O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
13.08.2019

EKSPORT, INVESTITSIYA VA ISHLAB CHIQARISHNI MAHALLIYLASHTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 12 avgust kuni iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini oshirish va ulardan samarali foydalanish, investitsiyalarni, avvalo, togridan-togri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va ozlashtirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish kolamini kengaytirish masalalariga bagishlangan videoselektor yigilishi otkazildi.

Davlatimiz rahbari bu masalalarga alohida e’tibor qaratib, doimiy muhokama qilib bormoqda. Ushbu sohalarga doir hujjatlar qabul qilinib, zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Xususan, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 dekabrdagi «Eksportga komaklashish va uni ragbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari togrisida»gi qaroriga muvofiq, Eksportni qollab-quvvatlash milliy tizimi yaratildi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida Eksportni ragbatlantirish agentligi tashkil etildi. Shuningdek, 205 nomdagi tovarlarni eksport qilishda transport xarajatlarining 50 foizini qoplab berish yolga qoyildi.

Bunday real, amaliy chora-tadbirlar albatta oz samarasini bermoqda. Eksport bilan shugullanadigan subektlar safiga 2 mingta yangi korxona qoshildi, eksport geografiyasi 42 ta davlatga kengaydi, 59 turdagi mahsulot birinchi marta eksportga yonaltirildi.

Joriy yilning yetti oyida tovarlar va xizmatlar eksporti 7 milliard 331 million dollarni tashkil etgan, bu otgan yilning shu davriga nisbatan 23 foiz kopdir.

Yigilishda Oztoqimachiliksanoati uyushmasi, Ozbekoziqovqatxolding kompaniyasi hamda Toshkent shahri, Fargona, Andijon va Toshkent viloyatlarida eksportni kopaytirish boyicha mavjud imkoniyatlardan toliq foydalanilmayotgani qayd etildi. Mutasaddi rahbarlar eksportyorlarning muammolari bilan tizimli shugullanmayotgani, davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlarni tadbirkorlarga yetkazib, ularning tashqi bozorga chiqishiga komaklashmayotgani tanqid qilindi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri boshchiligida tashkil etilgan Hududlar va tarmoqlarning eksport salohiyatini oshirish boyicha Respublika komissiyasi korxonalar vakillari va tadbirkorlar bilan uchrashuvlar otkazib, ularni eksport faoliyatiga jalb qilishi, bu boradagi muammolarini hal etish, xalqaro standartlarni joriy qilish va sertifikatsiyadan otkazish boyicha yordam berishi zarurligi takidlandi.

– Eksport imkoniyatlarimiz kop. Xususan, paxta tolasi va meva-sabzavotni qayta ishlab, eksportbop mahsulotlar chiqarish mamlakatimizning rivojlanish nuqtalaridan biri bolishi kerak. Shu orqali eksportni kopaytiramiz va yangi ish orinlariga ega bolamiz, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Malumki, yurtimizda yetishtirilgan qishloq xojaligi mahsulotlari butun dunyoda qadrlanadi. Bu tayyor brend eksport uchun katta imkoniyatdir.

Prezidentimizning shu yil 29 iyul kuni qabul qilingan Qishloq xojaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qarori mazkur imkoniyatdan samarali foydalanish, agrar sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishga qaratilgan.

Unga kora, 2019-2021 yillarda umumiy qiymati qariyb 1 milliard dollar bolgan 45 ta agrologistika kompleksi, qayta ishlash boyicha 205 ta yangi quvvat, 36 ming gektar intensiv bog tashkil etish rejalashtirilgan.

Yigilishda shu boradagi ishlarning ijrosiga ham toxtalib otildi. Belgilangan chora-tadbirlarni muddatida bajarish va buning hisobiga meva-sabzavot eksportini 2021 yilda 2 barobar oshirish zarurligi takidlandi. Takroriy maydonlarga eksportbop ekinlar ekish, ayniqsa, dukkakli mahsulotlarni eksportga koproq chiqarish muhimligi qayd etildi.

Xorijga tashriflar hamda xalqaro korgazmalar doirasida imzolangan eksport shartnomalarining bajarilishi, oktabr oyida Ozbekistonda ishlab chiqarilgan nomli xalqaro korgazma otkazilishiga oid masalalarga ham etibor qaratildi.

Eksportyorlarning xorijdagi savdo uylari ustav kapitali miqdorini oshirish yuzasidan takliflar bildirildi.

Investitsiya iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchidir. Mamlakatimizda faol investitsiya siyosati yuritilib, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarga togridan-togri xorijiy sarmoyalar yonaltirilayotgani natijasida koplab loyihalar amalga oshirilmoqda.

Masalan, joriy yilning birinchi yarmida 85 trillion 775 milliard som investitsiya ozlashtirilgan, bu otgan yilning shu davriga nisbatan 1,6 barobar kopdir. Asosiy kapitalda togridan-togri xorijiy investitsiyalar ulushi 2,5 barobar oshib, 1,7 milliard dollarga yetgan. Davlat kafolati bolmagan xorijiy kreditlar esa 3,7 barobar kopaygan. Ozlashtirilgan togridan-togri xorijiy sarmoyalarning qariyb 75 foizi hududiy loyihalarga togri kelmoqda.

Bu korsatkichlar qayd etilar ekan, endi asosiy etiborni yilning qolgan davrida kozda tutilgan investitsiyalarni toliq ozlashtirishga qaratish zarurligi takidlandi.

Togridan-togri xorijiy investitsiyalarni ozlashtirish sust kechayotgan tarmoqlar rahbarlari mavjud holat sabablari va bu boradagi ishlarni jadallashtirish rejalari togrisida hisobot berdi.

Vazirlar Mahkamasiga 2019 yilgi Investitsiya dasturiga muvofiq, umumiy qiymati 4,2 milliard dollar bolgan 145 ta loyiha boyicha sanoat obektlarini muddatida ishga tushirish yuzasidan topshiriqlar berildi. Navoiyazot aksiyadorlik jamiyatida polivinilxlorid va azot kislotasi ishlab chiqarish, Muborak gazni qayta ishlash zavodida suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni kengaytirish, Toraqorgon, Taxiatosh va Navoiy issiqlik elektr stansiyalarida yangi bug-gaz uskunalarini ornatish, Toshkent metallurgiya zavodini qurish loyihalari shular jumlasidandir.

Tahlillarga kora, oxirgi on yilda ishga tushirilgan 40 ga yaqin yirik korxona quvvatlaridan toliq foydalanilmayapti.

Vazirlar Mahkamasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga investitsiya dasturlari doirasida ishga tushirilgan korxona va obektlar faoliyatini tahlil qilib, kam quvvatda ishlayotganlarini loyiha parametrlariga olib chiqish boyicha korsatmalar berildi.

Yigilishda 2020-2022 yillarga moljallangan Investitsiya dasturini shakllantirish masalasi ham muhokama qilindi. Ushbu dasturga, avvalo, oliy darajadagi tashriflar doirasida imzolangan 650 ga yaqin kelishuvlarga muvofiq ishlab chiqilgan aniq loyihalarni, shuningdek, neft-gaz xomashyosini chuqur qayta ishlash, muqobil energetika, mashinasozlik, elektr texnikasi, qurilish materiallari, agrosanoat kabi yuqori texnologiyali tarmoqlardagi loyihalarni kiritish zarurligi qayd etildi.

Videoselektor yigilishida yana bir muhim soha mahalliylashtirishni kengaytirish masalasi atroflicha tahlil qilindi.

Mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash asosida yuqori qoshimcha qiymat yaratish va import ornini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish iqtisodiyot barqarorligining muhim omilidir. Shu bois mamlakatimizda mahalliylashtirishni rivojlantirish, korxonalar ortasida sanoat kooperatsiyasini kengaytirishga zarur sharoit yaratilmoqda. Lekin ayrim tarmoq hamda hududlarda mahalliylashtirish boyicha ishlar oz holiga tashlab qoyilgani tanqid qilindi.

Shuncha sharoit yaratyapmiz, texnologiyalar olib kelyapmiz. Joylardagi rahbarlar esa ozini qiynamay, mahalliylashtirish ustida ishlash orniga osongina import qilishga organgan, dedi Prezidentimiz.

Yurtimizda molibdenning 1,1 foizi, tabiiy gazning 12 foizi, ruxning 21 foizi, misning 25 foizi, meva-sabzavotlarning 20 foizi, ip-kalavaning 46 foizi qayta ishlanmoqda, xolos. Agar bu xomashyolar chuqur qayta ishlansa, qoshimcha qiymatni 5 barobargacha oshirish mumkinligi qayd etildi.

Vazirlar Mahkamasiga barcha tarmoq va hududlar korxonalarida mahalliylashtirilgan tovar ishlab chiqarish hajmini kelgusi ikki yilda kamida 20 foizga oshirish, import ulushi yuqori bolgan tovarlarni mahalliylashtirish boyicha dastur tayyorlash vazifasi qoyildi.

Hisob palatasi tarkibida mahalliylashtirishni kengaytirish masalalarini tahlil qiladigan bolinma tashkil etish zarurligi takidlandi.

Videoselektor yigilishida tarmoqlar hamda hududlar rahbarlarining hisobot va takliflari eshitildi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: