O'zb  
 
18.02.2017

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga ShARH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fanlar
akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil
etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida”gi qaroriga

ShARH

Mustaqillik yillarida Ozbekiston Respublikasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishning barqaror tizimi yaratildi. Mamlakatda salohiyatli ilmiy maktablar yaratildi, ilmiy laboratoriya va kafedralar, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, vazirlik va idoralar hamda respublika miqyosidagi ilmiy-texnik va ekspert kengashlari shaklidagi kop tarmoqli ilmiy-tashkiliy infratuzilma faoliyat yuritmoqda.

Ayniqsa songgi yillarda ilmiy-tadqiqot faoliyatining moddiy-texnik salohiyatini mustahkamlash va samaradorligini oshirishga yonaltirilgan salmoqli ishlar amalga oshirildi. Bir qator yangi ilmiy-innovatsion tuzilmalar – Genomika va bioinformatika markazi, Xalqaro quyosh energiyasi instituti, Kembridj universiteti ishtirokida Yuqori texnologiyalar markazi faoliyati yolga qoyildi.

Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish tizimida Fanlar akademiyasi haqli ravishda fundamental tadqiqotlar yetakchisi sifatida alohida orin egallaydi. Hozirgi kunda Fanlar akademiyasi tizimida salmoqli intellektual salohiyat mujassamlangan. Shuning uchun ham davlatimiz tomonidan akademik fanning mamlakat iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirishdagi rolini kuchaytirish, Fanlar akademiyasining ilmiy-innovatsion faoliyatini takomillashtirish va mavqeini oshirish masalalariga katta etibor qaratilayotgani bejiz emas.

Ushbu etiborning yorqin korinishi sifatida mamlakatimiz Prezidentining davlat rahbari sifatidagi birinchi uchrashuvi aynan ilm hamjamiyati respublika akademiklari va yetakchi olimlari bilan bolganligini takidlash joiz. 2017-yilning 1-yanvaridan boshlab akademiklarga eng kam ish haqining 10 barobari miqdorida jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliqlardan ozod etilgan oylik gonorar belgilandi. Bundan tashqari, ular uchun sanatoriy muassasalarida har yili bepul soglomlashtirish kursidan foydalanish huquqi nazarda tutildi. Akademiklar ilmiy, talim va ishlab chiqarish jarayonlariga keng jalb etilib, ularga yuqori malakali kadrlar tayyorlashda faol ishtirok etishlari uchun zarur imkoniyatlar yaratildi.

Shu bilan birga, ilmiy-texnik salohiyatning hozirgi kundagi ahvoli, kadrlar bilan taminlanganligi, ilmiy-tadqiqot faoliyatining moddiy-texnika, tajriba va laboratoriya bazalarining rivojlanish darajasi mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining jadal suratlaridan ortda qolmoqda. Qator tadqiqot yonalishlari boyicha milliy ilm-fanimiz, ayniqsa akademik fanning raqobatbardoshligini yuqori halqaro darajalarga mos keltirish zarurati ham yuzaga keldi.

Ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini moliyalashtirish tizimida bir qator muammolar mavjud. Natijada, ilmiy faoliyat nufuzi birmuncha pasayib, iqtidorli yoshlarning boshqa sohalarga ketib qolish holatlari kuzatilmoqda, ilmiy kadrlarning ortacha yoshi ortib borishi tendensiyasi saqlanib qolmoqda. Shu munosabat bilan, davlat ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish, amalga oshirish va monitoringini yuritish jarayonlarini muvofiqlashtiruvchi yagona tizimning mavqei va salohiyatini tiklash, olimlarga keng kolamli ilmiy izlanishlarni amalga oshirishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish bugungi kunning hal qilinishi lozim bolgan dolzarb vazifalaridan biriga aylandi.

Takidlash lozimki, 2017-2021-yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasida ham ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini ragbatlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy oquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etishga talim va fan sohasini rivojlantirishning eng muhim yonalishlaridan biri sifatida alohida etibor qaratilgan.

Bundan tashqari, respublika viloyatlarida bolib otayotgan xalq bilan bevosita muloqot paytida Prezidentimiz tomonidan barcha hududlarda ilm-fan salohiyatini tiklash, hududlarning kompleks rivojlanishini taminlashda mavjud intellektual salohiyatdan samarali foydalanish, yoshlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb qilish boyicha aniq vazifalar belgilab berilmoqda. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda ilmiy izlanishlarni ijtimoiy-iqtisodiy sohalarning real muammolariga yonaltirish, ilm-fan va ishlab chiqarish ortasidagi uzviy integratsiyani taminlash, oz navbatida, ishlab chiqarish korxonalari tomonidan olimlarning ilmiy-texnologik ishlanmalarini amaliyotga joriy qilish samaradorligini oshirish mexanizmlarini yaratish masalalari ota muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur sohada toplanib qolgan muammolarni hal etish maqsadida Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bilan keng kolamli miqyosdagi aniq maqsadli ishlar amalga oshirilishi kozda tutilgan.

Jumladan, qarorga kora zamonaviy talablar asosida Fanlar akademiyasining asosiy vazifa va faoliyatining ustuvor yonalishlari belgilab berilgan. Bundan tashqari, ilmiy-tadqiqot infratuzilmasini yanada mustahkamlash maqsadida Fanlar akademiyasi tarkibida bir qator ilmiy-tadqiqot muassasalari tashkil qilinib, qator muassasalar akademiya tasarrufiga qaytarilgan. Oz navbatida bu tadbirlar Fanlar akademiyasi tomonidan keng kolamli fundamental tadiqotlar olib borilishini taminlash, turli fan tarmoqlari boyicha mavjud ilmiy salohiyatni mujassamlash va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarning dolzarb muammolariga safarbar qilish imkoniyatini yaratadi.

Qarorda Fanlar akademiyasi boshqaruv apparatining tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirishga alohida etibor qaratildi, uning tarkibida fizika-matematika va texnika fanlari, kimyo-biologiya fanlari va ijtimoiy-gumanitar fanlar bolimlari hamda Fanlar akademiyasining Navoiy bolimini tashkil etish kozda tutildi. Bu mazkur fan sohalarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish bilan bir qatorda, Navoiy viloyati hududini kompleks rivojlantirishda, mavjud sanoat salohiyatini yanada mustahkamlashda akademik fan imkoniyatlaridan keng foydalanish imkoniyatini beradi.

Shuningdek, qarorga muvofiq Fanlar akademiyasining Qoraqalpogiston va Navoiy bolimlari hamda Xorazm Mamun akademiyasi raislari mavqei akademiya vitse-prezidenti darajasiga tenglashtirilishi ham aynan hududlarda ilm-fan salohiyatini tiklash va nufuzini oshirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning yaqqol tasdigidir.

Samarali ilmiy faoliyatni ragbatlantirishga ham qarorda katta etibor qaratilgan. Shu maqsadda, ilmiy-tadqiqot muassasalarining xojalik va tadbirkorlik faoliyatidan tushgan sof foydaning 10 foizi miqdoridagi ajratmalari hisobiga shakllanadigan, ilmiy tadqiqotlar yakunlari boyicha salmoqli natijalarga erishgan Fanlar akademiyasi ilmiy xodimlarini moddiy ragbatlantirish jamgarmasi tashkil etilmoqda.

Qaror bilan Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri rahbarligida Fan va texnologiyalar boyicha davlat komissiyasi tuzilib, uning zimmasiga ilmiy-texnika sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, innovatsion siyosatning ustuvor yonalishlarini belgilash vazifalari yuklanmoqda.

Shuningdek, mazkur komissiyaning ishchi organi sifatida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi faoliyati tugatilayotgan Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qomitasi negizida Ozbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi tashkil etilmoqda. Agentlik zimmasiga iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha uchun fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni bajarishda ilmiy-texnik xizmatlar korsatishga yonaltirilgan davlat topshiriqlarini shakllantirish kabi vazifalar yuklanadi.

Mazkur tadbirlar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkillashtirish tizimini yangi bosqichga kotarishga, mavjud intellektual salohiyatni jipslashtirishga, izlanishlardagi mayda, samarasiz mavzularga va takrorlanishlarga barham berishga xizmat qiladi.

Qaror bilan oz yechimini topayotgan yana bir muhim masala Fan va texnologiyalar boyicha davlat komissiyasi qoshida yuridik shaxs maqomiga ega bolgan Ilmiy-texnik faoliyatni qollab-quvvatlash va rivojlantirish jamgarmasini tashkil etish bilan bogliq bolib, jamgarma mablaglari quyidagi maqsadlarga yonaltirilishi nazarda tutilgan:

ilmiy-tadqiqot va oliy talim muassasalarida yangi tipdagi va zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan ilmiy laboratoriyalarni tashkil etish;

olimlarimiz tomonidan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk obyektlarini chet elda royxatdan otkazish (patentlash) xarajatlarini qoplash;

zamonaviy laboratoriyalarning ilmiy asbob va uskunalarini zarur sarflanuvchi materiallar va butlovchi qismlar bilan uzluksiz taminlash;

ilmiy-tadqiqot va oliy talim muassasalarining jahonning yetakchi ilmiy elektron malumotlar bazasidan erkin foydalanishlari uchun sarflanadigan xarajatlarni qoplash;

yosh olimlarning yetakchi xorijiy ilmiy markazlarda qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarini moliyalashtirish.

Qaror doirasida nazarda tutilgan barcha tadbirlar davlatimiz tomonidan iqtisodiyotning innovatsion taraqqiyotini taminlashda ilm-fanning rolini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning mantiqiy davomi bolib, 2017-2021-yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga xizmat qiladi.

Ushbu qaror akademik fan nufuzini oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatining kadrlar va intellektual salohiyatini mustahkamlash, uni tashkillashtirish va boshqarish tizimini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot muassasalari moddiy-texnika bazasini tubdan yaxshilash, iqtidorli yoshlarni ilm-fanga keng jalb qilish va olimlarning sermashaqqat mehnatlarini munosib moddiy ragbatlantirishga keng yol ochadi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: