O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
11.06.2019

SHAVKAT MIRZIYOYEV YETTB PREZIDENTINI QABUL QILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 iyun kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Suma Chakrabarti boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonlarni samimiy qutlar ekan, Ozbekiston bilan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ortasidagi sheriklik munosabatlari izchil rivojlanib, ozaro manfaatli hamkorlik jadallashayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Oxirgi ikki yilda ushbu nufuzli xalqaro moliyaviy institut rahbari mamlakatimizga uchinchi bor tashrif bilan kelgani ozaro almashinuvlar faollashganidan dalolat beradi.

Otgan yil oktabr oyida bankning Ozbekiston boyicha mamlakat strategiyasi qabul qilindi. YeTTB ekspertlari komagida energetika, bank va moliya sohalari, kapital bozorini rivojlantirish va mamlakatimizda raqobat muhitini yaxshilash boyicha islohotlar ishlab chiqilmoqda va amalga oshirilmoqda.

Qoshma loyihalar portfeli kengaymoqda. Zayom kelishuvlari imzolanib, qiymati jami 600 million dollardan ziyod kredit mablaglarini jalb etgan holda mamlakatimiz hududlarida energetik va kommunal infratuzilmani modernizatsiya qilish boyicha ustuvor investitsiya loyihalari tayyorlanmoqda. Xususiy sektor loyihalariga 100 million dollardan ziyod investitsiya kiritildi.

Bundan tashqari, umumiy qiymati 800 million dollarga yaqin bolgan ijtimoiy ahamiyatga molik istiqbolli dastur va loyihalar ishlab chiqilmoqda.

YeTTBning Toshkent shahridagi vakolatxonasi faol ishlamoqda, uning Andijon shahrida va mamlakatimizning boshqa hududlarida filiallarini ochish rejalashtirilgan.

Uchrashuvda amaliy hamkorlikni rivojlantirishning asosiy yonalishlari, jumladan, mamlakatimizda investitsiya loyihalarini va kreditlarni ozlashtirishni tezlashtirish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga, qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitini shakllantirishga korsatilayotgan komakni kengaytirish masalalari batafsil korib chiqildi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Xorijiy investorlar kengashini tashkil etish va uning birinchi majlisiga tayyorgarlik korish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

YeTTB rahbari samimiy qabul uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning surati, kolami va amaliy natijalarini yuksak baholadi.

Suma Chakrabarti Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Ozbekiston Respublikasi bilan kop qirrali sheriklikni har tomonlama qollab-quvvatlash va davom ettirish borasida qatiy ekanini takidladi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: