O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
30.04.2019

OZBEKISTON PREZIDENTINING QIRGIZISTON PREZIDENTI BILAN TELEFON ORQALI MULOQOTI TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 aprel kuni Qirgiziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbarlari Ozbekiston va Qirgiziston ortasidagi kop asrlik dostlik va yaxshi qoshnichilik munosabatlarining kengayishi va mustahkamlanishida, turli sohalardagi serqirra hamkorlik rivojida kuzatilayotgan barqaror ijobiy tendensiyani katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Tovar ayirboshlash hajmi izchil ortib, ishlab chiqarish kooperatsiyasi kolami kengaymoqda, energetika, transport va qishloq xojaligi sohalaridagi ozaro manfaatli hamkorlik rivojlanmoqda.

Chegaraoldi viloyatlar hokimlari kengashi hamda Parlamentlararo hamkorlik boyicha komissiya yigilishlari sheriklikni yanada kengaytirishda katta salohiyat va qat’iy intilish mavjudligini korsatdi.

Suhbatda ilgari erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirish, hududlararo hamkorlik imkoniyatlarini toliq ishga solish, shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish muhimligi alohida qayd etildi.

Prezidentlar mintaqaviy infratuzilma loyihalarini korib chiqishga alohida etibor qaratdilar. Xususan, Xitoy – Qirgiziston Ozbekiston temir yolini qurish loyihasini amalga oshirish muhim va iqtisodiy jihatdan dolzarb ekani takidlandi.

Tomonlar ushbu loyihaning barcha ishtirokchilari ortasida ozaro anglashuv mavjudligini va ularning hamkorlikka tayyor ekanini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Muloqot songgida davlat rahbarlari qardosh xalqlarimiz farovonligi va manfaati yolida hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, Ozbekiston bilan Qirgiziston ortasidagi ananaviy dostlik, yaxshi qoshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash borasida intilishlari qatiy ekanini yana bir bor tasdiqladilar.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: