O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Yanvar 2021   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31
25.11.2020

Ozbekistonning MDHdagi raisligi doirasida BMT Bosh Assambleyasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Mustaqil Davlatlar Hamdstligi ortasidagi hamkorlik maxsus rezolutsiyasi qabul qilindi

Joriy yil 23 noyabr kuni Nyu-York (AQSh) shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh qarorgohida BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi doirasida “Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ortasidagi hamkorlik” maxsus rezolutsiyasi qabul qilindi.

Hujjat Ozbekiston tomonidan 2020 yil MDHdagi raislik doirasida kiritildi va BMTga a’zo barcha davlatlar uni yakdillik bilan qollab-quvvatladi.

Majlisda Ozbekiston Respublikasining BMTdagi Doimiy vakili, elchi Baxtiyor Ibragimov rezolutsiyani MDHga azo davlatlar nomidan taqdim qildi.

U oz murojaatida tadbir ishtirokchilarini Ozbekistonning MDHdagi raisligi boyicha faoliyatining ustuvor yonalishlari bilan tanishtirdi, Hamdostlikning muhim tadbirlari yakunlariga toxtaldi. Ushbu tadbirlar davomida Hamdostlikka azo davlatlar ortasidagi kop tomonlama hamkorlikni mustahkamlash hamda tashkilotning xalqaro maydondagi obrosini yuksaltirish boyicha muhim qarorlar muhokama etildi va qabul qilindi.

Bosh Assambleya tomonidan qabul qilingan rezolutsiyada, xususan, MDHning savdo va iqtisodiy taraqqiyot sohasidagi mintaqaviy hamkorlik, madaniyat, talim, sogliqni saqlash, sport, turizm, ilm-fan va innovatsiyalar, atrof-muhitni muhofaza qilish va boshqa muhim tarmoqlarda birgalikdagi ishlarni mustahkamlashga qaratilgan faoliyati takidlangan.

Rezolutsiya ikki tuzilma ortasidagi hamkorlik va muvofiqlashtirilgan harakatlarni mustahkamlash muhimligini tasdiqlab, BMT tizimining ixtisoslashtirilgan idoralari va boshqa tashkilotlari, dasturlari va jamgarmalari, shuningdek, xalqaro moliya institutlarini MDH bilan hamkorlikni rivojlantirishga chaqirgan.

Eslatib otamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan Ozbekiston oz tarixida birinchi marta 2020 yil MDHga raislikni qabul qilgan edi. Raislikning ustuvor yonalishi etib kop tomonlama hamkorlikni izchil kengaytirish hamda samaradorlikni oshirish belgilandi.

Mamlakatimiz Prezidenti MDH Davlat rahbarlari kengashining 2019 yil oktabr oyida Ashxobod (Turkmaniston) shahrida bolib otgan majlisidagi nutqida Ozbekiston MDHni, birinchi navbatda, savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish, qoshma loyihalarni amalga oshirish, transport-logistika va tranzit salohiyatini ochish, xavfsizlik va madaniy-gumanitar almashinuvni mustahkamlashdagi amaliy sheriklikni chuqurlashtirish uchun samarali platforma deb bilishini takidlagan edi.

Ozbekiston MDHdagi raislik doirasida Hamdostlik faoliyati uchun amaliy ahamiyatga ega hujjatlarni tayyorlashga alohida etibor qaratayotganini qayd etish lozim. Ozbekiston tomonidan shu maqsadda Raislik konsepsiyasi va uni amalga oshirish rejasi qabul qilindi. Hukumat rahbarlari kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi va Iqtisodiy kengash majlislari kabi qator muhim tadbirlar otkazildi.

Dunyo AA.

Nyu-York.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: