O'zb  
 
05.08.2020

INSONGA ETIBOR ORTMOQDA

Prezidentimizning har bir Farmon yoki qarori, selektor yig‘ilishlari qaysi sohaga bagishlanmasin, ularning mazmun-mohiyatida eng avvalo insonga e’tibor, xalq salomatligi, aholi turmush farovonligini oshirish birinchi oringa qoyib kelinmoqda.

Pandemiyaning hozirgi sinovli kunlarini boshidan kechirayotgan xalqimiz bu gamxorlikni korib, bilib turibdi.

Kuni kecha elon qilingan “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qollab-quvvatlashga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisida” qarori ham fikrimizning dalilidir. Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida barchamizning diqqat-etiborimiz yana bir marta aholini ijtimoiy himoya qilish va ehtiyojmand oilalarni moddiy qollab-quvvatlash borasidagi ishlarni, xususan, xalqimizning tarixiy va manaviy qadriyatlarini namoyon etgan Saxovat va komak umumxalq harakatini yanada kuchaytirishga qaratildi.

Qurbon hayiti kunlarida amalga oshirilgan ishlar xalqimiz qadriyatlari uluglanayotganining yorqin misoli boldi.

Farmonda joriy yil 1 sentabrdan boshlab pensiyalar, bolalikdan nogironligi bolgan shaxslarga, zarur ish stajiga ega bolmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar miqdori 1,1 barobar oshirilishi fuqarolar kayfiyatini kotardi, ularga dalda boldi.

Ushbu farmon asosida Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, tuman (shahar) hokimlari, sektor rahbarlari hamda Mahalla va oilani qollab-quvvatlash vazirligining hududiy bolinmalari rahbarlari – pandemiya davrida yordam va komakka muhtoj oilalar royxatlarini shakllantirib, ularga moddiy yordam pullarining oz vaqtida va manzilli yetkazilishi ishlarini boshlab yubordilar.

Qoraqalpogistonga ajratilgan 10 milliard som mutasaddi tashkilotlar, ayniqsa, Mahalla va oilani qollab-quvvatlash vazirligi bilan hamkorlikda uyushqoqlik bilan nochor, boquvchisini yoqotgan, komakka muhtoj oilalarga tarqatilmoqda. Kuni kecha Xojayli tumanida 6352 nochor oilaga 817 million somlik oziq-ovqat mahsulotlari va pul mablaglari yetkazib berildi. Moynoq tumanida 382 oilaga 289 million som naqd pul, 31 million somlik turli oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Bunday tadbirlar barcha tumanlarda uyushqoqlik bilan davom ettirilmoqda.

Farmonda belgilab otilgan jamiyatimizda tinchlik, dostlik, mehr-oqibat va hamjihatlik goyalarini keng targib etib kelayotgan diniy sohada xizmat qilayotgan vakillarni moddiy ragbatlantirish hamda joylarda xayru saxovat, muruvvat borasida amalga oshirilayotgan ishlarni, jaholatga qarshi marifat ruhidagi keng qamrovli tadbirlarni yangi bosqichga kotarish ishlari ham hamjihatlik bilan olib borilmoqda.

Guliston ANNAQILIChEVA,

Oliy Majlis Senati azosi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: