O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
08.10.2019

IQTISODIY VA IJTIMOIY INVESTITSIYA LOYIHALARI IJROSI KORIB ChIQILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 oktabr kuni xorijiy mamlakatlar bilan erishilgan kelishuvlar ijrosi, yangi investitsiyaviy va ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar muhokamasiga bagishlangan yigilish otkazdi.

Dastlab Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikdagi investitsiya loyihalarining ijrosi korib chiqildi. Joriy yil mart oyida davlatimiz rahbarining ushbu mamlakatga rasmiy tashrifi juda samarali bolgan, erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boyicha aprel oyida “yol xaritasi” ishlab chiqilgan edi.

Undan koplab istiqbolli loyihalar orin olgan. 300 million dollar evaziga Samarqand shahri infratuzilmasini rivojlantirish, Navoiy viloyatida 200 million dollarlik shamol va 150 million dollarlik quyosh elektr stansiyalari qurish, 203 million dollar evaziga Sirdaryo viloyatida selluloza, omuxta yem va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi agrosanoat klasteri tashkil etish loyihalari shular jumlasidandir.

Mutasaddilar investitsiya ozlashtirilishi boshlangan loyihalar ijrosining borishi boyicha hisobot berdi. Shuningdek, neft-gaz, kimyo, energetika, meva-sabzavotlarni qayta ishlash sohalaridagi istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari bu boradagi ishlarning, qurilajak zavod va korxonalarning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatiga e’tibor qaratib, ularni tez va puxta amalga oshirish lozimligini takidladi. Yangi loyihalar boyicha muzokaralarni yakunlash, qurilish ishlarini boshlash boyicha tegishli topshiriqlar berdi.

Malumki, joriy yil oxirida Prezidentimizning Yaponiyaga tashrifi rejalashtirilgan bolib, unga tayyorgarlik doirasida Tokio bilan energetika, transport, qishloq xojaligi, xizmat korsatish sohalariga doir kelishuvlarga erishilgan.

Kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish, yapon texnologiyalari asosida elektrostansiya qurish, suv tozalash va suv taminoti tizimini modernizatsiya qilish, shahar qatnoviga moljallangan elektrobuslar ishlab chiqarishga oid loyihalar boyicha muzokaralar olib borilmoqda.

Ushbu oliy darajadagi tashrifga tayyorgarlik hamda Yaponiya bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik holati boyicha malumot berildi.

Yigilishda joriy yil yanvar-sentabr oylarida eksport va investitsiya prognoz korsatkichlarining ijrosi holati va yil yakuni boyicha ushbu yonalishlarda amalga oshirilishi zarur bolgan choralar ham korib chiqildi. Toqqiz oylikda eksport hajmi qariyb 10 milliard AQSh dollarini tashkil etib, reja oshigi bilan bajarildi. Eksport nomenklaturasi 74 ta yangi turdagi mahsulot, geografiyasi 42 mamlakatga kengaydi. Osish surati asosan meva-sabzavotchilik, toqimachilik, avtomobilsozlik, energetika tarmoqlari hissasiga togri keldi.

Shu bilan birga, ayrim tashkilot va hududlarda rejalashtirilgan prognoz bajarilmagani qayd etildi. Yil yakuniga qadar bu boradagi qoloqlikni bartaraf etish, barcha tarmoq va hududlar boyicha eksport prognozini bajarish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Yigilishda Qoqon va Margilon shaharlarini 2020-2022 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ham muhokama qilindi. Dasturga muvofiq, Qoqon shahrida umumiy qiymati 420 million dollarlik 250 ta, Margilon shahrida 192 million dollarlik 172 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan.

Ajratilayotgan investitsiyalar ushbu shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash va yangi turar joylar qurishga yonaltiriladi. Prezidentimiz mazkur uch yonalish Qoqon va Margilon shaharlarini har tomonlama yangilash, odamlar hayot sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanini takidladi.

Toshkent shahrida otkazilgan Turkiy tilli davlatlar Ishbilarmonlar kengashi va investitsiya forumi yakunlariga ham etibor qaratildi.

Avval berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan mutasaddilarning axboroti tinglandi va kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: