O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
25.04.2017

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORIGA SHARH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2018-2022 yillarda issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish dasturi togrisida» gi qaroriga

Sh A R H

Aholi hamda ijtimoiy soha obyektlari uchun qulay shart-sharoit yaratishda issiqlik va issiq suv taminoti boyicha uzluksiz va sifatli xizmat korsatish eng muhim omillardan biri sanaladi.

Mamlakatimizda markazlashtirilgan issiqlik taminoti tizimi 1950-1970 yillarda ochiq suv taqsimoti hamda bino va inshootlarning isitish tizimlarini issiqlik tarmoqlariga ulash sxemasi asosida tashkil qilingan.

Montaj qilishda kam mablag sarflanadigan, ammo foydalanishda katta miqdorda mablag talab qiladigan bunday markazlashtirilgan issiqlik taminoti tizimlarining oziga xosligi ichki isitish tizimi va issiqlik tarmoqlari quvurlarining xizmat qilish muddati qisqaligi, issiqlikni ishlab chiqarish, transportirovka va istemol qilishda ekspluatatsiya xarajatlarining yuqoriligi, tarmoqlar orqali suv uzatish va issiqlik quvvati taminotida belgilangan meyordan ortiq mablag sarflanishi bilan ifodalanadi.

Bugungi kunda qozonxona uskunalari va tarmoqlarning ota eskirgani sababli, mavjud issiqlik taminoti tizimida issiqlik manbalaridan maqbul darajada foydalanishning imkoni bolmayapti, bu esa issiqlik taminoti korxonalari faoliyatiga, istemolchilarni issiqlik xizmati va issiq suv bilan taminlash sifatiga salbiy tasir korsatmoqda.

Markazlashtirilgan issiqlik taminotidan uzilgan ayrim kop xonadonli uylar kopincha sertifikatga ega bolmagan va yongin xavfsizligi kafolatlanmagan gaz va elektr uskunalari bilan isitilmoqda.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-2022 yillarda issiqlik taminoti tizimini rivojlantirish dasturi togrisidagi qarori istemolchilarga issiqlik energiyasi yetkazib berish sifatini oshirish va uzluksizligini taminlash, issiqlik taminoti tizimini zamonaviy tejamkor va kam energiya sarflaydigan texnologiyalarni joriy etish asosida yangilash va modernizatsiya qilish, yoqilgi-energetika resurslaridan samarali va oqilona foydalanishga doir chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish maqsadida qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan mamlakatimizda issiqlik taminoti tizimini yanada rivojlantirish boyicha quyidagi ustuvor vazifalar belgilab berildi:

issiqlik taminoti tizimiga energiya va resurs tejaydigan yangi texnologiya va uskunalarni, jumladan, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalangan holda joriy etish;

kop xonadonli uy-joy fondi, ijtimoiy va boshqa obyektlarning markazlashtirilmagan issiqlik taminoti tizimini energiya samaradorligi yuqori bolgan mahalliy qozonxonalar qurish, shuningdek, xonadonlarga yakka tartibda ichki issiqlik taminot tizimini ornatish orqali rivojlantirish;

jismoniy va manaviy eskirgan, tejamkor bolmagan qozonxona agregatlarini, ishdan chiqqan magistral va taqsimlash issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, almashtirish;

energiya resurslari istemoli va ishlab chiqarilishini meyor boyicha hisoblashni amalda qollash, istemolchilarni hamda issiqlik taminoti xizmatlarini hisoblash va tolovlarni amalga oshirishga avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimini joriy qilish.

Qarorda 2018-2022 yillarda markaziy qozonxona, issiqlik tarmoqlari, mahalliy qozonxonalarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, energiya samaradorligi yuqori bolgan, jumladan, gelioqurilmalarni qollash orqali mahalliy qozonxonalar qurish, xonadonlarga yakka tartibda ichki issiqlik taminoti tizimini ornatish parametrlari, shuningdek, issiqlik taminoti tizimini rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari tasdiqlandi.

Ushbu qarorda Dasturning oz vaqtida va samarali amalga oshirilishi uchun Ozbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat korsatish vazirligi, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari masul etib, shuningdek, issiqlik taminoti xizmatlari korsatish (ishlab chiqarish, tashish, taqsimlash va istemol qilish)ning barcha bosqichlari inobatga olingan holda loyihalarni amalga oshirishga kompleks yondashuvni kozda tutuvchi Issiqlik taminoti tizimini kompleks rivojlantirish va modernizatsiya qilish konsepsiyasini ishlab chiqish belgilandi.

Yuqorida qayd etilgan loyihalarni amalga oshirish uchun Ozbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining oz mablaglari, tijorat banklari kreditlari, pudrat tashkilotlari mablaglari va Ozbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat korsatish vazirligining Uy-joy kommunal xojaligini rivojlantirish jamgarmasi mablaglari hisobidan 1,7 trillion som yonaltirish kozda tutilgan.

Qarorda mahalliy qozonxonalar va xonadonlar ichidagi yakka tartibdagi issiqlik taminoti tizimining energiya samaradorligi boyicha shaharsozlik meyor va qoidalarini ishlab chiqish, bino va inshootlar loyihasida ularga quyosh kollektorlari ornatishni nazarda tutish, shuningdek, quyosh kollektorlarini tayyorlash, sinovdan otkazish va qollashga doir davlat standartlarini ishlab chiqish belgilangan.

Shuningdek, 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab mamlakatimizda energiya samaradorligi yuqori bolgan mahalliy qozonxonalar, xonadonlarga yakka tartibda ornatiladigan ichki issiqlik taminoti tizimlari ishlab chiqarishni tashkil qilish hamda ularni Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga kiritish nazarda tutilgan.

Mazkur qarorning ijro etilishi:

birinchidan, shahar va tuman markazlarida issiqlik taminoti tizimini tubdan yaxshilash, aholi uchun ijtimoiy-maishiy qulay sharoitlar yaratish;

ikkinchidan, barcha toifadagi istemolchilarni issiqlik energiyasi va issiq suv taminoti bilan taminlash;

uchinchidan, samaradorligi yuqori bolgan qozonxona va nasos uskunalarini ornatish, shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni qollash hisobidan tabiiy gaz va elektr energiyasini tejash imkonini beradi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: