O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
06.05.2017

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING HUQUQLARI VA QONUNIY MANFAATLARINI HIMOYA QILISH BOYICHA VAKILI INSTITUTINI TASIS ETISH TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, ularning faoliyatiga davlat organlarining asossiz aralashuvini oldini olish, xususiy mulk daxlsizligining huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlash, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari huquqlarining ustuvorligi prinsipini ta’minlash maqsadida:

1. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boyicha vakili instituti (keyingi orinlarda Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boyicha vakil deb yuritiladi) tasis etilsin.

2. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boyicha vakilning asosiy vazifalari va faoliyat yonalishlari etib quyidagilar belgilansin:

tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;

davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;

tadbirkorlik subyektlarining faoliyati tekshirilayotganda ularni huquqiy qollab-quvvatlash;

tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari togrisidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining amalda royobga chiqarilayotganligini organish;

qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilishiga tasiri samaradorligini baholash;

tadbirkorlik subyektlarining huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga, ularning rivojlanishini ragbatlantirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash.

3. Belgilab qoyilsinki:

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boyicha vakil oz vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari, ularning mansabdor shaxslariga tobe bolmagan tarzda amalga oshiradi, oz faoliyatida Ozbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobdordir;

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boyicha vakil Ozbekiston Respublikasi Prezidentiga tizimli ravishda davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish togrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi holati togrisida axborot taqdim etadi;

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boyicha vakil va uning orinbosari Ozbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boyicha vakil maqomi, mehnat haqi, tibbiy va transport taminoti shart-sharoitlariga kora Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining orinbosariga, Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boyicha vakilning orinbosari esa – Ozbekiston Respublikasi Prezidenti devoni shoba mudiriga tenglashtiriladi;

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boyicha vakilning faoliyati yuridik shaxs hisoblangan Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boyicha vakil devoni tomonidan taminlanadi;

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boyicha vakil devoni xodimlari Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boyicha vakil tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar, ularga Ozbekiston Respublikasi Prezidenti devoni xodimlari uchun belgilangan tibbiy xizmat korsatish, moddiy ragbatlantirish va mehnatga haq tolash shart-sharoitlari tatbiq etiladi.

4. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boyicha vakil devoni xodimlarining cheklangan soni 8 nafardan iborat bolgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boyicha vakilga:

tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilishga doir qonun hujjatlari davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan sozsiz ijro etilishini organish;

tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshirishlar amalga oshirilishi qonuniyligining monitoringini olib borish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashuv holatlarining oldini olish boyicha kompleks chora-tadbirlar korish yuzasidan takliflar kiritish;

tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish boyicha qonun hujjatlarining buzilishi mumkin emasligi togrisida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslarini yozma ravishda ogohlantirish;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga belgilangan muddatlarda korib chiqilishi majburiy bolgan aniqlangan qonunbuzilish holatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish togrisida taqdimnoma kiritish;

tadbirkorlik subyektlari manfaatlarini kozlab sudlarga davlat boji tolamasdan arizalar va davolar bilan murojaat qilish;

davlat organlari va tashkilotlaridan oz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan statistik, tahliliy materiallar, xulosalar hamda boshqa axborot sorash va olish;

davlat organlarining tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalarini korib chiqish bilan bogliq yigilishlarida ishtirok etish;

zarur bolgan holatlarda oziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda mutaxassislarini jalb qilish, ishchi guruhlar tashkil etish huquqi berilsin.

6. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish uchun ikki oy muddatda «Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boyicha vakil togrisida»gi Ozbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqsin.

7. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boyicha vakil devonining faoliyatini samarali tashkil etish uchun zarur tashkiliy, moliyaviy va moddiy-texnik masalalar hal etilishini;

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boyicha vakil va uning devonini joylashtirish uchun qulay bino (xonalar) ajratilishini taminlasin.

8. Ozbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boyicha vakilning devonini zarur aloqa vositalari va turlari, shu jumladan, hukumat aloqa vositalari bilan jihozlanishini, shuningdek, keng polosali internet tarmogiga ulanishini taminlasin.

9. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq qoshimchalar kiritilsin.

10. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B.Murodov zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2017 yil 5 may


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: