O'zb  
 
23.02.2017

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONIGA SHARH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ozbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari togrisida»gi farmoniga ShARH

Sud tizimining bosqichma-bosqich demokratlashtirilishi, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qiladigan sud hokimiyatining mustaqilligi togrisidagi konstitutsiyaviy tamoyilga qat’iy rioya etilishi mamlakatda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan ozgarishlar orasida markaziy orinni egallaydi.

Jumladan, 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kengaytirish, ularning odil sudlovga erishish darajasini, sud ish yurituvining samaradorligi va sifatini oshirish, nomzodlarni tanlash va sudyalik lavozimiga tayinlash tizimini yanada takomillashtirish sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning eng muhim yonalishlari sifatida mustahkamlandi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Ozbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari togrisidagi Farmonining qabul qilinishi qayd etilgan vazifalarni amalga oshirishdagi muhim qadam bolib, mazkur sohadagi davlat siyosatini sifat jihatidan yangi bosqichga kotardi.

Farmonga muvofiq, nomzodlarni tanlash va sudyalik lavozimiga tayinlash tizimini tubdan takomillashtirish, sudyalarning mazkur jarayondagi ishtirokini kengaytirish, yuqori malakali sudyalar korpusini shakllantirish uchun masul bolgan organning maqomi hamda vakolatlarini oshirish maqsadida Ozbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi.

Sudyalar oliy kengashi sudyalar hamjamiyati organi sifatida sud hokimiyatining mustaqilligi haqidagi konstitutsiyaviy prinsipga rioya etilishini taminlashga komaklashadi. Sudyalar oliy kengashi uning tarkibida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti taqdimnomasiga binoan Senat tomonidan tasdiqlanadigan Kengash raisi va kopchilikni tashkil etuvchi sudyalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va huquq sohasidagi malakali mutaxassislar orasidan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan 20 nafar azodan iborat boladi. Sudyalar oliy kengashining 13 nafar azosi doimiy, 8 nafar azosi esa jamoatchilik asosida oz faoliyatini amalga oshiradi.

Sudyalar oliy kengashiga sudyalik lavozimlariga malakali mutaxassislar orasidan ochiq va shaffof tanlov asosida sudyalar korpusini shakllantirish, sudyalar daxlsizligi buzilishini va ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishlarning oldini olish boyicha chora-tadbirlar korish, nomzodlar va sudyalarning kasbiy tayyorgarligini tashkil etish, aholi bilan muloqotni yolga qoyish vazifalari yuklatilgan.

Sudyalar oliy kengashiga Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi sudyalari, Ozbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislaridan tashqari barcha sudyalarni Ozbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimlarga tayinlash va lavozimlardan ozod etish boyicha vakolatlar otkazilmoqda.

Sud amaliyotini tizimli tahlil qilib borish, uni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish maqsadida Ozbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini taminlash boyicha tadqiqot markazi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini organish boyicha tadqiqot markazi sifatida ozgartirilmoqda.

Farmondagi yana bir ahamiyatli jihat — Ozbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xojalik sudining fuqarolik, jinoiy, mamuriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasida sud hokimiyatining yagona oliy organi Ozbekiston Respublikasi Oliy sudiga birlashtirilishi boldi. Ushbu islohot sud tizimini boshqarishdagi bir-birini takrorlovchi funksiyalarni bartaraf etishga hamda yagona sud amaliyotini shakllantirishga olib keladi.

Sud hokimiyati ikki oliy organining parallel faoliyat yuritishi qonun hujjatlari talablarini bir xilda qollanishini taminlay olmadi, bir-biriga oxshash masalalar yuzasidan turlicha qarorlar qabul qilinishiga olib keldi.

Ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni, shuningdek, mamuriy huquqbuzarliklar togrisidagi ishlarni korib chiqishga vakolatli bolgan yangi sud tizimining shakllantirilishi alohida ahamiyat kasb etadi.

Ilk marotaba davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari gayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan fuqarolarning sudga shikoyat qilish huquqining konstitutsiyaviy kafolatlarini amalga oshirishni taminlashga xizmat qiladigan Ozbekiston Respublikasi Oliy sudining mamuriy ishlar boyicha sudlov hayati, Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mamuriy sudlari, tuman (shahar) mamuriy sudlari tashkil etildi.

Hozirgi kunga qadar davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlarni korib chiqish Fuqarolik va Xojalik protsessual kodekslariga muvofiq fuqarolik ishlari boyicha sudlar va xojalik sudlari tomonidan, mamuriy huquqbuzarliklar togrisidagi ishlar esa Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksga muvofiq jinoyat ishlari boyicha sudlar tomonidan amalga oshirilayotgan edi.

Endilikda ushbu toifadagi ishlar yangi tashkil etilayotgan mamuriy sudlar tomonidan koriladi. Shu bilan birga, mamuriy ishlarni korib chiqishning protsessual tartibini belgilash, davlat organlari faoliyatida qonuniylikni mustahkamlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishning zamonaviy tartib-taomillarini joriy etishga qaratilgan Mamuriy sud ishi yurituvi togrisidagi va Mamuriy tartib-taomillar togrisidagi qonunlar loyihalari ishlab chiqiladi.

Zamonaviy talablardan kelib chiqib, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Farmon bilan Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xojalik sudlari tegishli iqtisodiy sudlar etib ozgartirildi. Bunda mamlakatning iqtisodiy salohiyati va tadbirkorlik subyektlarining ortib borishini hisobga olgan holda tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari tashkil etilmoqda.

Tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlarini tashkil etish zarurati xojalik sudlarining faqat viloyat darajasida faoliyat korsatganligi bilan bogliqdir. Ayrim tumanlar sud binosidan uzoq masofada joylashganligi sababli tadbirkorlar davo arizasini bergan paytdan nizo sudda korib chiqilguniga qadar viloyat markaziga bir necha marotaba qatnashga majbur bolayotgan edi. Bu esa ularning moddiy xarajat va ortiqcha vaqt sarflashlariga sabab bolayotgan edi.

Umuman olganda, tashkil etiladigan mamuriy va iqtisodiy sudlar joylashuvi uzoq hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarning, shu jumladan, tadbirkorlarning sud himoyasiga erishish darajasini oshiradi.

Sud hokimiyatining mustaqilligi prinsipiga rioya qilish, sudlarni moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taminlash masalalarini mustaqil hal etish maqsadida Farmon bilan Ozbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taminlash departamenti tashkil etildi va unga sudlarni moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taminlash, sudlar faoliyati uchun zarur sharoitlarni yaratish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, sudyalar va sud apparati xodimlarini moddiy va ijtimoiy taminlashni tashkil etish vazifasi yuklatildi.

Harbiy sudlarning shtat birliklari Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidan Ozbekiston Respublikasi Oliy sudi tizimiga otkazilishi muhim ahamiyatga ega boldi. Vaholanki, harbiy sudyalarning Mudofaa vazirligi shtatiga kiritilganligi ushbu vazirlik ijro hokimiyati organi hisoblanishi tufayli sud hokimiyati mustaqilligining, uning faoliyatini tashkil etishning asosiy tamoyillariga muvofiq kelmaydi.

Farmonda sudlar faoliyati samaradorligini oshirish va sud kadrlari zaxirasini tayyorlash uchun sudlar tuzilmasiga sudya yordamchisi, sudya katta yordamchisi lavozimlarini kiritish nazarda tutildi.

Sudlar faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, sud tizimi samaradorligi va fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini oshirishga alohida etibor qaratildi. Xususan, hukumat tomonidan ushbu yonalishdagi amaliy chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlanishi zarurligi belgilandi.

Takidlash joizki, Farmonda nazarda tutilgan talablarni amalga oshirish bir qator normativ-huquqiy hujjatlarga, shu jumladan, Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Xojalik protsessual, Fuqarolik protsessual kodekslariga, Sudlar togrisidagi Qonunga ozgartish va qoshimchalar kiritishni talab etadi.

Umuman olganda, Farmonda odil sudlov sohasidagi zamonaviy talablar va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda Ozbekiston Respublikasining sud tizimini takomillashtirish va maqbullashtirish boyicha tarixiy ozgarishlar nazarda tutilgan.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: