O'zb  
 
11.06.2019

QOSIM-JOMART TOQAYEV QOZOGISTONDAGI PREZIDENTLIK SAYLOVIDA ENG KOP OVOZ OLDI

Qozog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida mamlakatda muddatidan oldin otkazilgan Prezident saylovi natijalariga bagishlangan brifing bolib otdi. Bu haqda OzA xabar tarqatdi.

Ma’lum bolishicha, Qozogiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Berik Imashev saylov jarayoni xalqaro standartlarga, erkinlik, ochiqlik tamoyillariga muvofiq, demokratik tarzda otkazilganini qayd etgan.

Saylovni mingdan ziyod xalqaro, 40 mingdan ziyod mahalliy mutaxassis va ekspertlar kuzatib borgan. Saylovda Qozogiston fuqarolarining 77,4 foizi ishtirok etib, ovoz bergan.

Saylov natijalariga kora, prezidentlikka nomzodlardan biri — amaldagi prezident, «Nur-Otan» partiyasidan Qosim-Jomart Toqayev saylovchilarning 70 foizdan ortiq ovozi bilan galabaga erishgan.

Malumotlarga kora, Qozogiston Bosh prokuraturasi saylovning qonuniy otishi boyicha organish otkazganda qopol qonun buzilishi aniqlanmagan. Lekin 19 ta holatda qonundan chetga chiqish kuzatilgan va bartaraf etilgan.

Saylovda jamoatchilik nazorati institutlari saylovning adolatli otishi uchun jonbozlik korsatgan.

Amanat fuqarolik nazorati platformasi tomonidan turli juziy kamchiliklar aniqlangan. Yani, bir kishi oila azolarining barchasi uchun ovoz berishga uringan holatlar kop uchragan. Kuzatuvchilar bu kabi holatlarga yol qoymagan.

Saylov kuni Nursulton va Almata shaharlarida hukumatdan norozi kishilar mitinglar uyushtirgani haqida xabarlar tarqatilgan.

Bu haqda Qozogiston ichki ishlar vazirining birinchi orinbosari Marat Kojayev munosabat bildirgan. Uning qayd etishicha, miting uyushtirgan shaxslar mamlakatda taqiqlangan ekstremistik guruhlarga aloqador bolgan. Shu bilan birga, mitinglar qonunga zid ravishda tashkil etilgan. Qopol qonunbuzarlikka yol qoygan shaxslar qonun oldida javob berishi malum qilingan.

Brifingda vaziyatga oydinlik kiritish va qonuniy baho berish uchun tegishli organlar shugullanayotgani malum qilingan.

ShHT Bosh kotibi Vladimir Norov Qozogistonda prezident saylovi xalqaro standartlar darajasida bolib otganini qayd etgan. Saylov yakunlari boyicha ShHT missiyasining maxsus brifingida shu haqda malum qilingan.

Qozogistondagi saylov jarayonini kuzatish uchun 25 kishidan iborat ShHT missiyasi joriy yil aprel oyidan beri saylov jarayonlarini kuzatish va organib borishga kirishgan. Shu maqsadda kuzatuvchilarning maxsus Konsepsiyasi tasdiqlangan.

ShHT missiyasi Qozogiston poytaxti Nursulton shahri hamda Olmaota, Chimkent, Turkiston, Atirau, Qaraganda shaharlari va bir necha viloyatlarda faoliyat olib bordi.

Missiya fikriga kora, Qozogistonda prezident saylovi xalqaro standartlar darajasida bolib otdi.

Manba: OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: