O'zb  
 
09.02.2017

QONUN HUJJATLARINI TARQATISH TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Qabul qilingan qonun hujjatlarining sozsiz va oz vaqtida bajarilishida normativ-huquqiy hujjatlarni oz vaqtida tarqatish, ijrochilarga va aholiga ularning mohiyati va mazmunini tushuntirishning samarali mexanizmlarini yaratish muhim ahamiyatga ega.

Shu bilan birga, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, qonun hujjatlarini tarqatishning yaxlit tizimi shakllanmagan, normativ-huquqiy hujjatlarni, shu jumladan rasmiy tarqatmalarni ijrochilarga yetkazishning, tushuntirish ishlarini olib borishning tartibi va muddatlari hamda bu sohadagi nazorat ornatilmagan.

Fuqarolarni huquqiy xabardor qilish asosan an’anaviy ommaviy axborot vositalari orqali qogoz korinishida amalga oshirilmoqda, bu esa huquqiy axborotning toliqligi va erkin foydalanilishiga, uning oz vaqtida tarqatilishiga salbiy tasir korsatmoqda. Bunda aholining ijtimoiy faol qatlamlari, shu jumladan tadbirkorlar va yoshlarning axborotga bolgan ehtiyoj va sorovlari inobatga olinmayapti.

Mavjud kamchiliklar mamlakatda olib borilayotgan islohotlarni amalga oshirish, jamiyatda qonun ustuvorligi va qonuniylik tamoyillari samaradorligiga salbiy tasir qilmoqda.

Normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish, ijrochilar va aholini qonun hujjatlarining mohiyati va ahamiyati haqidagi huquqiy axborot bilan taminlashning sifatini oshirish, ushbu sohadagi ishlarni tashkil etishga prinsipial yangi yondashuvlarni ishlab chiqish maqsadida:

1. Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni, ularga kiritilgan ozgartirish va qoshimchalarni ijrochilarga oz vaqtida yetkazishni taminlash, ularning mohiyati va ahamiyatini tushuntirish, shuningdek tegishli qonun hujjatlari matnidan moneliksiz foydalanish imkonini yaratish va oz tarkibiy va hududiy bolinmalarida qonun hujjatlari normalarining bir xilda qollanilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish vazirlik, davlat qomitalari, idoralar, xojalik boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining muhim vazifalari etib belgilansin.

2. 2017 yilning fevralidan shunday tartib ornatilsinki, unga kora:

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritilayotgan qonun loyihalari matnlarida tegishli qonunlar qabul qilingandan keyin uning ijrosini tashkil etish, ijrochilarga yetkazish va aholi ortasida mohiyati va ahamiyatini tushuntirishni tashkil etishga masul bolgan aniq davlat organlari, shu jumladan davlat boshqaruvi organlari korsatilishi shart;

hujjat nazoratni amalga oshirish yuklatilgan masul davlat organi yoki tashkiloti, shuningdek mansabdor shaxslar tomonidan imzolangandan keyin, uni ijro etish, ijrochilarga yetkazish hamda mohiyati va ahamiyatini aholi ortasida tushuntirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanadi;

normativ-huquqiy hujjatlar imzolangan kuni axborot-tahliliy materiallari bilan birga (normativ-huquqiy hujjatning konsepsiyasi bayon etilgan tushuntirish xati, ozgartirish va qoshimchalar tushuntirilgan holdagi taqqoslash jadvali) qogoz va elektron shaklda Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboriladi;

Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir kunlik muddatda normativ-huquqiy hujjatlarni va tegishli axborot-tahliliy materiallarni Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan royxat boyicha barcha davlat organlari va tashkilotlariga elektron shaklda yetkazilishini taminlaydi;

davlat organlari va tashkilotlari normativ-huquqiy hujjatlarning axborot-tahliliy materiallari asosida, qabul qilingan qonun hujjatlarini ijrochilarga yetkazish hamda mohiyati va ahamiyatini aholiga tushuntirish boyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini taminlaydi.

3. Qonun hujjatlarini tarqatish, ularning mohiyati va ahamiyatini ijrochilar va aholiga tushuntirish sxemasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga quyidagi qoshimcha vazifa va funksiyalar yuklatilsin:

normativ-huquqiy hujjatlarni barcha davlat organlari va tashkilotlariga oz vaqtida yetkazish, ularning normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatish boyicha faoliyatini samarali muvofiqlashtirish, uslubiy rahbarlik va nazorat qilish;

davlat organlari, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini jalb qilgan holda jamiyatda huquqiy targibotni tashkil etish;

davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirishning huquqiy asoslarini rivojlantirish va takomillashtirish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, sud-huquq tizimini rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek mamlakatda qonun ijodkorligi, huquqni qollash, huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;

sud ekspertizasi faoliyatini yanada rivojlantirishning ustuvor yonalishlarini ishlab chiqish, sud ekspertlarini tayyorlash va malakasini oshirish sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish;

sud ekspertizasi sohasidagi tizimli muammolarni kompleks organish va ularni hal etishga doir ilmiy asoslangan takliflar va tasirchan mexanizmlarni ishlab chiqish.

5. Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi hamda Huquqiy targibot va huquqiy talim boshqarmasi negizida:

boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni tegishli ravishda 10 va 28 shtat birlik bolgan Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Huquqiy targibot va axborot boshqarmasi va uning Qoraqalpogiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalaridagi hududiy bolimlari;

boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni 7 shtat birlik bolgan Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Yuridik talim va sud-ekspertiza faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tashkil etilsin.

6. Huquqiy targibot va marifat boyicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish boyicha Idoralararo kengash (keyingi orinlarda – Idoralararo kengash)ning yangilangan tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir haftalik muddatda hududiy adliya boshqarmalari boshliqlari rahbarligida, tarkibiga boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning, sudlarning, davlat boshqaruvi organlarining, talim muassasalarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning vakillarini kiritgan holda Idoralararo kengashning hududiy komissiyalarini tashkil etsin.

Quyidagilar Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:

ijrochilar va aholini qonunchilikning mohiyati va ahamiyati togrisida xabardor qilishning sifatini tubdan oshirish, ushbu faoliyatni tashkil qilishga prinsipial yangi yondashuvlarni ishlab chiqish boyicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish;

aholining turli qatlamlari, shu jumladan tadbirkorlar va yoshlarning axborotga bolgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda huquqiy targibot va marifatni amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;

davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy axborotdan keng kolamda foydalanilishini taminlash, ushbu sohada fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish faoliyatini muvofiqlashtirish.

7. Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarida har yili tegishlicha Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalarining huquqiy targibot va marifatning ahvoli togrisidagi axborotining eshitilishi amaliyotga joriy qilinsin.

8. Ozbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari malumotlari milliy bazasi (keyingi orinlarda Milliy baza)ga 2017 yilning 25 sentabridan normativ-huquqiy hujjatlar elon qilinadigan rasmiy manba maqomi berilishi munosabati bilan:

Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan taminlash markaziga (keyingi orinlarda Markaz) qonun hujjatlarining Milliy bazada rasmiy nashr etilishini taminlash masuliyati yuklatilsin;

Ozbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ikki oy muddatda Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda davlat organlari va tashkilotlari ortasida qonun hujjatlarini tezkor tarqatish maqsadida himoyalangan aloqa kanallari (VPN) orqali idoralararo elektron hamkorlikni tashkil etsin;

Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Oliy xojalik sudiga Konstitutsiyaviy sud qarorlarini, Oliy sud va Oliy xojalik sudi plenumlarining qonun hujjatlarini qollash masalalari yuzasidan tushuntirishlar berish togrisidagi qarorlarini ular imzolangan kundan etiboran bir kun ichida elektron shaklda Milliy bazaga joylashtirish uchun Markazga yuborish tavsiya etilsin;

Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Ozbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining elektron versiyalarini ular kuchga kirgan kundan etiboran bir kun ichida Milliy bazaga joylashtirish uchun Markazga yuborsin;

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Milliy baza doirasida eng kop talab qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining ingliz tilidagi malumotlar bankini yaratish, Milliy bazani takomillashtirish va Markazning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boyicha ishlarni moliyalashtirish uchun belgilangan tartibda texnik komak (grantlar)ni jalb qilish masalasini ishlab chiqsin.

9. Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatish va huquqiy targibot tizimini takomillashtirish maqsadida adliya organlari va Markazning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan royxatlarga kora olib kiriladigan Ozbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan uskuna, komputer va server texnikasi, texnik vositalar, dasturiy mahsulotlar va boshqa moddiy-texnika resurslari uchun 3 yil muddatga bojxona tolovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigimlaridan tashqari) tolashdan ozod etilsin.

10. Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda:

normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatishning tasirchan mexanizmlarini, ularni aholi ortasida keng tushuntirish boyicha chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi «Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taminlash togrisida»gi qonun, shuningdek yangilangan Huquqiy targibot va marifat boyicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish boyicha Idoralararo kengash togrisidagi nizom loyihalarini Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

Ozbekiston matbuot va axborot agentligi, Elektron ommaviy-axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va Ozbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mohiyati va ahamiyatini yetkazish boyicha rolini yanada kuchaytirishni, qonun hujjatlariga mustaqil ekspertlar, mutaxassislar va aholining fikri va munosabatini aks ettiruvchi tahliliy tok-shoular, munozaralar, bahslar hamda qonun hujjatlari va huquqni qollash amaliyotini keng muhokama qilishning boshqa zamonaviy shakllarini joriy qilishni nazarda tutuvchi Kompleks dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlarning ekspert tadqiqotlariga bolgan ehtiyojlaridan kelib chiqib, Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi hududiy bolinmalarining sonini kopaytirishga doir takliflar kiritsin;

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan ozgartirish va qoshimchalar togrisida takliflar kiritsin.

11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va Ozbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2017 yil 8 fevral


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: