O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
17.03.2020

KAMBAGALLIK IJTIMOIY HODISA

So‘nggi vaqtda huquqiy demokratik davlat tamoyillaridan bolmish oshkoralikka davlatimiz rahbari tomonidan jiddiy e’tibor qaratilayapti. Otgan davrda yol qoyilgan va koz yumilgan holatlarni tan olish va bartaraf etishda Prezidentimiz shaxsan ibrat bolayotganligi barchamizni gaflat uyqusidan uygotmoqda, atrofga teran nazar solishga undamoqda.

Kambagallik haqida ilk bor gapirilganda hayratga tushgandik. Togri, qaysidir qoshnimiz, qay bir tanishimiz tirikchiligini bir amallab otkazayotgani, oyogini yopsa, boshi ochiq qolayotganini bilardik, korib turardik. Ammo, befarq edik, korib, kormaganga olardik. Partiyamiz harakat dasturida ushbu qatlamni “ijtimoiy himoyaga muhtoj” deb ataganimiz ham bor gap.

Prezidentimiz vohamizga tashrifi doirasida hududlarda amalga oshirilgan yangiliklar, ish orinlarining yaratilishi, zamonaviy loyihalarning hayotga tatbiq qilinishi jarayonlari bilan tanishdi. Ikki kunlik tashrif poyonida viloyat faollari bilan yigilishdagi maruzadan angladikki, bu ishlardan kongillari tolmagan, aholi roziligiga erisholmaganmiz. Viloyatda mavjud potensial imkoniyatlar hali ishga solinmagan, ayrim rahbarlarda kechagi kundan meros loqaydlik illati barham topmagan.

Aynan shu loqaydligimiz tufayli bugun viloyatda 58 ming kambagal oila mavjud. Eng achinarlisi, 856 oila ota nochor kun kechiryapti. Bu osha oilalar zorga nonga pul topayapti, degani emasmi!

Agarda hududlar kesimida olganda har bir tumanda ortacha sakson oila ota nochor ekanligi malum boladi. Yana quyiroq tushsak, mahallalar kesimida bu raqam bir qolimizdagi barmoqlar bilan sanagulik ekanligi ayon boladi.

Togri, davlatimiz rahbari shu nochor oilalarning iqtisodiy ahvolini zudlik bilan yaxshilash, bu oilalar boshqalar qatori tolaqonli turmush kechirishi uchun sharoit yaratish boyicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi. Tijorat banklari tomonidan moddiy qollash amaliyoti nochor oilalarning ozlarini onglashda yaxshigina tirgak bolishi hech shubhasiz.

Hozir boshqa masalaga toxtalmoqchiman. Xalqimizda Birniki mingga, mingniki tumanga degan naql bor. Nima demoqchiman? Biror ming xonadon mavjud mahallada tortmi-besh nochor oila borligiga befarq bolib otiramizmi? Prezidentimiz kelib, shu oilalar ahvolini yaxshilash borasida korsatma bermagunlaricha loqayd qarab turaveramizmi?

Har bir mahalla hududida qanchalab tadbirkorlar faoliyat yuritayapti, fermer xojaliklari bor. Tadbirkorlar nochor hisoblanmish oila azolarini ish bilan taminlashga birlamchi etibor qaratsa boladiku! Yoki fermerlarimiz bugdoydan boshagan maydonlarga ikkilamchi ekin sifatida sholi ekishlari va aksar hollarda shu maydonlarni fuqarolarga falon somga sotishlari ham inkor qilib bolmas haqiqatku! Biror yigirma gektar maydonni ikkilamchi ekinga sotayotgan fermer nahotki shuning aqalli bir gektarini shu nochor oilalarga savob uchun berishni oylamaydi. Axir, musulmonchilikda daromaddan zakot berish ananasi borku! Nahot shu anana unutildi?

Qaysidir bir bayramlar arafasida sarmoyador insonlar tepaning topshirigi bilan ijtimoiy nochor oilalarga muruvvat qolini chozishlaridek anana ham bor. Nega bu muqaddas sozni qoshtirnoq ichida yozayapman. Sababi, topshiriq ostida bajarilgan amal savobga kirmaydi. Balki minnatga aylanadi. Prezidentimiz ana shunday savob ishlarni koz-kozlab, olamga shovqin solib qilayotganlarga qattiq dakki berdi. Qay bir xonadonga bir qop un, bir baklashka yog berib, buni oynai jahon orqali mamlakatga ovoza qilish kimga va nimaga kerak, axir?!

Partiyamiz elektorati hisoblanmish aynan kambagal qatlam vakillarini aniqlash, doimiy ravishda ularning holidan xabar olish, tegishli tashkilotlar oldiga bu masalani qoyish, kerak bolsa bu masalani mahalliy kengashlar sessiyalari kun tartibiga olib chiqish orqaligina ijobiy natijaga erishsa boladi. Bu endilikda har bir partiyamiz azosi va ayniqsa mahalliy Kengashlardagi kop sonli deputatlarimiz etiborida bolmogi kerak!

Rahimbergan YuSUPOV,

OzXDP Xorazm viloyat kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya guruhi rahbari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: