O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
18.06.2019

ENERGETIKA VA KIMYO SOHALARIDAGI INVESTITSIYA LOYIHALARI IJROSINI JADALLASHTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 iyun kuni neft-gaz, kimyo va elektr energetikasi sohalaridagi investitsiya loyihalari ijrosini yanada jadallashtirish masalalari boyicha yigilish otkazdi.

Ushbu sohalar sanoat va tadbirkorlik rivoji, aholi turmush darajasiga asos bolishi bilan juda muhimdir. Shu bois mazkur tarmoqlarda koplab istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yilda 2 milliard 730 million AQSh dollari miqdoridagi investitsiyalarni ozlashtirish hisobiga neft-gaz sohasida 16 ta, 850 million dollar evaziga kimyo tarmogida 17 ta, 1 milliard dollardan ziyod mablag vositasida elektr energetikasi boyicha 28 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.

Yigilishda ushbu loyihalar muhokama qilinib, ularning ijrosi boyicha mutasaddilarning hisoboti tinglandi.

Davlatimiz rahbari energiya resurslari ishlab chiqaruvchi, taqsimlovchi va yetkazib beruvchi korxonalarni moliyaviy qollab-quvvatlash, uglevodorodlar qazib olish hajmini kopaytirish, mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish zarurligini ta’kidladi.

Toraqorgon, Navoiy, Taxiatosh issiqlik elektr stansiyalarida olib borilayotgan qurilish va modernizatsiya ishlarini tezroq yakunlab, bu yil foydalanishga topshirish, Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida zamonaviy bug-gaz qurilmalarini ornatish boyicha ishlarni jadallashtirish yuzasidan topshiriqlar berildi. Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini yanada keng joriy etish kerakligi qayd etildi.

«Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatida polivinilxlorid, kaustik soda va metanol, Jizzax plastmassa zavodida toqimachilik sohasi uchun kimyoviy qoshimchalar ishlab chiqarish loyihalarini foydalanishga topshirish, Yangiyer shahrida ammiak va karbamid ishlab chiqarish loyihasi ijrosini jadallashtirish boyicha vazifalar qoyildi.

— Iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshiruvchi ushbu tarmoqlardagi investitsiya loyihalarini oz vaqtida va sifatli amalga oshirish kerak. Bu boshqa turdosh va yondosh sohalar rivojini ham taminlab, koplab ish joylari yaratadi, dedi Prezident.

Yigilishda neft-gaz, kimyo va elektr energetikasi sohalarida yil yakunida kutilayotgan natijalar hamda kelgusi yilga moljallangan rejalar korib chiqildi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: