O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
24.09.2019

Fikrimiz ozgarsa, ishimiz ham ozgaradi

Mamlakatimizdagi besh partiyaning faoliyatida ham jonlanish ko‘zga tashlanmoqda. Buning sababi oddiy. Aholining siyosiy partiyaga, deputatga talabi oshmoqda. Bugun kechagi gaplar, usullar bilan ishonch qozonish qiyin.

Endigi masala esa saylovlarga puxta, noodatiy tarzda tayyorgarlik korishdan iborat. Mamlakatimiz hayotidagi bunday muhim voqea xalqimiz bilan birgalikda siyosiy partiyalar uchun ham katta siyosiy maktab bolishi tayin. Ozbekiston XDP ham buni yaxshi anglab, Saylovoldi platformasini bugungi kun shiddati, saylovchilar ehtiyoji, aholi muammolarini hisobga olgan holda yangilamoqda.

Saylovoldi tashviqoti saylov kampaniyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Deputatlikka nomzodlarning shaxsi, bilimi va salohiyatini saylovchilar oldida tola namoyon qilishga, nomzodlar dasturlarining mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtirishga, nomzod uchun ovoz berishga da’vat etishga qaratilgan muhim bosqich hisoblanadi.

«Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini organish markazining tadqiqotlariga kora, saylovchilarning 37,1 foizi qaysi partiyaga ovoz berishi borasida bir qarorga kelmaganini bildirdi. Biz mana shu qismni ozimizning Saylovoldi dasturimizga, goyalarimizga ishontirishimiz lozim.

Bir masalaga etiboringizni qaratsam. Bugungi kunda siyosiy partiyalar oz faoliyatini olib borar ekan, bir xillikdan mutlaqo voz kechishi kerak boladi. Aks holda saylovchilarda qaysi partiya bolsa ham bari bir xil, degan kayfiyatni uygotadi. Quruq tadbirbozlik orniga xorij tajribalarini organgan holda PR texnologiyalardan samarali foydalanish lozim.

Togri, Ozbekistonda PR mutaxassislar deyarli yoq, deb iddao qilishimiz mumkin. Biroq aholi bilan munosabatga kirishishimizda bu sabablar faoliyatimizga tosiq boladi, deb oylamayman. PRning eng sodda uslubini tanlasak ham tutgan yolimiz va goyamizni aholi orasida targib qilishda yaxshigina samara beradi. Masalan, partiya liderlarini xalqqa tanitish borasida mulohaza yuritsak. Shu kungacha partiya liderlarini xalq faqatgina partiya plenum va yigilishlarida qilgan maruzalarini korardi, xolos. Bu yonalishda partiya liderlarini xalqqa tanitish uchun turli murojaatlar bilan chiqishlarini tashkil qilish, xalq orasiga kirib, ular bilan suhbatlarini uyushtirish, turli kongilochar tadbirlarni otkazish, umuman olganda, partiya yetakchisining imijini kotarish bilan bogliq faoliyatni tubdan ozgartirish zarur. Bularning barchasi PR texnologiyalarining eng sodda korinishlaridir.

Targibotni kutilmagan yonalishda olib borish, jonli tarzda muloqot qilish ham bizni maqsadimizga yetishishda bir omil bolib xizmat qilishi mumkin. Reklama vositalarini aholi gavjum yerlarda ornatish, taniqli insonlarni bunga jalb etish ham foydadan xoli bolmaydi.

Yana bir muhim jihatni esdan chiqarmaslik lozim. Xohlaymizmi, yoqmi, joylarda chiroyli tadbirlar otkazganimiz bilan elektorat muammosi hal bolib qolmaydi. Buni ochiq tan olishimiz kerak. Yuzlab kishilarni yigib, maruza qilgandan kora, ikki odamning ogirini yengil qilish natijasida koproq insonlarni ozimizga ergashtira olamiz. Bugun siyosiy partiya vakillari, jumladan, deputatlar ozining tashkilotchiligi va tashabbuskorligi, masuliyati bilangina xalq ishonchini qozonishi mumkin.

Iqtidorli, ijodkor odamlarni partiya safiga olish, ularning tajribalari va hech kimnikiga oxshamagan goyalaridan samarali foydalanish lozim. Agar buni ozingiz qila olaman, deb ishonsangiz ham saylovoldi kampaniyasini tashkillashtirishda yordam berish uchun dostlar, kongillilar, hatto xodimlarni bir joyga jamlash uchun yaxshi sabablar bor. Bizga ularning tajribalari va bilimlari kerak boladi. Shundagina saylovchilar qanday qilib bir jamoa bolib ishlay olishimizni korishadi.

Saylovoldi targibotida dunyodagi kozga koringan partiyalar kocha kampaniyasi uslubidan foydalanishadi. Bu ozining natijasini berganiga ham kopchilik guvoh bolgan. Bunda nomzod kochaga chiqib, odamlar bilan ularning muammolari haqida suhbatlashadi. Jonli nutq sozlaydi, insonlarning muammolarini tinglab, savollariga javob beradi. Hatto saylovchilarning uylariga borish ham ortiqchalik qilmaydi. Tabiiyki, nomzodda bunga imkon bolmasligi mumkin. Mazkur vaziyatda reklama dastgohlarini eshik tutgichlari orqali tarqatadigan va siz haqingizda malumot beradigan, odamlarning oldiga boradigan mutaxassislar xizmatiga murojaat qilish shart. Shuningdek, diqqat markazida bolish uchun tadbirlarda, xayriya fondlarida va sport tadbirlarida ishtirok etish ham foydadan xoli bolmaydi.

Biz teskari ehrom shaklida ishlashga organib qolganmiz. Asosiy, kozga korinadigan ishlar, katta loyihalar kopincha yuqori boginlarimizda amalga oshirilyapti. Quyi boginlarga tushib borganda, bir narsaga guvoh boldikki, mahalliy darajada, yani boshlangich partiya tashkilotlarida ishni tashkil qilish hali toliq shakllanmagan. Ular goyalarimiz atrofida birlashmagan.

Tumanlar miqyosida ham 2-3 kishi ishlaydi. Biz partiya deganda uning boshqaruvi yoki markaziy apparatini tushunmasligimiz kerak. Partiyaning asosi, poydevori boshlangich tashkilotlar, oddiy azolar ekanini esdan chiqargan kunimiz notogri yoldan ketgan bolamiz. Qachonki, boshlangich partiya tashkilotlari uyushib, daxldorlik tuygusi bilan ishlasa, shundagina partiyamizning kuchi, qudrati oshadi.

Oylaymizki, har bir partiya azosi sinovli jarayonga daxldorlik hissi bilan kirib bormoqda. Shu kunga qadar amalga oshirilgan harakatlar samarasi, izlanishlar, yangiliklarni joriy etish saylovlar natijasida bilinadi. Demak, hech bir partiya xodimining tinch uxlashga, bemalollikka berilishga haqqi yoq. Barchamiz yelkama-elka turib, ahil jamoa bolib ishlasak, saylovda muvaffaqiyat biz tomonda bolishiga ishonaman.

Abror QURBONOV,

Ozbekiston XDP Toshkent shahar kengashi raisi orinbosari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: