O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
25.02.2020

YaPONIYa VA KOREYa RESPUBLIKASI BILAN IQTISODIY HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 fevral kuni Yaponiya va Koreya Respublikasi bilan ikki tomonlama investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikning joriy holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishga bagishlangan yigilish otkazdi.

Ushbu davlatlar nafaqat Osiyo, balki butun dunyoda, ayniqsa, yuksak texnologiyalar sohasida yetakchi hisoblanishi, keng investitsiya imkoniyatlariga ega ekanini ta’kidlash joiz.

Davlatlar rahbarlarining siyosiy irodasi va muntazam muloqotlari tufayli Ozbekistonning ushbu mamlakatlar bilan munosabatlari strategik sheriklik darajasiga kotarilgan, hamkorlikning turli yonalishlarida yaqin aloqalar yolga qoyilgan.

2019 yilda ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochgan samarali tashriflar amalga oshirildi. Xususan, 18-21 aprel kunlari Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In mamlakatimizda, 17-20 dekabr kunlari esa Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyada tashrif bilan boldi. Uchrashuv va muzokaralar natijasida hukumatlararo va idoralararo salmoqli hujjatlar imzolandi, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy kelishuvlarga erishildi.

Yigilishda ushbu mamlakatlar bilan ozaro savdo va investitsiya korsatkichlari izchil oshib borayotgani takidlandi. Otgan yil yakunlariga kora Ozbekiston va Yaponiya ortasidagi tovar ayirboshlash hajmi 400 million dollardan oshdi. Bugungi kunda yurtimizda Kunchiqar mamlakat ishtirokida ottizga yaqin korxona faoliyat yuritmoqda.

Erishilgan kelishuvlarni oz vaqtida va sifatli amalga oshirish, investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish boyicha yangi takliflar ishlab chiqishga alohida etibor qaratildi.

Yaponiyalik sheriklar bilan hamkorlikda geologiya, kimyo va neft-kimyo, bank-moliya, sogliqni saqlash, talim kabi sohalarda umumiy qiymati 6,6 milliard dollarlik 48 ta loyiha amalga oshirilayotgani takidlandi.

Xususan, «HIS» kompaniyasi bilan mehmonxonalar qurish, Isuzu va Itochu bilan SamAvto korxonasi ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan Navoiy issiqlik energiya stansiyasida energiya bloklari (Navoiy-3) qurish boyicha va koplab boshqa loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Yigilishda ikki tomonlama turli tadbirlar, jumladan, ishbilarmon doiralarning ozaro tashriflarini tashkil etish, yangi qoshma loyihalar ishlab chiqish orqali Ozbekiston – Yaponiya hamkorligini yanada faollashtirish zarurligi takidlandi.

Koreya Respublikasi bilan ham iqtisodiy aloqalar salmoqli darajada rivojlanmoqda. Xususan, otgan yil yakuniga kora ikki tomonlama savdo hajmi 2018 yilgiga nisbatan 27 foizga, jumladan, eksport 30,1 foizga oshdi. 2019 yilning ozida Ozbekistonda Janubiy Koreya sarmoyalari ishtirokida 198 ta korxona tashkil etildi, ularning umumiy soni 800 dan oshdi.

Koreyalik sheriklar bilan birgalikda Toshkent shahrida bolalar kop tarmoqli tibbiyot markazini qurish loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani takidlandi. Toshkent viloyatining Qibray tumanida Tashkent Farma Park innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini yaratish ishlari boshlandi. Mazkur loyiha ilmiy-tadqiqot markazi, laboratoriyalar, vivariy, farmakopeya markazini oz ichiga olgan Farmatsevtika texnika universiteti hamda dori vositalari, tibbiyot buyumlari va texnikasini ishlab chiqarish uchun sanoat zonasi tashkil etishni nazarda tutadi.

Qishloq xojaligi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sogliqni saqlash, kimyo, tekstil, elektrotexnika, farmatsevtika, zargarlik sanoati, talim va innovatsiyalar hamkorlikning yangi istiqbolli yonalishlari sifatida qayd etildi.

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) texnik komagi bilan 2019 yilda sogliqni saqlash va standartlashtirish boyicha umumiy qiymati 13 million dollarlik ikkita grant loyihasi doirasida ish olib borildi, yana 29,6 million dollarlik 6 ta loyiha amalga oshirilmoqda. 2020-2022 yillarda umumiy qiymati 72,2 million dollarlik 10 ta loyiha organilmoqda.

Koreya Respublikasi Eksimbanki bilan hamkorlik doirasida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va birgalikda moliyalashtirish maqsadida Ozbekiston Respublikasiga 2 milliard dollarlik resurslar jalb qilindi hamda 14 ta strategik muhim loyiha amalga oshirildi. Umumiy qiymati 608 million dollarlik 6 ta loyiha ustida ish boshlandi.

Muxtasar aytganda, Yaponiya va Janubiy Koreya bilan qoshma loyihalarni amalga oshirish natijasida 40 mingdan ziyod yangi ish orni yaratish, ishlab chiqarish hajmini 4,1 milliard dollarga, eksport hajmini esa 1,14 milliard dollarga oshirish nazarda tutilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy darajadagi tashriflar yakunida ishlab chiqilgan yol xaritalarida 2020 yilga belgilangan chora-tadbirlarning toliq va sifatli ijrosini taminlash zarurligini takidladi.

Yigilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlari tinglandi, aniq vazifalar belgilandi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: