquv rejalari hamda dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

8. Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2017/2018 oquv yilida davlat grantlari asosida bakalavriat va magistraturaga oqishga qabul qilish boyicha belgilangan kvotalarni hisobga olgan holda Ozbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan zarur mablaglar ajratilishini taminlasin.

9. Kadrlarni maqsadli tayyorlash buyurtmachilari Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, vazirliklar va idoralarga oliy talim muassasalari bitiruvchilarining ular oqib egallagan kasbiga va tuzgan shartnomalariga muvofiq ish bilan bandligini taminlash, jumladan, respublikaning olis va borish qiyin bolgan hududlariga ishga yollanma olgan oliy talim muassasalari bitiruvchilari uchun munosib mehnat va ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish yuzasidan javobgarlik yuklansin.

10. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2016/2017 oquv yilida Ozbekiston Respublikasining oliy talim muassasalariga oqishga qabul qilish togrisida 2016 yil 26 maydagi PQ-2534-son qarorining 3-bandi oz kuchini yoqotgan deb hisoblansin.

11. Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligi, tasarrufida oliy talim muassasalari bolgan vazirlik va idoralar, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi:

bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan ozgartish va qoshimchalar togrisida Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

ozlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N.Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2017 yil 5 may


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: