O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
18.06.2019

OLIY DARAJADAGI UCHRASHUVLAR

doirasida 58 ta ikki tomonlama hujjat imzolangan. 2021 yilgacha 5,25 milliard dollarlik 244 investitsion loyihalarning amaliyotga joriy qilinishi ko‘zda tutilgan

Ozbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi orinbosari Ilhom Ne’matov Milliy matbuot markazida bolib otgan matbuot anjumanida oliy darajadagi tashriflar hamda joriy yilning otgan besh oyi mobaynida mamlakatimiz hayotidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy tadbirlar togrisida malumot berdi.

— Bugungi kunda nafaqat bizning mintaqamiz, balki butun dunyodagi vaziyat keskin ravishda ozgarib borayotgan bir paytda jamoatchilikni Tashqi ishlar vazirligi faoliyati togrisida oz vaqtida xabardor qilish nuqtai nazaridan bu kabi tadbirlar juda muhim va foydalidir, dedi Ilhom Nematov. Shu munosabat bilan bugun men sizlarga otgan davr mobaynida vazirlik tomonidan otkazilgan asosiy tadbirlar boyicha malumot bermoqchiman.

Yil boshidan buyon Prezidentimizning xorijiy davlatlarga 4 tashrifi amalga oshirildi, Ozbekistonga 4 chet el davlat rahbarlarining tashrifi bolib otdi. Xususan, joriy yilning 18-20 yanvar kunlari Davlatimiz rahbari Hindistonga tashrif buyurib, Bosh vazir Narendra Modi taklifiga binoan «Joshqin Gujarat 2019» xalqaro investitsiya sammitida ishtirok etdi.

Shuni takidlash joizki, Joshqin Gujarat – 2019 sammitida ishtirok etgan xorijiy davlatlarning 80 dan ziyod yuqori martabali vakillari hamda tortta bosh vazir orasida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Hindiston hukumati raisining bosh mehmoni sifatida qabul qilindi. Hindistonning Osiyo qitasidagi yetakchi davlatlardan biri ekanligi hisobga olingan holda, hind hukumatining bu etibori jahon hamjamiyati tomonidan Narendra Modining Ozbekiston rahbariga hamda uning olib borayotgan ichki va tashqi siyosatiga yuksak hurmati sifatida baholandi.

Sammit doirasida aniq va muhim iqtisodiy natijalarga erishildi. Xususan, Ozbekiston Prezidenti savdo-iqtisodiy, innovatsion, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga oid beshta muhim tashabbusni ilgari surdi. Bundan tashqari, 108,6 million dollarlik 7 ta investitsion bitim imzolandi va qiymati 72,8 million dollarlik 8 ta eksport shartnoma tuzildi.

Shuningdek, joriy yilning 21-22 yanvar kunlari Prezidentimizning Germaniya Federativ Respublikasiga rasmiy tashrifi bolib otdi. Tashrif doirasida Prezidentimiz Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer, kansler Angela Merkel, Bundestag raisi Volfgang Shoyble, Bavariya Bosh vaziri Markus Zyoder va ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashdi. Ikki va kop tomonlama hamkorlik boyicha keng kolamli masalalar muhokama qilindi. Muhokamalar natijasida umumiy qiymati 4 milliard yevrodan ortiq bolgan qoshma loyihalarni amalga oshirish boyicha ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.

2019 yilning 24-26 mart kunlari Davlatimiz rahbarining Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi bolib otdi. Tashrif chogida savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, energetika, qishloq xojaligi, turizm va boshqa sohalardagi amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi, qiymati 10 milliard dollardan ziyod ikki tomonlama hujjatlar va investitsion kelishuvlar imzolandi.

Bundan tashqari, 14-15 aprel kunlari Qozogiston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning Ozbekistonga davlat tashrifi bolib otdi. Ushbu tashrif doirasida ikki davlat ortasidagi hamkorlikning turli yonalishlari boyicha 9 ta hujjat imzolandi.

18-21 aprel kunlari Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In Ozbekistonda davlat tashrifi bilan boldi. Savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va moliyaviy-texnikaviy sohalardagi umumiy qiymati 12 milliard dollardan ortiq bolgan loyihalarni amalga oshirish boyicha kelishuvlar imzolandi.

24-27 aprel kunlari Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Pekin shahrida bolib otgan Bir makon, bir yol xalqaro forumida ishtirok etdi. Davlatimiz rahbari oz nutqida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash borasida bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi, Belarus va Tojikiston Prezidentlari, Xalqaro valyuta jamgarmasi boshqaruvchi direktori va BMT Bosh kotibi bilan uchrashuvlar bolib otdi.

27-29 may kunlari Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyerning javob rasmiy tashrifi bolib otdi. Uning natijalariga kora, ikki tomonlama hujjatlar paketi imzolandi, yangi loyihalarni amalga oshirish boyicha kelishuvlarga erishildi, jumladan, moliyaviy va texnik yordam korsatish doirasida qiymati 123,8 million yevrolik shartnomalar imzolandi.

Shuningdek, 31 may 2 iyun kunlari Yevropa Kengashi raisi Donald Tusk Ozbekistonga tashrif buyurdi. Yevropa Ittifoqi Orolboyi mintaqasi uchun inson xavfsizligi boyicha kopsheriklik trast fondiga 5 million yevro ajratishini malum qildi.

Xususan, Yevropa tomoni quyidagi sohalardagi loyihalarga moliyaviy-texnikaviy yordam korsatadi: byudjetni qollab-quvvatlashga 40 million yevro, Ozbekistonning Jahon savdo tashkilotiga azo bolishiga 5 million yevro, qishloq hududlarida bandlikni oshirishga 5 million yevro, Afgoniston fuqarolarini oqitish talim markazi negizida afgon talabalarini tayyorlashga 2 million yevro va boshqalarga.

Yana shuni takidlamoqchi edimki, eng muhimi yuqorida aytib otilgan oliy darajadagi tadbirlar doirasida 58 ta ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.

Bundan tashqari, otgan vaqt mobaynida Respublika rahbariyati tomonidan AQSh, Yaponiya, Xitoy, Rossiyadan hamda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti va BMT kabi xalqaro tashkilotlardan yuqori darajadagi delegatsiyalar qabul qilindi. 15 dan ortiq davlat va xalqaro tuzilmalar rahbarlari bilan yuqori darajadagi muzokaralar otkazildi. Asosiysi, global va mintaqaviy davlatlar bilan hamkorlik faol rivojlanmoqda.

Yana shuni aytish mumkinki, mamlakat iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb qilish, eksport hajmini va xorijiy sayyohlar oqimini oshirishga vazirlik alohida etibor qaratmoqda. 2018 yilning noyabridan joriy yilning iyun oyigacha bolgan davr mobaynida Ozbekistonning chet eldagi elchixonalari tomonidan qishloq xojaligi, sanoat, kommunal xizmatlar, qurilish, tibbiyot, farmatsevtika, talim, madaniyat va boshqa sohalarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan 5,25 milliard dollarlik 244 ta investitsion loyihalar ishlab chiqildi. Jumladan, qiymati 1,7 milliard dollarlik 163 ta loyiha 2019 yil mobaynida amalga oshiriladi. Ushbu loyihalarning asosiy qismi 2020-2021 yillarda bajarilishi kozda tutilgan.

Ozbek tovarlarini tashqi bozorlarga eksport qilish va mamlakatga xorijiy sayyohlarni jalb qilish borasida koplab ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 5 oyi davomida diplomatik vakolatxonalarimiz joylashgan mamlakatlarga ozbek mahsulotlarining eksporti 30,6 foizga oshdi va 3 milliard 504,6 million dollarni tashkil etdi. Sayyohlar soni joriy yilning birinchi choragi mobaynida 42 foizga oshib, 1,3 million kishini tashkil etdi.

Matbuot anjumanida jurnalistlarni, aniqrogi jamoatchilikni qiziqtirgan koplab malumotlar keltirildi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: