O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31
18.02.2020

OZBEKISTON PREZIDENTIGA MINNATDORLIK

Xitoy xalqiga hamdardlik va ko‘rsatilgan yordam uchun Ozbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirildi

Xitoy xalqiga bildirilgan hamdardlik va korsatilgan yordam uchun Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik maktubi yolladi. Unda shunday deyiladi:

“Muhtaram Prezident Janoblari!

Xitoyning koronavirus tarqalishiga qarshi olib borayotgan kurashi munosabati bilan yollagan hamdardligingiz uchun Sizga samimiy minnatdorlik bildiraman.

Qayerda kulfat yuz bersa, har tomondan yordamga shoshiladilar, deganlaridek, dunyo hamjamiyati, jumladan, Ozbekiston Xitoy hukumati va xalqi bilan hamdard ekanini bildirdi va turli korinishda qollab-quvvatladi. Bu bizga nisbatan dostlik munosabatlarini toliq namoyon etdi.

Xitoy epidemiyani bartaraf qilish hamda nazoratga olish borasida muvaffaqiyatga erishishiga ishonchi komil va bunga qodir. Shuningdek, butun dunyoda sogliqni saqlash ishiga hissa qoshish yolida xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikda ishlashga tayyor.

Men Xitoy va Ozbekiston munosabatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelmoqdaman hamda Siz bilan bundan keyin ham yaqin muloqotni davom ettirishga tayyorman.

Sizga mustahkam soglik, faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, dost Ozbekiston xalqiga esa ravnaq va farovonlik tilayman.

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi

Si Szinpin”.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: