O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
18.02.2020

Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning turk dunyosi oldidagi mislsiz va tarixiy xizmatlari tan olinishi bilan muborakbod etaman

Jo‘liboy ELTAZAROV, Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti dekani, turkolog-olim:

— Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan tub islohotlar xalqaro doira vakillari, ekspertlar, siyosiy institutlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlarining diqqat-e’tiborini tortmoqda. Dunyodagi turli siyosiy arboblar, moliya-investitsiya doiralari, huquq himoyachilari va xalqaro tashkilotlar uzoq yillar davomida “zulmkor tuzum, abgor iqtisod va yopiqlik bilan nom chiqargan” mamlakatda amalga oshirilayotgan ortga qaytmas demokratik islohotlarning Ozbekiston, mintaqa va dunyo uchun katta ahamiyatga ega ekanligini etirof etmoqda. Ozbekistonda yuritilayotgan ochiqlik, liberal iqtisodiy siyosatning mintaqada va jahonda berayotgan aks-sadosi ham etiborga molikdir: xalqimiz qatori dunyo jamoatchiligini ham ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning qiyinchilik bilan borayotgani, otish davriga xos muammolarning tosiq bolishiga qaramay, islohotlar mamlakatimiz rahbari tomonidan sobitqadamlik bilan davom ettirilayotgani, bu olkaning ijtimoiy hayoti va xalqaro munosabatlarga yangicha ruh va joshqinlik baxsh etayotganligi mamnun etmoqda.

Britaniyada chiqadigan nufuzli The Economist haftaligi tomonidan 2019 yil yakunlariga kora, dunyodagi 200 dan ziyod mamlakatlar orasidan Ozbekiston yil mamlakati deb tan olindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning izchil demokratik siyosiy va iqtisodiy hamda tashqi siyosati Turkiy dunyoda ham oz etirofini topmoqda. 2020 yilning boshida turk matbuoti Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Turk dunyosini tiklash uchun qoshgan ulkan hissasi uchun» xalqaro mukofoti bilan taqdirlanganini malum qildi. Ushbu mukofot Turk dunyosi yozuvchilari, ziyolilari va sanat arboblari jamgarmasi T?RKSAV (T?rk D?nyas? Yazarlar ve Sanat??lar Vakf?) tomonidan tasis etilgan. Har yili bir marta beriladigan ushbu xalqaro mukofot hayatining qarori Ozbekiston rahbarining mamlakatning tashqi dunyo, Turkiya va Markaziy Osiyo davlatlari bilan siyosiy va iqtisodiy aloqalarini izchil mustahkamlashdagi beqiyos xizmatlari va amaliy hissasi, shuningdek, Turkiy kengashdagi hamkorlikni sezilarli darajada jonlantirgani, ushbu tashkilot doirasidagi yangi tashabbuslar, shu jumladan, 2020 yilda Xiva shahrini Turk dunyosining madaniy poytaxti deb elon qilish boyicha tashabbusi uchun bir ovozdan qabul qilingani malum qilindi.

Ozbekiston Prezidentining ushbu nufuzli mukofot bilan taqdirlanishi haqida T?RKSAVning Anqaradagi maxsus anjumanida elon qilindi. Anjuman ishtirokchilari Ozbekistonda barcha sohalarda Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholashgan. Shuningdek, Ozbekiston Prezidentining jadal islohotchilik faoliyati, uning nafaqat Ozbekiston va uning xalqi, balki butun Markaziy Osiyoning farovonligi uchun qulay tashqi va ichki sharoitlarni shakllantirishda oz aksini topayotgan shaxsiy sifatlari takidlab otilgan. T?RKSAV rahbari, turk yozuvchisi Yahyo Engin barcha ishtirokchilar oldida Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turk dunyosi oldidagi mislsiz va tarixiy xizmatlarini tan olinishi bilan muborakbod etaman, deb takidladi.

Ushbu nufuzli mukofotga Turkiya Prezidenti Sulaymon Demirel, Ozarbayjon Prezidenti Haydar Aliyev, Qozogistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev va Turk dunyosining boshqa davlatlari siyosatchilari va eng nufuzli kishilari sazovor bolishgan.

Darvoqe, qardosh Turkiya Respublikasi jamoatchiligi vatanimiz mustaqilligining birinchi kunlaridan boshlab Ozbekistonda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni diqqat bilan kuzatib keladi. Turk matbuoti, televideniyesi, radiosining, Internet-nashrlarida kun yoqki, mamlakatimiz va uning ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotidagi ozgarishlar xususida xabar, tahliliy maqola, telekorsatuv va radioeshittirishlar elon qilinmagan bolsin. Ayniqsa, keyingi uch yilda Ozbekistonda amalga oshirilayotgan keng kolamli ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlar turk jamoatchiligining uzluksiz etiborini tortmoqda.

Malumki, Turkiya Respublikasi Ozbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini birinchi bolib tan olgan davlatdir. 1996 yilda mamlakatlarimiz ortasida Abadiy dostlik va hamkorlik togrisidagi shartnoma imzolangan. Xalqlarimiz kop asrlik tarixi, tili, dini, qadriyatlari va mushtarak urf-odatlari bilan bir-biriga chambarchas boglangan. Davlatlarimiz ortasida ozaro ishonch asosidagi dostona munosabatlar bugungi kunda izchil mustahkamlanib bormoqda. Xususan, turk jamoatchiligini mamlakatimizning 2019 yil oktabrda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashiga azo bolib kirishi juda mamnun qildi.

Mamlakatimizning ushbu obroli xalqaro tashkilotga azo bolib kirishi suniy tosiqlar tufayli on yilga kechikkan bolsa-da, Prezidentimizning tashabbusi bilan bu xalqaro tashkilotga azo bolishning siyosiy va huquqiy tomonlari sinchiklab organildi va u Ozbekistonning milliy manfaatlari hamda tinchlikparvar xalqaro siyosatiga uygun kelishi togrisida xulosaga kelindi hamda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzish togrisidagi Naxichevan Bitimini ratifikatsiya qilish haqidagi Ozbekiston Respublikasi qonuni 2019 yil 14 sentabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi.

Davlatimiz rahbari alohida etirof etganidek, Turk Kengashiga azo bolgan qardosh davlatlar dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalarda ozaro mos yoki yaqin qarash va yondashuvlarga amal qilib kelmoqda. Ayni vaqtda xalqlarimizning hayotiy manfaatlariga tola javob beradigan iqtisodiyot, investitsiya, innovatsiya, transport va kommunikatsiya, turizm, ilm-fan va talim kabi sohalarda ozaro hamkorlik faol rivojlanmoqda.

Prezidentimiz Ozbekistonning Turkiy Kengashga azo davlatlar bilan ozaro savdo hajmi birgina 2018 yilda 40 foizdan ziyodga oshganini malum qilgan edi. Shuningdek, qadimiy Buyuk Ipak yolining muhim nuqtalarida joylashgan turkiy tilli mamlakatlardagi boy madaniy meros turizmni rivojlantirish boyicha ulkan imkoniyat ekanligi, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash xalqlarimizni yanada yaqinlashtirishi Prezidentimiz tomonidan alohida qayd etilgan edi., 2019 yil davomida statistik malumotlarga kora Ozbekistonga 6 748 500 nafar sayyoh tashrif buyurgan, 2018 yilda bu korsatkich 5 346 200 kishini tashkil qilgandi. Turistlar oqimi hisobot davriga nisbatan 26,2 foizga oshgan. Eng kop sayyoh Markaziy Osiyo mintaqasidan tashrif buyurgan bolib, ularning soni 5 764 500 kishiga yetgan. Sayyohlarning asosiy qismi Qozogiston, Tojikiston, Qirgiziston, Turkmaniston kabi qoshni va qardosh davlatlardan tashrif buyurgan. Turkiya Respublikasidan kelgan sayyohlar soni tarixda ilk bor 50 ming kishiga yaqin bolgan.

Prezidentimiz Cholponotadagi Turk Kengashi sammitidagi nutqida Ozbekistonning qadimiy Xiva shahrini 2020 yilda Turkiy dunyoning madaniy poytaxti, deb elon qilish masalasini korib chiqishni taklif etgan edi. Haqiqatan ham, dunyodagi yagona muzey-shahar maqomidagi va orta asrlardagi turkiy sivilizatsiyaning noyob madaniy va memoriy obidasi bolgan Ozbekiston injusi Xiva shahri bunday yuksak etirofga loyiq va shunday boldi ham 2019 yilning 30 noyabr kuni Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY doimiy kengashining 37-majlisida 2020 yilda Xiva shahri turk dunyosining madaniy poytaxti, deb elon qilindi.

Ozbekistonning Turkiy Kengashga azoligi qardosh turkiy davlatlar rahbariyati tomonidan katta quvonch va qoniqish bilan kutib olindi. Qator chet el OAVlarida bu xususda bir qancha tahliliy maqolalar elon qilindi.

Turkiya Respublikasi Ozbekistonning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashiga azoligi borasidagi qarorini mamnuniyat bilan kutib oldi. Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda takidlanishicha, Toshkentning tashkilotga tolaqonli azoligi turkiy tilli mamlakatlarning birdamligiga hissa qoshadi, hamkorlikni chuqurlashtiradi, xalqlarning farovonligi yolida qilinayotgan ishlarning darajasini yuksaltiradi.

Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ham Ozbekistonning Naxichevan kelishuvi ratifikatsiyasining yakunlashi turkiy tilli davlatlar birdamligini mustahkamlashda navbatdagi muhim voqea bolganini etirof etdi. Ozbekiston Respublikasining Turk Kengashida ozini taqdim etish qarori bizning kop asrlik chuqur ildizlarga asoslangan madaniy va tarixiy qardoshligimizni yanada rivojlantirish, zamon talablariga muvofiq turkiy tilli davlatlar manfaati, farovonligi nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega. Ozbekistonning Turk Kengashiga qoshilishi haqidagi tarixiy qarorning Naxichevan kelishuvi imzolanishining 10 yillik sanasiga togri kelishida Ozarbayjon Respublikasi uchun alohida ramziy mano bor. 2019 yilning 15 oktabr kuni Bokuda bolib otadigan Turk Kengashining 7-sammitida Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi qardosh Ozbekiston delegatsiyasini qarshi olish kongilli xushxabar va ulkan sharafdir...

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoganning taklifiga binoan 19-20 fevral kunlari ushbu mamlakatda boladi. Tashrif dasturiga muvofiq, Anqara shahrida oliy darajadagi muzokaralar hamda Ozbekiston va Turkiya Prezidentlari hamraisligida ikki tomonlama Strategik hamkorlik kengashining birinchi yigilishi bolib otadi. Yigilishda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, transport-kommunikatsiya, talim, madaniy-gumanitar va boshqa ustuvor yonalishlarda hamkorlikning holati va istiqbollari korib chiqiladi. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar boyicha fikr almashiladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashadi, Turkiya Respublikasi Prezidenti kutubxonasi majmuasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.

Turkiya va Ozbekiston tarixi buyuk, urf-odat va ananalari mushtarak, eng yaqin dostlar sifatida tanilgan. Xalqaro maydonda ham, ozaro aloqalarda ham ular bir-birini doimo qollab-quvvatlaydi. Prezidentimizning ushbu tashrifi dostlik rishtalarini yana bir pogona yuqoriga olib chiqishiga ishonamiz.

Xulosa ornida aytish kerakki, Ozbekistonimizning qardosh xalqlar bilan azaliy dostlik aloqalarini yanada yuqori pogonaga kotarish strategiyasi mintaqa va jahonda tinchlik, barqarorlik va hamkorlikni taminlash yolida muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, Prezidentimizning siyosiy irodasi, ochiq va amaliy tashqi siyosati natijasida Ozbekistonning qardosh, qoshni davlatlar va uzoq-yaqindagi dunyo mamlakatlari bilan dostona aloqalari tobora mustahkamlanib borayotganini tasdiqlaydi.

Farrux HAMROYeV yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: