O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
23.09.2020

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi ishida ishtirok etadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi yetmish beshinchi yubiley sessiyasining yuqori darajadagi umumsiyosiy munozaralarida ishtirok etadi.

Bosh Assambleyaning markaziy tadbirlari jahonda vujudga kelgan epidemiologik vaziyat munosabati bilan BMT tarixida ilk bor videoanjuman shaklida bolib otadi.

Davlatimiz rahbari sessiyaning yalpi qismida sozga chiqib, xalqaro hamjamiyat e’tiboriga mintaqaviy va global ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan oz nuqtai nazarini taqdim etadi hamda Ozbekistonni siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy modernizatsiya qilishning ustuvor yonalishlarini belgilab beradi.

Muhokamalarning asosiy mavzusini hisobga olib, koronavirus pandemiyasiga qarshi birgalikda kurashish va kasallik tarqalishining salbiy oqibatlarini yengib otish masalalariga toxtalib otiladi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti mintaqada va global miqyosda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyot, inson huquq va erkinliklarini taminlash, konstruktiv muloqotni kengaytirish, shuningdek, iqlim ozgarishi, oziq-ovqat xavfsizligi muammosi, qashshoqlikka barham berish va kambagallikni qisqartirish masalalari kabi zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi qaratilgan qator muhim tashabbuslarni ilgari surishi kutilmoqda.

Takidlash joizki, davlatimiz rahbari 2017 yil sentabr oyida Nyu-York shahrida bolib otgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida ham qator muhim taklif va fikr-mulohazalarini bayon etgan edi.

Ularni amalga oshirish doirasida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlari muntazam otkazilmoqda. Xususan, ikkinchi shunday uchrashuv otgan yili noyabr oyida Toshkent shahrida bolib otdi.

2018 yil mart oyida poytaxtimizda Afgoniston boyicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiya muvaffaqiyatli tashkil etildi, uning yakunida afgonlararo tinchlik muzokaralarini boshlash boyicha oziga xos “yol xaritasi”ga aylangan deklaratsiya qabul qilingan edi.

Osha yilning dekabr oyida esa BMT Bosh Assambleyasining Marifat va diniy bagrikenglik maxsus rezolyutsiyasi qabul qilindi.

Bugungi kunda BMTning Yoshlar huquqlari boyicha konvensiyasi loyihasini tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu konvensiyaning dolzarbligi joriy yil avgust oyida otgan Yoshlar 2020: global miqyosdagi birdamlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlari Samarqand forumining xalqaro ishtirokchilari tomonidan yana bir bor qayd etildi.

Ikki yil avval tashkil etilgan Orolboyi mintaqasi uchun inson xavfsizligi boyicha kop sheriklik asosidagi Trast fondi amaliy faoliyat korsatmoqda.

Qayd etish joizki, Ozbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan barcha tashabbuslar jahon hamjamiyati tomonidan keng qollab-quvvatlanib, amaliyotga tatbiq etilmoqda.

(OzA saytidan olindi.)


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: