O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
28.05.2019

GFR PREZIDENTI OZBEKISTONGA KELDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer 27 may kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Frank-Valter Shtaynmayyer shu kuni ozi uchun ajratilgan qarorgohda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), Toshkentdagi Gyote instituti, Konrad Adenauer va Fridrix Ebert nomidagi jamgarmalar, Germaniya akademik almashuvlar xizmati (DAAD) kabi institutlar vakillari bilan uchrashdi.

Tashrifning asosiy voqealari 28 mayga moljallangan.

Davlat rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollarini, shuningdek, Ozbekiston — Yevropa Ittifoqi formati doirasidagi aloqalarni muhokama qiladilar.

Muloqot chogida xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashish kozda tutilgan.

Muzokaralar yakuni boyicha iqtisodiyot, moliya, ta’lim, sogliqni saqlash va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida ikki tomonlama munosabatlarni yanada kengaytirishga qaratilgan hujjatlar imzolanishi moljallanmoqda.

Tashrif asnosida Frank-Valter Shtaynmayyer Ozbekiston va GFRning yetakchi kompaniya va banklari, yurtimizdagi fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrashishi, qator sanoat korxonalari va madaniy muassasalar bilan tanishishi rejalashtirilgan.

Germaniya Prezidenti Xorazm viloyatida bolib, Urganch davlat universiteti professor-oqituvchilari va talabalari bilan uchrashadi, Xiva shahridagi osori atiqa va madaniy-memoriy obidalarni tomosha qiladi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: