O'zb  
 
12.11.2019

MARKAZIY OSIYO YEVROOSIYO MINTAQASIDA MUHIM AHAMIYATGA EGA HUDUD

Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida 10-11 noyabr kunlari «Valday» xalqaro munozara klubining X Osiyo konferensiyasi bo‘lib otdi.

2004 yilda tashkil etilgan Valday munozara klubi taniqli xalqaro ekspertlarning rossiyalik olimlar, siyosatchilar va davlat arboblari bilan uchrashuvlari uchun qulay platforma sifatida qayd etiladi. Klubning bugungi kundagi faoliyati asosan global siyosiy va iqtisodiy jarayonlarni tadqiq etishga yonaltirilgan.

Tashkil etilgandan buyon klub ishida 74 mamlakatdan mingdan ortiq ekspert qatnashgan. Nisbatan yosh bolishiga qaramasdan, ushbu munozara maydoni xalqaro ekspertlar jamoatchiligi tomonidan eng nufuzli tuzilmalardan biri sifatida tan olingan.

Valday klubi tadbirlarida dunyoda muayyan ta’sir kuchi va doirasiga ega kuchli ekspertlar, tahlilchi va mutaxassislar toplanadi. Ular muhim muammolar yechimi boyicha qarorlar ishlab chiqish jarayonida ishtirok etadi, jahon iqtisodiyoti va siyosatining dolzarb masalalariga oid takliflarni muhokama qiladi.

Mamlakatimizdagi yetakchi tadqiqot markazi, xalqaro siyosat, iqtisodiyot va xavfsizlik masalalariga ixtisoslashgan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti Valday" klubining X Osiyo konferensiyasini tashkil etish va otkazishda mazkur tuzilma bilan yaqin hamkorlik qildi.

Markaziy Osiyo va Yevroosiyo: global tartibsizliklarning oldini olish boyicha keng qamrovli hamkorlik mavzuidagi anjumanda 11 davlat, jumladan, Ozbekiston, Rossiya, Xitoy, Germaniya, Yaponiya, Shvetsiya, Hindiston, Filippin, Qozogiston, Qirgiziston va Tojikistondan 80 dan ortiq taniqli ekspert ishtirok etdi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning anjuman qatnashchilariga tabrigini Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.Mahmudov oqib eshittirdi.

Davlatimiz rahbarining tabrigida qayd etilganidek, Markaziy Osiyo Yevroosiyo makoni va, umuman, geosiyosatda tobora muhim rol oynamoqda. Qisqa vaqt ichida Markaziy Osiyo xalqlarining birgalikdagi say-harakatlari tufayli mintaqada mutlaqo yangi dostlik, yaxshi qoshnichilik va hamkorlik muhitini yaratishga erishildi. Siyosiy ishonch yuksak darajaga kotarildi. Bu esa bugungi kunda mintaqadagi hayotiy muhim muammolarni samarali hal etish imkonini bermoqda. Ozbekiston Respublikasi kop tomonlama mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish tarafdori.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning anjuman qatnashchilariga tabrigini Rossiya Federatsiyasining Ozbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi V.Tyurdenev oqib eshittirdi.

Rossiya Federatsiya Prezidenti oz tabrigida Rossiya mintaqaning barcha davlatlari bilan ozaro amaliy, teng huquqli asosda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirib, Yevroosiyo mintaqasidagi tinchlik va farovonlik global kolamdagi xavfsizlik va barqarorlikning muhim sharti ekani togrisidagi fikrga tayanishini takidlagan.

Ekspertlar konferensiya sessiyalarida Markaziy Osiyo va Yevroosiyoning zamonaviy dunyoda tutgan orni, mintaqaviy hamkorlik, xavfsizlik, Osiyo va Yevroosiyo kelajagiga munosabat, makromintaqalar shakllanishi va boshqa dolzarb mavzular yuzasidan ozaro fikr almashdi. Mintaqaning xavfsizlik masalalarini hal qilish va uzoq muddatli maqsadlarga erishishga komaklashishi mumkin bolgan koptomonlama hamkorlikni faollashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

— Samarqand anjumani mintaqa uchun dolzarb bolgan, xalqaro darajada ajralib turadigan masalalarga oid mavzularni qamrab olgan, dedi Valday xalqaro munozara klubini rivojlantirish va qollab-quvvatlash fondi direktorining ilmiy ishlar boyicha orinbosari Fyodor Lukyanov. Garchi hududlar ajratib tursa-da, biz uchun ayni paytda Uzoq va Yaqin Sharq bilan bogliq muammolar dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Rossiya Yevroosiyodagi davlatlar bilan ozaro munosabatlardan xoli rivojlana olmaydi. Ayni jarayonda ozbekistonlik hamkasblarimiz bilan yaxshi munosabat yolga qoyilishi biz uchun ayni muddao. Mintaqa markazida joylashgan Ozbekiston bilan keng miqyosli hamkorlik mavjud muammolarni ijobiy hal etishda muhim orin tutadi. Valday konferensiyasi buning uchun qulay imkoniyatdir.

Anjumanning Ozbekiston Rossiya maxsus sessiyasi oldidan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori E.Oripov hamda Valday xalqaro munozara klubini rivojlantirish va qollab-quvvatlash jamgarmasi kengashi raisi A.Bistritskiy ortasida uchrashuv bolib otdi.

Uchrashuvda ikki davlat ekspertlari ortasidagi hamkorlik, xalqaro va mintaqalararo tadqiqotlar sohasidagi aloqalarni faollashtirishga kelishib olindi. Ozbekiston intellektual doiralari vakillari bundan buyon Valday xalqaro munozara klubi tadbirlarida, shuningdek, kelajakda birgalikda amalga oshiriladigan maqsadli loyihalarda muntazam ishtirok etishi takidlandi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Valday xalqaro munozara klubini rivojlantirish va qollab-quvvatlash jamgarmasi ortasida ozaro hamkorlik togrisida bitim imzolandi.

Ozbekiston nafaqat mintaqa, balki xorijiy davlatlar bilan ham siyosiy kelishuvlarni ilgari surish imkoniyatlaridan samarali foydalanmoqda, dedi Rossiya Fanlar akademiyasi Ye.Primakov nomidagi Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar institutining Yaqin Sharq tadqiqotlari markazi laboratoriyasi rahbari Irina Zvyagelskaya. Barcha davlatlar bilan ozaro manfaatli aloqalarni saqlash va rivojlantirishga intilmoqda, jumladan, Rossiya bilan ham. Hozirgi kunda mamlakatlarimiz ortasida 27 milliard dollarlik ikki tomonlama kelishuvlar mavjud. Ozbekistonda 1000 dan ziyod Rossiya korxonasi faoliyat korsatmoqda. Ilmiy va talim yonalishlarida sezilarli natijalarga erishildi. Yuzaga kelgan munosabatlarda ikki tomonlama manfaatlarni hurmat qilish va ozaro ishonch darajasi juda yuqori.

Anjuman yakunida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori E.Oripov hamda Valday xalqaro munozara klubini rivojlantirish va qollab-quvvatlash jamgarmasi kengashi raisi A.Bistritskiy ikki kun davomida sessiyalarda muhokama etilgan masalalar va ularning ahamiyati haqida soz yuritdi.

Ikki kunlik anjumanda mintaqada barqarorlikni taminlash, Yevroosiyo davlatlari ortasidagi aloqalarni mustahkamlash yuzasidan muhim fikrlar ortaga tashlandi, dedi E.Oripov. Markaziy Osiyo haqida, mintaqa davlatlari ortasida keyingi yillarda yaxshi qoshnichilik va hamkorlik aloqalari kuchaygani togrisida fikrlar bildirildi, Markaziy Osiyo davlatlarida chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish, suv resurslaridan foydalanish, transport kommunikatsiya tizimlari boyicha mavjud masalalarga yechim topildi. Chegaralar ochilib, odamlar bir davlatdan ikkinchisiga otib-qaytishi osonlashdi. Tabiiyki, bu davlatlar ortasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar kengayishiga xizmat qildi. Hozir mintaqa davlatlari bu munosabatni yanada rivojlantirishga harakat qilmoqda.

Bugun Osiyo davlatlari jahon siyosati va iqtisodiyotida ham muhim orin tutmoqda, dedi A.Bistritskiy. Shu bilan birga mintaqada global tahdidlarning oldini olish borasida ham muhim vazifalar turibdi. Valday xalqaro munozara klubining X Osiyo konferensiyasida bu haqda keng va atroflicha fikr almashdik. Lekin barcha masalalarni bir konferensiya doirasida muhokama qilishning imkoni yoq. Shu bois ushbu yonalishda kelgusida ham hamkorlik qilish, birgalikda tadqiqotlar olib borishga kelishib oldik. Samarqand anjumani klubimiz faoliyatida alohida ahamiyat kasb etadigan, tarixiy tadbir boldi, deyishga tola asoslarimiz bor.

Xalqaro konferensiya qatnashchilari tadbir doirasida Samarqand shahridagi tarixiy-madaniy yodgorliklar, diqqatga sazovor joylar bilan yaqindan tanishdi.

Golib HASANOV,

Gayrat XONNAZAROV,

OzA muxbirlari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: