O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
09.02.2017

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qaroriga SHARH

Qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning samaradorligi va natijadorligi, avvalo ularning mohiyati va ahamiyatini ijrochilarga, huquqiy normalarning subyektlarga, shuningdek keng aholi qatlamiga va tadbirkorlik tuzilmalariga o‘z vaqtida yetkazishni ta’minlashga bogliq.

Mustaqillik yillarida mamlakatda qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatish, nashr etishni tashkil qilish, normativ-huquqiy hujjatlar matnlarini «Ozbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari malumotlari milliy bazasi»da lex.uz saytida joylashtirish boyicha ishlarning samaradorligini oshirishga qaratilgan salmoqli chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Shu bilan birga huquqiy axborotni tarqatish va huquqiy targibot otkazishning amaldagi tizimini tanqidiy tahlil qilish bu sohada muayyan kamchiliklar mavjudligini korsatdi.

Xususan, qonun hujjatlarini, jumladan, rasmiy tarqatmalarni tarqatishning yagona mexanizmi va tartibi mavjud emas edi, normativ-huquqiy hujjatlar sharhlarsiz, konsepsiyasiz va boshqa axborot materiallarisiz nashr etilar, davlat organlarining huquqiy targibot boyicha faoliyatini samarali muvofiqlashtirish boyicha choralar belgilanmagan edi.

Normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish, qonun hujjatlarining mohiyati va ahamiyati togrisida ijrochilar va aholini huquqiy xabardor qilish sifatini oshirish maqsadida Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror bilan normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatishning yagona tartibini ornatish, bu sohada prinsipial yangi yondashuvlarni belgilash, yangi qabul qilinayotgan qonunlar ijrosini tashkil qilish mexanizmlarini mustahkamlash va ularning mohiyati va ahamiyatini aholi ortasida tushuntirish nazarda tutilmoqda.

Yangi qabul qilingan qonunlar, boshqa qonun hujjatlarini davlat organlari va boshqa tashkilotlarga togridan-togri ijro etish va amaliyotda qollash uchun rasmiy tarqatma orqali yuborishning yagona tartibi va muddatlari belgilandi.

Takidlash joizki, bundan buyon tegishli qonunlar qabul qilingandan keyin uning ijrosini, ijrochilarga yetkazish va aholi ortasida mohiyati va ahamiyatini tushuntirishni tashkil etishga masul bolgan davlat organlari Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritilayotgan qonun loyihalari matnlarida korsatiladi. Ushbu mexanizm yangi qabul qilingan qonunlarning samarali va oz vaqtida ijro etilishini taminlashga xizmat qiladi.

Nazoratni amalga oshirish yuklatilgan masul davlat organi va tashkiloti hujjat imzolangandan keyin, uni ijro etish, ijrochilarga yetkazish hamda mohiyati va ahamiyatini aholi ortasida tushuntirish boyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlaydi.

Yana bir yangilik, normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish jarayonida tayyorlangan axborot-tahliliy materiallari bilan tanishish imkoniyati yaratilishidir. Bundan buyon qabul qilingan qonun hujjatlarining huquqiy mazmuni va ahamiyatini targib qilish ushbu axborot-tahliliy materiallari asosida amalga oshiriladi. Bu esa oz navbatida ularning mazmun-mohiyatini toliq yetkazishga, aholining huquqiy madaniyati va ongini oshirishga xizmat qiladi.

Masalan, normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish asosini, uning ahamiyatini, shuningdek qabul qilinishidan kutilayotgan natija boyicha qisqacha malumotni ozida aks ettirgan tushuntirish xati, ozgartirish va qoshimchalar tushuntirilgan holdagi taqqoslash jadvali Qonun hujjatlari malumotlari milliy bazasida ham elon qilinadi.

Yana muhim jihat shundan iboratki, Adliya vazirligi davlat organlari va tashkilotlarining normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatish boyicha faoliyatini samarali muvofiqlashtiruvchi, uslubiy rahbarlik va nazorat qiluvchi vakolatli organ sifatida belgilanmoqda.

Qaror bilan shuningdek qonun hujjatlarini tarqatish tartibi va muddatlari aniq bayon etilgan qonun hujjatlarini tarqatish, ularning mohiyati va ahamiyatini ijrochilar va aholiga tushuntirish sxemasi tasdiqlanmoqda.

Adliya vazirligiga normativ-huquqiy hujjatlarni barcha davlat organlari va tashkilotlariga tezkor yetkazish vazifasi yuklatilmoqda. Bundan buyon barcha normativ-huquqiy hujjatlar imzolangan kuni axborot-tahliliy materiallari bilan birga qogoz va elektron shaklda Adliya vazirligiga yuboriladi, Adliya vazirligi esa bir kunlik muddatda normativ-huquqiy hujjatlarni va tegishli axborot-tahliliy materiallarni elektron shaklda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab beriladigan royxat boyicha barcha davlat organlari va tashkilotlariga yetkazilishini taminlaydi.

Shu bilan birgalikda, Adliya vazirligi yangi qabul qilingan hujjatlarni Qonun hujjatlari malumotlari milliy bazasiga bir kunlik muddatda joylashtiradi va har hafta Ozbekiston Respublikasining Qonun hujjatlari toplamida elon qilib boradi.

Qonunlarning mazmun-mohiyatini aholiga sifatli va samarali tushuntirish maqsadida targibot tadbirlari va tushuntirish ishlari masul davlat organlari tomonidan media-rejalar ishlab chiqish, huquqiy targibot boyicha guruhlar tuzish, turkum tele, radiokorsatuvlar tashkil qilish, OAVda maqolalar, axborot materiallari elon qilish va boshqalar orqali amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, qaror bilan Huquqiy targibot va marifat boyicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish boyicha idoralararo kengashning yangi tarkibi hamda uning tarkibida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar davlat boshqaruvi organlari, talim muassasalari va boshqa tashkilotlarning vakillari kiritiladigan hududiy komissiyalari tashkil etilmoqda.

Shu bilan birga, mazkur sohada vakillik organlarining rolini kuchaytirish maqsadida har yili Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va xalq deputatlari Kengashlarida Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va adliya boshqarmalarining normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatish sohasidagi hisobotlarni eshitish amaliyoti yolga qoyiladi.

Qaror normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatishning amaliy mexanizmlarini, shu jumladan, huquqiy axborotni talim, axborot-kutubxona muassasalarida, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlarida majburiy tarqatishni, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtirokida normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish choralarini amalga oshirish tartibini, mazkur sohada Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi va boshqa davlat organlarining vakolat va javobgarliklarini nazarda tutuvchi Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taminlash togrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqishni nazarda tutadi.

Shuningdek, Qonun hujjatlari malumotlari milliy bazasini takomillashtirish, xususan eng kop talab qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining ingliz tilidagi malumotlar bankini yaratish boyicha choralar belgilanmoqda.

Mazkur qaror ijrosini taminlash huquqiy axborotni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida tarqatish tizimini tubdan takomillashtirishga, ijrochilar va aholini qonunchilikning mazmun va mohiyati togrisida huquqiy xabardor qilishning sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: