O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
10.03.2020

ROSSIYa VA OZARBAYJON BILAN IQTISODIY HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 mart kuni Rossiya Federatsiyasi va Ozarbayjon Respublikasi bilan ikki tomonlama investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikning joriy holati va rivojlanish istiqbollari muhokamasiga bagishlangan yigilish otkazdi.

Keyingi yillarda ushbu mamlakatlar bilan ozaro savdo va investitsiya korsatkichlari muttasil ortib borayotgani qayd etildi. Xususan, 2019 yil yakunlariga kora Rossiya bilan tovar ayirboshlash hajmi otgan yilgiga nisbatan 17 foizga ortib, 6,6 milliard dollarni tashkil etdi, Ozarbayjon bilan ikki tomonlama savdo hajmi esa 55,7 foizga oshdi.

Investitsiyaviy hamkorlik mustahkamlanmoqda. Otgan yili Ozbekistonda Rossiya sarmoyasi ishtirokida 484 ta yangi korxona tashkil etilib, ularning soni umumiy hisobda 1 ming 828 taga yetdi. Bugungi kunda mamlakatimizda Ozarbayjon kapitali ishtirokida tashkil etilgan 178 ta korxona faoliyat yuritmoqda.

Yigilishda ushbu mamlakatlar bilan qoshma loyihalarni oz vaqtida va sifatli amalga oshirish hamda investitsiya, savdo va transport-logistika sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash boyicha yangi takliflar ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi.

Rossiya Federatsiyasi bilan bolajak ikki tomonlama tadbirlar muhokama qilindi. Xususan, rossiyalik sheriklar bilan 3,5 mingta ish orni yaratish imkonini beradigan qiymati 7,3 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Ozarbayjonlik hamkorlar bilan sanoat kooperatsiyasini yolga qoyish doirasida umumiy qiymati 355 million dollardan ziyod loyihalar ishlab chiqilayotgani takidlandi. Jumladan, yengil avtomobil va avtobuslar yigishni yolga qoyish rejalashtirilmoqda. Neft-gaz sohasidagi ozaro manfaatli hamkorlik kengaymoqda.

Ushbu tadbirlarni mazmunan boyitish zarurligi alohida qayd etildi, ishni samarali tashkil qilish boyicha ustuvor vazifalar belgilandi.

Joriy oyda Ozarbayjon va Rossiya bilan qator ikki tomonlama tadbirlar rejalashtirilgan. Xususan, 16-17 mart kunlari Ozbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi ortasida hamkorlik boyicha hukumatlararo qoshma komissiya yigilishi, mart oyining uchinchi on kunligida esa Rossiya Federatsiyasi bilan shunday tadbir otkazish moljallangan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya va Ozarbayjonning yetakchi kompaniya va tashkilotlari bilan savdo va investitsiyaviy hamkorlikni faollashtirish, sheriklikning yangi yonalishlarini ishlab chiqish boyicha topshiriqlar berdi.

Qishloq va ormon xojaligi, sanoat, shu jumladan, agrosanoat, transport va logistika, talim va innovatsiyalar Rossiya bilan hamkorlikning yangi ustuvor yonalishlari sifatida belgilandi.

Ozarbayjon bilan agrar sanoat, uzumchilik va vinochilik, zargarlik, neft va gaz, transport va logistika, talim sohalarida qoshimcha yangi loyihalarni ishlab chiqish topshirildi.

Yigilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan aloqador vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlari tinglandi, vazifalarning samarali ijrosini taminlash boyicha navbatdagi chora-tadbirlar belgilandi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: