O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
28.05.2019

TADBIRKOR VA INVESTORLAR MUROJAATLARINI HAL ETISH BOYICHA YANGI TIZIM JORIY ETILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 may kuni tadbirkorlar murojaatlarini korib chiqish qabulxonalarini ishga tushirish masalalariga bagishlangan yigilish otkazdi.

Tadbirkorlikni rivojlantirish — mamlakatimiz iqtisodiy siyosatining muhim yonalishi etib belgilangan. Keyingi yillarda biznes muhitini yaxshilash, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish boyicha farmon va qarorlar qabul qilindi. Ruxsat beruvchi hujjatlarni olish tartibi sezilarli darajada soddalashtirildi, tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy-xojalik faoliyatini tekshirishlar qisqartirildi. «Har bir oila tadbirkor», Yoshlar kelajagimizdasturlari tadbirkorlik istagidagilarni qollab-quvvatlashda muhim omil bolmoqda. Natijada yangi tashkil etilgan subektlar soni 2,3 baravarga kopaygani buning tasdigidir.

Biroq joylarda byurokratiya, tamagirlik va tadbirkor faoliyatiga tosqinlik qilish holatlari hali ham uchrab turibdi. Misol uchun, joriy yilning birinchi choragida Prezident Xalq qabulxonalariga tadbirkorlardan 16 mingta murojaat tushgan. Ular asosan yer ajratish, gaz, elektr va suv taminoti, qishloq xojaligi, kredit, soliq masalalariga taalluqli. Ikki mingga yaqin murojaatda mansabdorlarning xatti-harakatlaridan norozilik bildirilgan.

Bu muammolarni tizimli hal etish, tadbirkorlarga chinakam komak berish maqsadida joriy yil 14 may kuni Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Tadbirkorlik faoliyatini qollab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi farmoni qabul qilindi. Unga muvofiq, Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini korib chiqish qabulxonalari tashkil etilishi belgilandi.

Yigilishda mazkur qabulxonalar faoliyatini yolga qoyish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Prezidentimiz adliya vaziri va Savdo-sanoat palatasi raisi rahbarligida Respublika ishchi guruhi tuzib, joylarda tadbirkorlar bilan ochiq, amaliy uchrashuvlar otkazish zarurligini takidladi. Aniqlangan muammolarning hududga taalluqlisi viloyat hokimiga, respublika ahamiyatiga molik bolgani esa Bosh vazirga berilishi, ular haftada bir kun qabulxona masalalari bilan shugullanishi korsatib otildi.

Qayd etilganidek, qabulxonalar ishi uch bosqichda olib boriladi. Avvalo, qabulxonada tasdiqlangan kunlik jadval asosida hokimliklar, Savdo-sanoat palatasi, investitsiya boshqarmasi, prokuratura, adliya, soliq organlari, qurilish, kadastr, bank va boshqa tashkilotlar vakillari tadbirkorlarni qabul qiladi.

Oz yechimini topmagan murojaatlar viloyat qabulxonalariga yuboriladi. Natija bolmasa, Vazirlar Mahkamasining kotibiyatida Biznes ombudsman, Savdo-sanoat palatasi va vakolatli idoralar ishtirokida koriladi.

Murojaatlar shunda ham oz yechimini topmasa, tadbirkorlarni Bosh vazirning shaxsan ozi qabul qiladi. Bosh vazir qabulxonasi murojaatlarni tahlil qilib, bu borada vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. Prezident Administratsiyasi va Oliy Majlisga tadbirkorlarga sharoitlarni yanada yaxshilash boyicha takliflar kiritadi.

Xorijiy investorlarga komaklashish Bosh vazir qabulxonalarining asosiy vazifalaridan biri boladi. Shu bois ularga xorijiy tillarni biladigan va investorlar bilan ishlash salohiyatiga ega kadrlar ishga olinadi.

Investitsiyalarni jalb etishga tosqinlik qilayotgan muammolarni monitoring qilish, investorlarning turli idoralardagi muammosini hal qilib berish boyicha vazifalar belgilandi.

Yigilishda sektorlar va davlat idoralari rahbarlari tadbirkorlarga har tomonlama komaklashishi, xalq deputatlari Kengashlari majlislarida ularning bu boradagi faoliyati muhokama qilinishi zarurligi takidlandi.

Murojaatlarni korib chiqishda shaffoflik va tezkorlikni taminlash masalasiga ham etibor qaratildi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga murojaatlar harakatini nazorat qilishning yagona elektron portalini joriy qilish vazifasi yuklatildi.

Yangi tizimning mazmuni va mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish, jumladan, qabulxonalar faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish boyicha ham tavsiyalar berildi.

Yigilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning fikr-mulohazalari tinglandi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: