O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
04.06.2019

VATAN TUPROGI

Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududidan olib kelingan yurtdoshlarimga bag‘ishlayman.

Bir yuz ellik olti jon, tavbalar aytib keldi,

Vatanga qaytib keldi, Vatanga qaytib keldi...

Ey, changal-ormonlarda adashgan dilbandlarim –

Sizga boqib yaproqday, titrar bandu bandlarim.

Qarindoshu qondoshu kozimning gavharisiz,

Shu zaminga bitilgan sizning sardaftaringiz.

Boqishingiz serhadik, qarashingiz giryonli,

Ay, dostlar-ey! Dunyoda adashmagan jon bormi?!

Gunohlar tolqin yuvgan izlarday ochirildi,

Kechirildi xatolar, hammasi kechirildi.

Bolasiga mehri chog, tanti ozbek eli bu,

Koksi kokday bepoyon, Elboshimiz fe’li bu!

«Avf» degan qutlug soz bor, ozbekning lisonida,

Mehru muhabbat bisyor ushbu kalom qonida.

Avf tufayli dillarda yongan hayrat chirogi,

Temurbek Boyazidga hurmat korsatgan chogi.

Baydaxonni onalik taxtiga korgach lozim,

Mirzo Bobur qoshida Hindiston qildi tazim.

Bular-ku, olis tarix, moziydan olis sado,

Va, lekin, bu saslarga ne hikmatlar mahliyo.

Hayot esa beshafqat, yollar behad chigaldir,

Inson umri azaldan notokis, notugaldir.

Ochun deyilmish xilqat, goh nur, goh quyun bolgan,

Hattoki, Odam Ato shu qolda oyin bolgan.

Vaqtning har lahzasi chiylab tirik jonlarni,

Temirchi bosqoniday toblagay insonlarni.

Aybiga bolib iqror, xatosin anglaganga,

Tuprogiga bosh qoyib, haq yolni tanlaganga;

Oppoq tongdek ochiqdir, yurtimizning eshigi,

Ozbekiston, hur diyor — mehru vafo beshigi.

Ey! Necha yil qafasda sarnigun bolgan qushlar,

Endi hursiz! Endi yoq, vahmkor qorquv, tushlar.

Endi aziz tuproqqa, sarflab bor kuchingizni,

Mehnatdan oling barcha alamu ochingizni.

Buni ikki ot aro yurganlar ham bilsinlar,

Qalblarga yurt tuygusin, bayroq qilib ilsinlar.

Kelsinlar oz qorgoni, muhtasham oz bogiga,

Oz bogi bogbonining, kibriyo ardogiga.

Bugun roza-ramazon, ezgu-hislar nafldir,

Har tola sochingizga bogboningiz kafildir.

Bir orzu, bir maqsadga tikib jonu jahonni,

Chamanlarga burkaylik ona yurt Onajonni!

Abdusaid KOCHIMOV

3.06 2019 yil


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: