O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
28.05.2019

GERMANIYA ASOSIY QONUNI OZBEK TILIDA NASHR ETILDI

Toshkentda o‘zbek tilida nashr qilingan «Germaniya Federativ Respublikasining Asosiy qonuni» kitobi taqdimoti bolib otdi.

Inson huquqlari boyicha Ozbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan Fridrix Ebert nomidagi jamgarmaning mamlakatimizdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda nemis tiliga ixtisoslashgan ta’lim muassasalari talaba-oquvchilari, Nemis tili oqituvchilari assotsiatsiyasi azolari ishtirok etdi.

Germaniya Federativ Respublikasining Asosiy qonuni mazkur mamlakat davlatchilik tarixining zamonaviy shakllarini ozida mujassam etgan huquqiy asosdir. Bu yil ushbu mamlakat Asosiy qonuni qabul qilinganining 70 yilligi keng nishonlanmoqda.

Germaniya ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning barcha korsatkichlari boyicha dunyoda yetakchi orinlardan birini egallaydi. Bu kabi yuqori va tarixiy rivojlanishning barcha bosqichlarida Germaniya Asosiy qonuni huquqiy asos bolib xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda mamlakatlarimiz ortasida dostlik va hamkorlik aloqalari rivoj topmoqda. Kopgina sohalar qatori qonun ijodkorligi yolidagi ozaro manfaatli munosabatlar ham yangi bosqichda davom etayotganini qayd etish joiz. Germaniya Federativ Respublikasi Asosiy qonunining ozbek va nemis tillarida yagona kitob holida nashr etilgani ham fikrimizga misol bola oladi.

Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litsey oquvchilari Germaniya Asosiy qonuni yaratilish tarixi, unda inson huquq va erkinliklarining kafolatlari aks etgan boblar boyicha taqdimotlar qildi.

Toshkent shahar Mirobod tumanidagi nemis tiliga ixtisoslashtirilgan Gyote nomidagi 60-umumtalim maktabi oquvchilarining badiiy chiqishlari tadbirga kotarinki ruh bagishladi.

Taqdimot marosimi ishtirokchilariga Inson huquqlari boyicha Ozbekiston Respublikasi Milliy markazi tashabbusi bilan chop etilgan kitoblar jamlanmasi topshirildi.

Gayrat XONNAZAROV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: