O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
06.05.2017

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONIGA SHARH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boyicha vakili institutini ta’sis etish togrisida»gi Farmoniga

SH A R H

Mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, xususiy mulkning qonuniy hamda amaliy jihatdan ustuvor rolini taminlash, iqtisodiyotda davlat ulushini bosqichma-bosqich kamaytirishga qaratilgan aniq manzilli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Bu borada qabul qilingan qator qonunlar va qonunosti hujjatlari bilan davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralarining tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvini bartaraf etish yolida qatiy tartib ornatildi.

Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari bilan ozaro munosabatlarida tadbirkorlik faoliyati subyekti huquqlarining ustuvorligi prinsipi amal qilmoqda. Qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogliq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib bolmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik faoliyati subyektining foydasiga hal etilmoqda. Tadbirkorlikni rivojlantirishga tosqinlik qilish davlat siyosatiga, Prezident siyosatiga tosqinlik qilish sifatida qaralmoqda. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi Farmoni bu borada muhim ahamiyat kasb etdi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish togrisidagi Qonun ishlab chiqildi va qabul qilindi. U xususiy mulk huquqiga gayriqonuniy tajovuzlarni, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga asossiz aralashuvlarni cheklashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Shuningdek, qonun hujjatlariga tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga qaratilgan qator ozgartish va qoshimchalar kiritildi.

Tadbirkorlik subyektlarini tashkil qilish tizimini tubdan soddalashtirish va tadbirkorlik faoliyatini yuritishni yanada yengillashtirish masalalari ham davlatimiz etiborida turibdi. Jumladan, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini korsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qarori bilan tadbirkorlik subyektlariga yagona darcha tamoyili boyicha davlat xizmatlari korsatish yagona markazlarining faoliyati sifati va samaradorligini tubdan oshirish, ular tomonidan korsatiladigan xizmatlar turlarini yanada kengaytirishga qaratilgan aniq choralar belgilandi.

Bu say-harakatlar tadbirkorlik subyektlarining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi roli va ahamiyatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda. Natijada aholining tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanish xohish-istagi oshib, yildan-yilga tadbirkorlik subyektlarining soni kopaymoqda. Tadbirkorlik faoliyati aholini ish bilan taminlashda, odamlarning hayot darajasi va sifatini oshirishda hal qiluvchi omillardan biriga aylandi.

Islohotlar samaradorligi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimining yangi tasirchan mexanizmlarini joriy etish hamda mamlakatimizda yanada qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish bilan uzviy bogliqligini inobatga olib, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boyicha vakili institutini tasis etish togrisidagi Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boyicha vakil (keyingi orinlarda – Vakil) tasis etilmoqda. Ushbu institut kelgusida tadbirkorlik subyektlari va davlat organlari ortasidagi samarali muloqotning yangi mexanizmlarini joriy qilishga, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taminlashga qaratilgan davlat himoyasining qoshimcha kafolatlarini yaratishga xizmat qiladi.

Farmon bilan Vakilning asosiy vazifalari va faoliyat yonalishlari belgilanmoqda. Unga kora, Vakil mazkur sohada davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish, tadbirkorlik subyektlarining faoliyati tekshirilayotganda ularni huquqiy qollab-quvvatlash boyicha vazifalarni bajaradi. Shuningdek, sohadagi qonun hujjatlari normalari va talablarining amalda royobga chiqarilayotganligini organish, ularning tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilishiga tasirini baholash, tadbirkorlikning huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga, ularning rivojlanishini ragbatlantirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash Vakil faoliyatining asosiy yonalishlari hisoblanadi.

Vakil Farmonda belgilangan oz vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari, ularning mansabdor shaxslariga tobe bolmagan tarzda amalga oshiradi. Vakil Ozbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi hamda oz faoliyatida Ozbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobdor hisoblanadi. Bu qoida Vakilning oz faoliyatini faqatgina Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga boysungan holda amalga oshirishida, tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarining har qanday shaklda buzilishiga nisbatan adolat, qonun ustuvorligi hamda tadbirkorlar huquqlarining ustuvorligi nuqtai nazaridan xolisona baho berishida, qonunbuzilishlarga oz vaqtida barham berish uchun qatiy choralarni korishida, qonunbuzilishlarga yol qoygan barcha mansabdor shaxslar uchun jazoning muqarrarligi prinsipini taminlashida muhim poydevor bolib xizmat qiladi.

Farmon bilan Vakilga oz vazifalarini bajarishi uchun qator huquq va vakolatlar berilmoqda. Jumladan, Vakil tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish boyicha qonunchilikning sozsiz ijro etilishini organish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshirishlar amalga oshirilishi qonuniyligining monitoringini olib borish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashuv holatlarining oldini olish boyicha chora-tadbirlar qabul qilish yuzasidan takliflar kiritish, davlat organlari va tashkilotlaridan oz vakolatiga kiruvchi masalalar boyicha statistik, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa malumotlarni sorash va olish huquqiga ega.

Shu bilan birga, Vakil davlat organlari va boshqa muassasalar mansabdor shaxslarini yozma ravishda ogohlantirishi, ularga aniqlangan qonunbuzilish holatlarini, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish togrisida taqdimnoma kiritishi mumkinligi kozda tutilayapti. Vakil tadbirkorlik subyektlari manfaatlarini kozlab sudlarga davlat boji tolamasdan arizalar va davolar bilan murojaat qilishi, davlat organlarining tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalarini korib chiqish bilan bogliq yigilishlarida ishtirok etishi mumkin.

Ushbu huquq va vakolatlarning amalda royobga chiqarilishi sohadagi qonunchilik talablarini tadbirkorlik subyektlari fikrlari, taklif va ehtiyojlaridan, mavjud muammolar, huquqni qollash amaliyotining har tomonlama tahlilidan kelib chiqqan holda, doimiy ravishda takomillashtirib borishga hamda qonun hujjatlari ijrosi samaradorligini oshirish uchun barcha zarur chora-tadbirlarni korishga zamin yaratadi. Eng muhimi, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarning, shu jumladan, har xil asossiz tekshiruvlar otkazish yoli bilan aralashuvlarning zudlik bilan barham berilishiga, ularning huquq va qonuniy manfaatlari buzilishining har qanday shaklining oldini olish uchun samarali choralar korilishiga, tadbirkorlik subyektlarining buzilgan huquqlarini tiklash, shu jumladan, sud orqali tiklash mexanizmlaridan unumli foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Farmonda Vakil devoni faoliyati tashkil etilishi belgilanib, uning tuzilmasi tasdiqlandi. Vakil va uning devoni faoliyatini samarali tashkil qilish uchun zarur tashkiliy, moliyaviy va moddiy-texnik masalalarni hal etish ham nazarda tutilmoqda.

Ushbu hujjatda, shuningdek, Ozbekiston Respublikasining Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boyicha vakil togrisidagi Qonuni loyihasini ishlab chiqish belgilangan. Unda Vakil faoliyatining huquqiy asoslari va kafolatlari, asosiy prinsiplari, uning huquq va majburiyatlari, tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini korib chiqish tartibi, davlat organlari, tadbirkorlik subyektlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan ozaro hamkorlik tartibini belgilash rejalashtirilmoqda.

Farmonda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning hayotga tatbiq etilishi, shubhasiz, iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi bolgan tadbirkorlik subyektlari manfaatlari ustuvorligini amalda taminlash, Vakil zimmasidagi vazifalarni tolaqonli royobga chiqarish, davlat organlari va tadbirkorlik subyektlari ortasida samarali muloqotni mustahkamlash, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini ragbatlantirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini biror-bir shaklda buzish holatlariga barham berish imkoniyatini yaratadi. Pirovardida mamlakatimiz iqtisodiy qudratini yuksaltirish, aholini barqaror va sifatli ish bilan taminlash, odamlar turmush sifati va darajasini yanada yaxshilash, jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: