O'zb  
 
16.03.2017

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORIGA SHARH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Orta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida»gi qaroriga

SHARH

Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab talim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga kotarilib, farzandlarimizning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va manaviy jihatdan yetuk insonlar bolib voyaga yetishlarini taminlash, ularning qobiliyat va istedodi, intellektual salohiyatini royobga chiqarish, yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuygularini kamol toptirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.

Ozbekiston Respublikasining Talim togrisidagi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsad va vazifalari hayotga izchil joriy etilishi natijasida yurtimizda 1 ming 500 dan ziyod orta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalari barpo etildi.

Mamlakatimizdagi 1411 ta kasb-hunar kollejlarida yoshlarimiz bir nechta ixtisoslik boyicha zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallab kelmoqda.

Shuningdek, oliy talim muassasalari qoshida 144 ta akademik litsey tashkil etilgan bolib, ularda aniq, tabiiy, ijtimoiy-gumanitar fanlar, xorijiy tillar hamda madaniyat va sanat yonalishlari boyicha, yangi pedagogik va informatsion texnologiyalar asosida zamonaviy oquv-laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlangan kabinetlarda yosh avlodga puxta bilim berilmoqda. Ushbu maskanlarni har yili ortacha 35 ming nafar yigit-qiz bitirib chiqmoqda.

Akademik litseylarning faoliyatini ular joylashgan hududning demografik, iqtisodiy va boshqa omillarini hamda bitiruvchilarning oliy talim muassasalariga oqishga kirish natijalari nuqtai nazaridan olib borilgan tahlillar bu sohadagi ishlarning qoniqarli emasligini korsatmoqda. Hozirgi paytga kelib akademik litseylar sonini optimallashtirish, ulardagi talim sifatini oshirish va mazmunini yangilash, ularni bitirib chiqayotgan yoshlarning oliy talim muassasalariga oqishga kirish korsatkichlarini tubdan yaxshilash boyicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurati paydo bolmoqda.

Mazkur sohadagi mavjud muammolarni hal etish maqsadida Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Orta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror akademik litseylarda oquv jarayonining sifati va samaradorligini oshirish, bu maskanlarda talim berish uchun umumtalim maktablarining eng qobiliyatli bitiruvchilarini saralab olish, yoshlarning ozlari tanlagan kasb va mutaxassisliklarni egallashga bolgan orzu-intilishlariga erishmogi uchun yanada keng sharoitlar yaratish kabi aniq maqsadlarga yonaltirilgan bolib, unda quyidagi aniq vazifalarni amalga oshirish kozda tutilgan:

bugungi kunda moddiy-texnik va oquv-metodik bazasi zamonaviy talablarga javob bermaydigan 4 ta akademik litsey faoliyati tugatiladi hamda oliy talim muassasalaridan uzoqda joylashgan, talim sifati va bitiruvchilarining institut va universitetlarga oqishga kirish korsatkichlari past bolgan 54 ta akademik litsey bosqichma-bosqich kasb-hunar kollejlariga aylantiriladi;

investitsiya dasturi loyihasi va qurilishlarning manzilli royxatlarini shakllantirishda akademik litseylar negizida tashkil etiladigan kasb-hunar kollejlari uchun yangi oquv ustaxonalari qurish uchun mablaglar ajratishga alohida etibor qaratiladi;

kasb-hunar kollejlariga aylantirilayotgan akademik litseylarning 2- va 3-bosqich oquvchilari oqishni tugatgach, yaqin hududda joylashgan, talim yonalishi oxshash bolgan akademik litseylarda yakuniy davlat attestatsiyasini topshiradi va davlat namunasidagi akademik litsey bitiruvchisi diplomini oladi;

oliy talim muassasalarining yuqori malakali professor-oqituvchilarini akademik litseylarda dars berishga kengroq jalb qilish maqsadida akademik litseylardagi oqituvchilik faoliyatiga soatbay haq tolash miqdori oliy talim muassasalarida mehnatga soatbay haq tolash miqdoriga tenglashtiriladi;

talimning uzluksizlik va uzviylik tamoyillariga rioya qilgan holda iqtidorli oquvchilar bilan ish olib borish doirasida ayrim fanlar chuqur oqitiladigan ixtisoslashtirilgan davlat umumtalim maktablari bilan akademik litseylar ortasida ozaro tasirchan hamkorlik mexanizmi yolga qoyiladi.

Akademik litseylarda talim sifatini oshirish, talim jarayoniga ilgor pedagogik usullar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron talim resurslari va multimedia taqdimotlarini keng tatbiq qilish va buning uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:

oquv guruhlari tarkibi 26 nafar oquvchidan ortiq bolmagan tarzda shakllantiriladi;

chuqurlashtirib oqitiladigan fanlar (talim yonalishlari) boyicha amaliy, laboratoriya va seminar mashgulotlari guruhlarga bolingan tarzda, yani ikkita kichik guruhda otkazilishi yolga qoyiladi;

pedagoglar tarkibi oliy malumotli va kamida 5 yillik uzluksiz pedagogik ish stajiga ega bolgan malakali oqituvchilar orasidan tanlov asosida shakllantiriladi.

Yana bir muhim yangilik shundan iboratki, akademik litseylar direktorligi uchun nomzodlar akademik litseylar biriktirilgan oliy talim muassasalari rektorlari tomonidan tavsiya etilishi belgilanmoqda.

2017/2018 oquv yilidan boshlab akademik litseylar oquvchilarini umumtalim fanlari boyicha darsliklar bilan taminlash Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari respublika maqsadli kitob jamgarmasining mablaglari hisobidan ijara tizimi asosida amalga oshiriladi. Kam taminlangan oilalar farzandlari umumtalim fanlari boyicha darsliklar bilan byudjet mablaglari hisobidan bepul taminlanadi.

Yana bir muhim jihati shundaki, qarorda akademik litseylar bitiruvchilariga aniq mutaxassisliklar boyicha bilim va konikmalar berish kozda tutilgan bolib, talim jarayoni yakuniga yetganidan song ularga davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

Qarorda talim jarayoni sifatini oshirish va akademik litseylar bitiruvchilarining oliy talim muassasalarida oqishni davom ettirishi uchun alohida chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Unda:

akademik litsey oquvchilarining biriktirilgan oliy talim muassasalari axborot-resurs markazlari va boshqa moddiy-texnik bazasidan foydalanish imkoniyatini kengaytirish;

har bir akademik litseyda oquvchilarning individual qobiliyatidan kelib chiqib, ilgor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron talim resurslari, oquvchilarning ijodiy va mustaqil izlanishlariga yonaltirilgan dasturlarni ishlab chiqish;

oliy talim muassasalarining tajribali professor-oqituvchilarini akademik litseylarning pedagog kadrlariga patronaj sifatida biriktirish;

oliy talim muassasalari faoliyatiga baho berishda ular tomonidan talim samaradorligini oshirish boyicha akademik litseylar bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlarga alohida etibor qaratish nazarda tutilgan. Bu borada seminar-treninglar tashkil etish, talim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish, xorijiy tillarni ozlashtirish, tajribali professor-oqituvchilar ishtirokida doimiy mahorat darslarini otkazish, akademik litsey oqituvchilariga ilmiy-uslubiy yordam korsatish boyicha olib borilayotgan ishlarni baholash mezonlarini ishlab chiqish kabi masalalar qamrab olingan.

Bundan tashqari, qarorda akademik litseylar negizida bosqichma-bosqich tashkil etilayotgan kasb-hunar kollejlari uchun zarur ustaxonalarni barpo etish va jihozlash, shuningdek, soatbay asosida akademik litseylarda faoliyat korsatuvchi professor-oqituvchilarning oylik maoshini oshirish uchun davlat byudjetidan zarur mablaglar ajratilishi kozda tutilgan.

Bir soz bilan aytganda, qarorda kozda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida akademik litseylarda oqitish sifati va samaradorligini yanada oshirish, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qollab-quvvatlash va maqsadli talimga yonaltirish, farzandlarimizning tanlangan mutaxassisliklarni puxta egallashlari uchun zarur sharoitlarni yaratishga keng imkoniyatlar ochiladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: