Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 1 2
12.01.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga SHARH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga SHARH


Keyingi yillarda avtomobil transporti sohasida aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash borasida ko‘plab chora-tadbirlar ko‘rildi, avtotransport xizmatlarini rivojlantirishning maqsadli parametrlari izchil bajarilmoqda.

Yo‘lovchilar tashiydigan avtomobil transportining yangi muntazam yo‘nalishlari hamma joyda ochilmoqda, hozirgi vaqtda ularning soni 4,3 mingtadan oshdi.

Faqat so‘nggi 3 yilning o‘zida, asosan mamlakatimizda ishlab chiqarilgan 3 mingga yaqin avtobus va 12 mingta yengil avtomobil foydalanishga topshirildi. Yangi avtovokzallar va avtostansiyalar barpo etilmoqda, eskilari rekonstruksiya qilinmoqda.

Biroq, avtotransport xizmatlari ko‘rsatish tizimini, ayniqsa, qishloq joylarda takomillashtirish ishlarini bundan buyon ham faollashtirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish zarur.

Qabul qilingan qaror aynan respublikaning shahar va qishloqlarida, birinchi navbatda qishloq joylarda avtotransport xizmatlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga, yo‘lovchilar tashish xavfsizligini oshirishga qaratilgan.

2017-2021 yillarda 303 ta yangi yo‘lovchi tashish yo‘nalishi, ulardan 240 tasini (79,2 foizi) shahar atrofida va qishloq joylardan o‘tadigan shaharlararo qatnovlarda ochish nazarda tutilmoqda. Yangi yo‘nalishlar ochish bilan birgalikda, asosan avtobuslar yetishmasligi tufayli qatnov to‘xtatilgan yo‘nalishlar tiklanadi.

Kelgusi 5 yilda 8,6 mingta yo‘lovchi tashish avtomobili, shu jumladan, 5,7 mingta umumiy foydalanishga qulay mikroavtobus sotib olinadi.

Avtostansiyalar, to‘xtash bekatlari yengil konstruksiyalardan va asosan mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan arzon materiallardan (metall konstruksiyalar, sendvich-panellar va shu kabilardan) foydalangan holda namunaviy loyihalar bo‘yicha quriladi.

Yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida avtobus va mikroavtobuslarning ishini masofadan onlayn rejimida (GPS) doimiy kuzatishni.

2018 yilning 1 iyul sanasiga qadar Nukus shahri va viloyatlar markazlarida shahar yo‘lovchilar transportida yo‘l haqini bank plastik kartochkasida naqd pulsiz to‘lash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga tarkibiy va institutsional o‘zgartirish, xizmatlar bozori shakllanishi va rivojlanishiga hamda avtomobillarda tashish xavfsizligi masalalarini hal qilish uchun maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi sifatida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish madaniyati va sifatini oshirishga yo‘naltirilgan kompleks amaliy chora-tadbirlarning ishlab chiqilishini va tizimli asosda amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish yuklanmoqda.

Eng muhimi, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining aholi bilan veb-sayt, «ishonch telefonlari» orqali muloqotining amaliy mexanizmi ta’minlanadi.

Kelgusi 5 yil mobaynida Dasturni moliyalashtirishga 840 milliard so‘mdan ziyod, asosan «O‘zavtosanoat-lizing» va boshqa lizing kompaniyalarining mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari, xususiy investorlarning o‘z mablag‘lari, shuningdek, mahalliy byudjetlar mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar yo‘naltiriladi.

Qarorda lizing kompaniyalari va tashuvchilarning o‘zlari yangi sotib oladigan mikroavtobuslar uchun Respublika yo‘l jamg‘armasiga to‘lanadigan yig‘im to‘lovidan ozod qilinishi nazarda tutilgan.

Chetdan keltiriladigan va respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan, avtobuslar va mikroavtobuslarning ishini onlayn rejimida (GPS) muntazam tarzda masofadan kuzatib borishni, shuningdek, yo‘lkirani naqd pulsiz to‘lash tizimini joriy etish uchun mo‘ljallangan barcha materiallar, asbob-uskunalar, detallar bojxona to‘lovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinishi ham nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, yuridik shaxslar shahar atrofidagi va viloyatlar ichidagi shaharlararo yo‘nalishlarda (qishloq joylarda) avtobuslarda yo‘lovchilar tashish hajmi bo‘yicha yagona soliq to‘lovidan ozod qilinmoqda.

Dasturning amalga oshirilishi yuzasidan ishchi guruh muntazam monitoring olib boradi. Quyidagilar ishchi guruhning asosiy vazifalari etib belgilangan:

tarmoq jadvallariga muvofiq Dastur tadbirlari amalga oshirilishini tizimli tahlil qilish va tahlil asosida Dastur amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

shaharlar va qishloqlarda aholiga transport xizmati ko‘rsatish va avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimiga, yo‘lovchilar avtovokzallari, avtostansiyalar, oxirgi to‘xtash punktlarini qurishga investitsiyalarni amalga oshirish uchun xususiy investorlarni jalb etish chora-tadbirlarini ko‘rish;

yangi avtobuslar va mikroavtobuslarni sotib olish yuzasidan shartnomalarni kelishish va amalga oshirishda, ularga texnik xizmat ko‘rsatishning zamonaviy, modernizatsiyalashtirilgan punktlarida aynan bir xil texnik xizmat ko‘rsatishni ta’minlashda avtomobilda tashuvchilarga ko‘maklashish;

yoqilg‘i qiymati va boshqa iqtisodiy shart-sharoitlar o‘zgargan taqdirda yo‘lkira tariflari o‘z vaqtida qayta ko‘rib chiqilishini nazorat qilish;

Dasturda nazarda tutilgan tadbirlar bajarilishi masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, tashuvchilarning rahbarlari hisobotlarini muntazam eshitish.

Qarorning amalga oshirilishi yo‘lovchilar tashish xavfsizligini, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish madaniyati va sifatining yuqori darajasini, jamoat transporti yo‘nalishlaridagi transport vositalari harakatining belgilangan jadvallari va oraliqlari maromiga rioya etilishini, avtotransportda yo‘lovchilar tashish sohasida iste’molchilarning huquqlari samarali himoya qilinishini hamda tashuvchilarning moliyaviy barqarorligini ta’minlashga ko‘maklashadi.



DB query error.
Please try later.