O'zb  
 
16.03.2017

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORIGA SHARH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida»gi qaroriga

SHARH

Qadimiy yurtimiz zaminida yashab otgan buyuk allomalar, mutafakkirlarning jahon sivilizatsiyasiga qoshgan ulkan hissasi, ularning ibratli hayoti va faoliyati, bebaho ma’rifiy merosi, ilmiy-ijodiy kashfiyotlari bugungi kunda ham jahon ahlini hayratga solib kelmoqda.

Orta asrlarning ilk davrida Sharqda amalga oshirilgan buyuk ilmiy kashfiyotlar haqida gap ketganda, zamonaviy matematika, trigonometriya va geografiya fanlari taraqqiyotiga beqiyos hissa qoshgan alloma Muhammad al-Xorazmiyning nomi birinchilar qatorida tilga olinadi.

Toliq ismi sharifi Abu Abdulloh Muhammad al-Xorazmiy al-Majusiy al-Qatrabbuliy bolgan bu ulug zot melodiy 783 yilda Xorazmning madaniyat va marifat markazlaridan biri bolgan Xiva shahrida tavallud topgan. Buyuk iqtidori, ilm-fan taraqqiyotiga qoshgan ulkan hissasi bilan tanilgan Muhammad al-Xorazmiy oz davrining qomusiy allomasi sifatida etirof etiladi. Uning ilm-fan taraqqiyoti yolidagi xizmatlari etiborga olinib, osha davrda Bayt ul-Hikma — Donishmandlar uyi degan nom bilan mashhur bolgan Mamun akademiyasiga rahbar etib tayinlanadi.

Muhammad al-Xorazmiy matematika, geometriya, astronomiya, tarix, geografiya va boshqa fanlarning ilmiy yonalishlarida koplab qomusiy asarlar yaratgan. Algebra faniga asos solib, fundamental malumotlar, traktatlarni ilmiy bayon etish qoidalarini ishlab chiqqan. Buyuk vatandoshimizning ilmiy izlanishlari, ilmiy-tadqiqot nazariyalari va ilmiy xulosalari butun jahon ilmu marifat ahli tomonidan etirof etilib, dunyo ilm-fanining bebaho merosi sifatida yuksak qadrlanib kelinadi.

Bugungi kunda zamonaviy matematika, geometriya, trigonometriya, geografiya kabi fanlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida erishilayotgan yutuqlarning tamal toshi aynan Muhammad al-Xorazmiy tomonidan qoyilgani jahon miqyosida etirof etilgan haqiqatdir.

Mustaqillik yillarida Ozbekiston Respublikasida oquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirishning barqaror tizimi yaratildi. Mamlakatimizda dunyo andozalariga mos ilmiy-oquv laboratoriyalari, kafedralar, oliy talim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, nufuzli ilmiy markazlar, maktablar yaratildi.

Bugungi kunda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan yurtimizdagi yetakchi oliy talim muassasalaridan biri hisoblanadi. Universitetning Samarqand, Fargona, Qarshi, Urganch, Nukus filiallari faoliyat korsatmoqda. Universitet va uning filiallarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, komputer injiniringi, dasturiy injiniring, pochta aloqatexnologiyalari kabi onlab talim yonalishlari boyicha on mingdan ziyod talaba tahsil olmoqda.

Yosh avlodni ulug alloma Muhammad al-Xorazmiyning buyuk va bebaho merosining munosib davomchilari etib tarbiyalash maqsadida Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori qabul qilindi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Universitetning faoliyatini yanada takomillashtirish, mavjud intellektual salohiyatdan samarali foydalanish, yoshlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda oquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlarini iqtisodiy-ijtimoiy sohalarning dolzarb muammolariga yonaltirish, ilm-fan va ishlab chiqarish ortasidagi uzviy integratsiyani taminlash, dasturiy mahsulotlar yaratish, ularni iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlariga joriy etishni taminlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Qaror Universitet va uning filiallarida tahsil olayotgan yoshlarga talim tarbiya berish va ilm-fanning yuksak choqqilarini egallashda zarur shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlari uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni yanada takomillashtirishda beqiyos katta ahamiyatga egadir.

Mazkur qaror bilan Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Muhammad al-Xorazmiy nomi berildi, shuningdek, 2017/2018 oquv yilidan boshlab Universitetda ulug alloma nomini abadiylashtirish hamda uning buyuk va bebaho merosini keng organish bilan bogliq qator tadbirlarni amalga oshirish belgilandi.

Qarorda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari va sohalari bilan talim, ilm-fan va ishlab chiqarishning mustahkam aloqasini taminlash, ananaviy tarzda respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar otkazish, yurtimizdagi yetakchi ilm-fan namoyandalari ishtirokida oliy talim muassasalari talabalari, yosh olimlar, professor-oqituvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etishga etibor qaratish, shuningdek, Universitetning iqtidorli talabalari uchun beriladigan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiyani joriy etish boyicha dolzarb vazifalar belgilab berilgan.

Oliy talim muassasalari talabalari ortasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy mahsulotlarni yaratish borasida tanlov va olimpiadalar otkazish, matematik modellashtirish, algoritmlash, kriptologiya, komputer va dasturiy injiniring, telekommunikatsiya va televizion texnologiyalari, axborot xavfsizligi yonalishlarida zamonaviy oquv adabiyotlarini tayyorlash, ularning multimediali avlodlarini yaratish hamda talabalar, olimlar va pedagoglarning ushbu oquv adabiyotlaridan erkin foydalanishlari uchun ularni elektron resurslarga joylashtirish masalalariga alohida etibor qaratilgan.

Ayni vaqtda qaror bilan universitetning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish, oquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish, universitet qoshidagi Dasturiy mahsulotlar va apparat dasturiy majmualar yaratish markazi ornida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazini tashkil qilish zarurligi ham korsatib otildi.

Mazkur markazning asosiy vazifalari sifatida iqtisodiyotning yetakchi soha va tarmoqlari uchun real ehtiyojlarni hisobga olib, ichki va tashqi bozorlarda raqobatdosh, sifatli mahalliy dasturiy mahsulotlarni yaratishga, eng avvalo, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talim olayotgan talabalarni keng jalb etish belgilandi.

Qarorga kora, markazda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari va sohalari buyurtmalari asosida boshqaruv, ishlab chiqarish, biznes va boshqa yonalishdagi jarayonlarni avtomatlashtirishni tizimli va ilmiy tahlil qilish, ularning modellarini hamda algoritmlarini ishlab chiqish hamda joriy etish mexanizmlari yaratiladi.

Mamlakatimizda yuqori texnologiyalarga asoslangan texnik va dasturiy mahsulotlarni yaratish, import ornini bosuvchi qurilmalarni mahalliylashtirish va eksportbop qurilmalarni ishlab chiqish yuzasidan fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi.

Markazda yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari, mutaxassislari va yosh ilmiy xodimlarini milliy dasturiy mahsulotlar va apparat dasturiy majmualarni yaratish boyicha ilmiy-tadqiqot loyihalariga keng jalb etish, xorijiy mamlakatlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ilgor ilmiy-tadqiqot markazlari bilan ozaro manfaatli hamkorlikni yolga qoyishga ham katta etibor qaratiladi.

Qabul qilingan qarorning yana bir muhim ahamiyati shundan iboratki, Universitet qoshida Ilmiy-innovatsion rivojlantirish jamgarmasi (keyingi orinlarda Jamgarma deb yuritiladi) tashkil etilmoqda. Mazkur Jamgarmaning mablaglari mobil aloqa xizmatlari korsatadigan kompaniyalar tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun tolanadigan tolovdan tushadigan mablaglarning 1,0 foiz miqdoridagi ajratmalar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlardan shakllantirilishi kozda tutilmoqda. Mazkur Jamgarma mablaglaridan quyidagi yonalishlarda foydalanish belgilanmoqda:

Universitet uchun oquv darsliklar, ilmiy adabiyotlarni yaratish va nashr etish, jumladan, xorijiy adabiyotlarni xarid qilish, iqtidorli talabalar uchun beriladigan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiya xarajatlarini qoplash va Muhammad al-Xorazmiy avlodlari ilmiy jurnali nashr etilishini moliyaviy qollab-quvvatlash;

Universitet va Markazning axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasidagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tanlov asosida moliyalashtirish, ularning ilmiy va oquv laboratoriyalarini zamonaviy asbob-uskunalar, zarur materiallar va butlovchi qismlar bilan taminlash;

Universitetning iqtidorli talabalari, professor-oqituvchilari va yosh ilmiy xodimlarini yetakchi xorijiy oliy talim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot markazlarida tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, Universitetda dars berish va Markazda ilmiy tadqiqotlar otkazish uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassislar va olimlarni jalb qilish.

Qaror doirasida nazarda tutilgan barcha tadbirlar mamlakatimizda iqtisodiyotning innovatsion taraqqiyotini taminlashda, ilm-fan va kadrlar tayyorlashning rolini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning mantiqiy davomi bolib, 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasining muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga xizmat qiladi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu qarori yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilm-fanning nufuzini oshirish, professor-oqituvchilarning sharafli mehnatini qadrlash, kadrlar intellektual salohiyatini mustahkamlash, uni tashkillashtirish va boshqarish tizimini takomillashtirish, universitetning moddiy-texnik bazasini tubdan yaxshilash, uning xorijiy davlatlardagi nufuzini kotarish, iqtidorli yoshlarni ilm-fanga koproq jalb qilishga keng yol ochadi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: