O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
14.05.2019

USTUVOR LOYIHALAR IJROSINING BORISHI KORIB CHIQILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 may kuni xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi ustuvor loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish masalalariga bagishlangan yigilish otkazdi.

Mamlakatimizda faol investitsiya siyosati olib borilmoqda. Investitsiya muhiti tobora yaxshilanib, ishbilarmon doiralar yurtimizdagi loyihalarga katta qiziqish bildirmoqda. Xalqaro moliya institutlari, rivojlangan davlatlar va yirik kompaniyalar iqtisodiy-ijtimoiy sohalarga sarmoya kiritmoqda.

Joriy yilning ozida Germaniya Federativ Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya Respublikasi va boshqa davlatlar rahbarlari bilan oliy darajada muloqotlar bolib otdi. Ular doirasida sanoat, energetika, infratuzilma, qurilish, transport, qishloq xojaligi, sogliqni saqlash, ta’lim kabi sohalarda muhim kelishuvlarga erishildi. Har bir xorijiy sherik bilan qoshma loyihalar ijrosini taminlash uchun Prezident qarorlari asosida «yol xaritalari» tasdiqlandi.

Joriy yil 8 aprel kuni bolib otgan videoselektor yigilishida togridan-togri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi barcha loyihalar tortta royxatga ajratilib, birinchi royxatdagi eng muhim strategik loyihalar Prezidentning doimiy nazoratida bolishi belgilangan edi.

Yigilishda ana shunday ustuvor investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi atroflicha tahlil qilindi.

– Investitsiyalar iqtisodiyot rivoji, xalqimiz hayot sifati va farovonligini taminlaydigan asosiy manbalardan biridir, dedi davlatimiz rahbari. Rivojlangan davlatlar bilan munosabatlarimiz yangi bosqichga kotarilganidan kelib chiqib, yanada faol va tizimli ishlashimiz kerak.

Otgan davr mobaynida bu borada muayyan ishlar amalga oshirildi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tizimiga shu soha uchun masul vazirning birinchi orinbosari lavozimi kiritildi. Har bir mamlakat bilan ishlash boyicha alohida boshqarmalar tashkil qilindi. Bundan tashqari, mutasaddi rahbarlar boshchiligida maxsus ishchi guruhlar tuzildi.

Yigilishda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi ustuvor loyihalar boyicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.

Togridan-togri xorijiy investitsiyalarni ozlashtirish holati juda sustligi, ulkan moliyaviy imkoniyatlardan samarali foydalanilmayotgani tanqid qilindi. Erishilgan kelishuvlar va qoshma loyihalar ijrosini oz vaqtida va sozsiz taminlash boyicha qoshimcha topshiriqlar berildi.

Shu bilan birga, ish orinlari yaratib, xalqqa foyda keltiradigan, iqtisodiy samarador yangi loyihalar ishlab chiqish boyicha ham vazifalar belgilandi.

Taraqqiy etgan mamlakatlarda investitsiyalar jalb etish boyicha tajriba Birlashgan Arab Amirliklari misolida korib chiqildi. Eng zamonaviy yondashuv va ish yuritish uslublarini soha va tarmoqlarimiz faoliyatiga jalb etish, ushbu mamlakatdan mutaxassislar taklif etgan holda yoki onlayn tarzda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida malaka oshirish va tajriba organishni tashkil etish masalasi muhokama qilindi, bu borada aniq vazifalar belgilab berildi.

Yigilishda togridan-togri xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda, Toshkent shahrida zamonaviy sanoat korxonalari tashkil etishga qaratilgan ishlar ijrosi ham tahlil qilindi. Bu loyihalar shaharning mavjud infratuzilmasidan samarali foydalangan holda bozorbop mahsulotlar ishlab chiqarish, ayniqsa, aholini ish bilan taminlash jihatidan muhimligi qayd etilib, ularni tezroq ishga tushirish boyicha korsatmalar berildi.

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish tizimini takomillashtirish masalasiga alohida etibor qaratildi. Davlatimiz rahbari investitsiya sohasiga doir qonunchilik xalqaro normalarga muvofiqlashtirilishi, ular har bir investorga ishonch va kafolat bolib xizmat qilishi zarurligini takidladi.

Yigilishda berilgan topshiriqlar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

OzA



DB query error.
Please try later.