O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
02.05.2017

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORIGA SHARH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 apreldagi «Ozbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida»gi PQ-2935-sonli qaroriga

SH A R H

Mahalliy mahsulotlarning sifati va xorijiy bozorlardagi raqobatdoshligini ta’minlashning muhim omillaridan biri standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi milliy normativ-huquqiy bazaning xalqaro talablarga mos darajasi, shuningdek, respublikamizning sinov va olchash laboratoriyalari moddiy-texnik bazasining holati hisoblanadi.

Ozbekiston Respublikasida keyingi yillarda korsatib otilgan soha va tarmoqlarda aniq maqsadga yonaltirilgan kompleks tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Xususan, mazkur sohada qonuniy bazani takomillashtirish doirasida xalqaro qoida va amaliyotni inobatga olgan holda Ozbekiston Respublikasining Texnik jihatdan tartibga solish togrisida (2009 yil) va Muvofiqlikni baholash togrisidagi (2013 yil) qonunlari qabul qilindi. Ushbu qonunlar ichki bozorning sifatsiz mahsulotlardan himoya qilinishi hamda respublikamiz laboratoriyalari tomonidan otkazilgan sinovlar natijalarining xalqaro darajada tan olinishini taminlashda muhim huquqiy asos bolib xizmat qilmoqda.

Ozbekiston Respublikasining Standartlashtirish togrisida, Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish togrisida va Metrologiya togrisidagi qonunlariga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun sertifikatlashtirish hamda standartlarni qabul qilish va joriy etish jarayonlarini soddalashtirishga qaratilgan ozgartish va qoshimchalar kiritildi.

Tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida majburiy sertifikatlanishi lozim bolgan mahsulotlar royxati keskin qisqartirildi. Eksportga yonaltirilayotgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish ixtiyoriy ravishda amalga oshirilishi belgilandi, olchash vositalarini tayyorlash, sotish va ijaraga berish faoliyatini litsenziyalash jarayoni bekor qilindi.

Sertifikatlashtirish va standartlashtirish qoidalariga rioya etilmaganligi uchun xojalik yurituvchi subyektlarga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar qollash meyorlari bekor qilinib, mansabdor shaxslarning mamuriy javobgarligi kuchaytirildi. Shuningdek, 23 ta texnik reglamentni qabul qilish hisobiga 700 dan ortiq standart ixtiyoriy turga otkazildi.

Shu bilan birga, sohadagi ishlarning tahlili vakolatli davlat boshqaruvi idorasi sifatida Ozstandart agentligining faoliyati bilan bogliq bolgan bir qator yechimi topilmagan masalalar mavjudligini korsatmoqda.

Birinchidan, agentlikning tashkiliy tuzilmasi xalqaro talablarga mos emas, yuklangan vazifalarning samarali bajarilishini taminlab bera olmas edi.

Ikkinchidan, ISO xalqaro tashkiloti standartlarini qabul qilish borasidagi faoliyat lozim darajada tashkil etilmagan, standartlashtirish boyicha meyoriy hujjatlar milliy fondida ushbu tashkilot standartlari 13 foizni tashkil etar edi, xolos.

Uchinchidan, Agentlik tomonidan xalqaro sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish boyicha respublikamizdagi korxonalarga uslubiy yordam korsatish yetarli darajada tashkil etilmagan edi.

Tortinchidan, respublikamizning mavjud etalonlar bazasi ayrim sanoat tarmoqlarida foydalanilayotgan yuqori aniqlikdagi asboblarning metrologik tekshiruvini tola qamrab olish imkonini bermas edi.

Yuqorida keltirilgan masalalarni hal etish maqsadida Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Ozbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Ozbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining ustuvor vazifalari va yonalishlari etib quyidagilar belgilandi:

mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishda xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni jadal joriy etish orqali ularning zamonaviy talablarga muvofiqligini taminlash va tashqi bozorlarda raqobatdoshligini oshirish;

mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy tizimlarini birinchi navbatda eksport qiluvchi korxonalarda keng joriy etish va sanoat mahsulotlarining xalqaro standartlarga muvofiqligini sertifikatlashtirishni amalga oshirish;

eksportchi korxonalarga mahsulotlarni sertifikatlashtirish masalalarida qulay sharoitlarni yaratish, milliy sertifikatlar va muvofiqlikni baholash ishlari natijalari asosiy eksport bozorlarida tan olinishiga yonaltirilgan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirish;

texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish, realizatsiya qilinadigan mahsulotlar xavfsizligining tizimli nazoratini taminlash samaradorligini oshirish;

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, tadbirkorlik subyektlari va aholiga korsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari turlarini kengaytirish;

texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya sohalarida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.

Shuningdek, mazkur qaror bilan 2017-2020 yillarda Ozstandart agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish va ish samaradorligini oshirish boyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi. U quyidagi jihatlarni nazarda tutadi:

standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida qonuniy bazani takomillashtirish;

Ozstandart agentligining sinov laboratoriyalari va hududiy markazlarini zamonaviy yuqori aniqlikdagi olchash va sinov uskunalari bilan qayta jihozlash va modernizatsiya qilishni davom ettirish;

2 mingdan ortiq xalqaro standartlarni bosqichma-bosqich qabul qilish orqali ularning standartlashtirish boyicha meyoriy hujjatlar milliy fondidagi ulushini ikki barobarga oshirish;

9 mingdan ortiq korxonada xalqaro standartlarga mos keladigan sifat menejmenti tizimlarini joriy etish, 2020 yilga qadar bunday korxonalar sonini 4,6 barobarga oshirish;

Ozstandart agentligi laboratoriyalarini xalqaro darajada tan olingan tashkilotlarda akkreditatsiya qilish yoli bilan ularda amalga oshirilgan sinov natijalarining jahon miqyosida tan olinishi uchun shart-sharoitlar yaratish;

standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, Ozstandart agentligi xodimlar salohiyatini oshirish va uning faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini chuqurlashtirish.

Ushbu qaror bilan Ozstandart agentligi qoshida Ozbekiston muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish markazi va Ozbekiston milliy metrologiya instituti davlat korxonalarini tashkil etish hamda Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasini qayta tashkil etishni nazarda tutgan holda Ozstandart agentligining yangilangan tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.

Shuningdek, tasdiqlanayotgan royxatga muvofiq etalonlar va yuqori aniqlikdagi olchash vositalarini davlat byudjetidan moliyalashtirish hisobiga xarid qilish orqali respublika etalon bazasini yanada rivojlantirish kozda tutilgan.

Tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturining samarali ijrosini taminlash maqsadida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtirish boyicha maxsus ishchi guruh tashkil etildi.

Ushbu qarorning amalga oshirilishi:

birinchidan, milliy standartlarni xalqaro talablar bilan moslashtirish hamda zamonaviy sifat menejmenti tizimlarini keng joriy etish asosida mahalliy mahsulotlarning raqobatdoshligini oshirish va tashqi savdodagi texnik tosiqlarni bartaraf etish;

ikkinchidan, mahalliy mahsulotlarni eksport qilishda milliy laboratoriyalar tomonidan amalga oshirilgan olchash va sinov natijalarining chet ellarda tan olinishi uchun asos yaratish;

uchinchidan, sanoat tarmoqlarida qollanilayotgan yuqori aniqlikdagi asboblarni toliq metrologik tekshiruvdan otkazish, bir qator etalonlar va eng yuqori aniqlikda olchash vositalarini xarid qilish orqali milliy korxonalarning xorijiy mamlakatlar metrologiya institutiga bogliqligini kamaytirish imkonini beradi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: