O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
02.03.2017

2017 YILGI NAVROZ UMUMXALQ BAYRAMIGA TAYYORGARLIK KORISH VA UNI OTKAZISH TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Azal-azaldan xalqimizning ezgu va gozal qadriyatlarini, uning olijanob orzu-intilishlarini ozida mujassam etib, qadim ajdodlarimizdan bizga olmas meros sifatida bezavol otib kelayotgan Navrozi olam mustaqillik yillarida mamlakatimizda yashayotgan millati, tili va dinidan qat’iy nazar, barcha vatandoshlarimiz orziqib kutadigan, tom manodagi umumxalq bayramiga aylanib qoldi.

Sharqona yangi yilning boshlanishi, tabiat uygonishining ramzi, asl milliy, eng ardoqli bayram bolmish Navrozning yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik, bagrikenglik va bunyodkorlik, xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy ananalarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirishdagi orni va tasiri tobora ortib borayotganini inobatga olib hamda bu qutlug ayyomni yuksak saviyada nishonlash maqsadida:

1. 2017 yilgi Navroz umumxalq bayramiga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha tashkiliy qomita tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Tashkiliy qomita Navroz bayramini poytaxtimiz Toshkent shahrida, Qoraqalpogiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, barcha shahar, tuman va qishloqlarda umumxalq sayillari shaklida yuqori darajada otkazishga qaratilgan tashkiliy-amaliy, madaniy-manaviy tadbirlar rejasini on kun muddatda ishlab chiqsin va amalga oshirsin.

2. Tadbirlar rejasini tayyorlashda quyidagi masalalarga alohida etibor qaratilsin:

Navroz kunlarida insonning tabiat bilan uzviyligini, ozini uning ajralmas bir qismi sifatida his etishini ifoda etadigan, atrof-muhitni, ona zaminni ardoqlab, uning nematlarini, bugungi tinch hayotni qadrlab, shukronalik tuygusi bilan yashashga davat qiladigan manaviy-marifiy tadbirlarni uyushtirish;

barcha shahar va qishloqlarda bolib otadigan tadbirlarda, ommaviy axborot vositalarida Navroz bayramining tarixi, uni nishonlash bilan bogliq urf-odatlar, ananalar va qadriyatlarimizning mohiyati va ahamiyatini keng yoritish;

Navrozning ruhi va falsafasida oz aksini topgan mehr-muruvvat, ahillik va totuvlik, yoshi ulug insonlar, tabarruk otaxon va onaxonlarni har tomonlama ezozlash, komakka muhtoj insonlarga begaraz yordam berish bilan bogliq xayriya tadbirlarini amalga oshirish;

yangi dehqonchilik mavsumining boshlanishi, yasharish va yangilanish, qut-baraka, obodlik va farovonlik ramzi bolmish Navroz faslida mahallalarda, shahar va qishloqlarda hasharlar, keng kolamdagi obodonchilik va kokalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish;

Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bolib otadigan sayillarga folklor guruhlari, badiiy havaskorlik jamoalari, dorbozlar, sirk artistlari, oilaviy ansambllar, baxshilar, shoirlar, shuningdek, professional ijrochilar va istedodli estrada artistlarini keng jalb etish;

sayil dasturlarini tayyorlashda xalq oyinlari, folklor sanatining eng yaxshi namunalarini, elu yurtning dilidan chuqur joy olgan, qadimiy urf-odatlar, ezgu insoniy tuygularni tarannum etadigan kuy va qoshiqlar, olan va laparlarga keng orin berish.

3. Belgilab qoyilsinki, otkaziladigan bayram tadbirlari:

Qoraqalpogiston Respublikasi byudjeti va viloyatlarda mahalliy byudjetlar hamda joylardagi homiylik xayriyalari hisobidan;

Toshkent shahrida respublika byudjeti va Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablaglari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.

4. Ozbekiston Milliy axborot agentligi, Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, «Jahon» axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Navroz umumxalq bayramiga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin.

5. Mazkur qarorning ijrosini taminlash Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2017 yil 28 fevral



DB query error.
Please try later.