O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 1 2
07.03.2017

ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI BILAN TAQDIRLASH TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Mamlakatimizda motabar ayol zotiga munosib hurmat-ehtirom korsatish, ularning jamiyatimizdagi orni va nufuzini oshirish, soglom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ozining iqtidori va ibratli faoliyati bilan yoshlarga ornak bolib kelayotgan qizlarni ragbatlantirish maqsadida hamda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyundagi «Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish boyicha takliflarni qollab-quvvatlash togrisida»gi Farmoniga asosan:

1. Ozbekiston Xotin-qizlar qomitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini alo xulqi, noyob istedodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, oqishdagi muvaffaqiyatlari hamda adabiyot, madaniyat, sanat, talim va sport sohalaridagi alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash togrisidagi takliflari ilovadagi royxatga muvofiq maqullansin.

2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti boyicha kozda tutilgan 14 ta mukofot orniga 2017 yil uchun istisno tariqasida Qoraqalpogiston Respublikasining 2 nafar, viloyatlar va Toshkent shahrining 1 nafardan vakilalariga — jami 15 ta mukofot berilishi belgilansin.

3. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8 mart Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bagishlab otkaziladigan tantanalarda sovrindorlik diplomlari va kokrak nishonlari topshirilsin.

4. Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini taminlasin.

5. Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Ozbekiston Milliy axborot agentligiga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob istedodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosari T.Norboyeva zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2017 yil 3 mart

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining

2017 yil 3 martdagi PQ-2815-sonli qaroriga ilova

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar

R O Y X A T I

Karamatdinova Ayjamal Jengis qizi Qoraqalpoq davlat universiteti qoshidagi 1-akademik litseyning 3-bosqich oquvchisi

Otajonova Gozal Azamat qizi Qoraqalpogiston Respublikasi Tortkol tibbiyot kollejining 3-bosqich oquvchisi

Toshtemirova Iltijoxon Valisher qizi Andijon pedagogika kollejining 3-bosqich oquvchisi

Idiyeva Aziza Jurabek qizi Buxoro iqtisodiyot va bank kollejining 1-bosqich oquvchisi

Abdurazoqova Nigina Abduvahob qizi Jizzax sanat kollejining 3-bosqich oquvchisi

Nematova Ogiloy Akram qizi Qashqadaryo viloyati Kitob iqtisodiyot va xizmat korsatish kasb-hunar kollejining 3-bosqich oquvchisi

Kamolova Dilnoza Samariddinovna Navoiy viloyati Uchquduq qurilish va uy-joy kommunal xojaligi kasb-hunar kollejining 2-bosqich oquvchisi

Muhammadjonova Sevinch Ibroximali qizi Namangan viloyati Chust sport kollejining 1-bosqich oquvchisi

Oroqova Dildora Akmaljon qizi Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy orta talim maktabining 9-sinf oquvchisi

Sherbekova Nozimabonu Nurmuxammad qizi Sirdaryo viloyati Boyovut qishloq xojaligi kasb-hunar kollejining 2-bosqich oquvchisi

Temirova Shahribonu Baxtiyor qizi Termiz davlat universiteti qoshidagi Termiz akademik litseyining 3-bosqich oquvchisi

Raxmatova Dilnoza Bakir qizi Ozbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining 1-bosqich talabasi (Toshkent viloyati)

Kurbonova Mushtariybegim Baxtiyorjon qizi Fargona davlat universitetining 1-bosqich talabasi

Masharipova Ruxsora Olimjonovna Urganch davlat universiteti qoshidagi 2-akademik litseyning 2-bosqich oquvchisi

Tursunqulova Nigora Akmal qizi Toshkent shahri Mirobod yengil sanoat va servis kasb-hunar kollejining 3-bosqich oquvchisi



DB query error.
Please try later.