O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
16.04.2019

QOZOGISTON YaQIN QOShNIMIZ, IShONChLI HAMKORIMIZ VA QALIN ShERIGIMIZ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozogiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 14-15 aprel kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boldi.

Ozbekiston mustaqillikning ilk kunlaridan Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan, Qozogiston bilan ozaro ishonch va yaxshi qoshnichilikka asoslangan munosabatlarni rivojlantirish yolidan bordi. Xalqlarimiz nafaqat yaqin qoshni, balki qardosh sifatida kop qirrali hamkorlikning barcha masalalari boyicha azaldan bir-birlarini tushunib, qollab-quvvatlab kelgan. Otgan yillar davomida bu aloqalar yanada mustahkamlandi, mamlakatlarimiz yaxshi qoshni va ozaro manfaatli hamkor sifatida taraqqiyot yolidan yelkama-elka bormoqda.

Davlatlarimiz ortasida strategik sheriklikni mustahkamlashda Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogistonning Birinchi Prezidenti — Elboshi Nursulton Nazarboyevning hissasi beqiyos.

Prezidentimizning ochiq va pragmatik siyosati, xorijiy davlatlar, avvalo, qoshni mamlakatlar bilan dostona va ozaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish borasidagi tashabbuslari natijasida Ozbekiston Qozogiston hamkorligi yangi bosqichga kotarildi.

Prezidentimizning 2017 yil 22-23 mart kunlari Qozogistonga davlat tashrifi mamlakatlarimiz munosabatlari rivojida tarixiy davrni boshlab berdi. Osha yili 16-17 sentabr kunlari Qozogiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning mamlakatimizga davlat tashrifi oliy darajadagi muloqotlarning izchil davomi boldi.

Otgan qisqa vaqtda ikki tomonlama aloqalarda ilgari kuzatilmagan yuqori natijalarga erishildi. Ikki davlat rahbarlarining muntazam uchrashuv va muloqotlari mamlakatlarimiz ortasidagi aloqalarni yanada mustahkamladi.

Qozogiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning mazkur davlat tashrifi mamlakatlarimiz ortasidagi dostlik, yaxshi qoshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirishda navbatdagi qadam sifatida ikki tomon uchun birdek manfaatlidir.

Tashrifning asosiy tadbirlari 15 aprel kuni bolib otdi.

Koksaroy qarorgohida Qozogiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boldi.

Shundan song Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart Toqayev tor doirada uchrashuv otkazdi.

Prezidentimiz Qozogiston Prezidentini Ozbekistonga tashrifi bilan qutlab, mazkur tashrif ikki davlat ortasidagi muloqotlarning mantiqiy davomi ekanini ta’kidladi.

Sizning Qozogiston Respublikasi Prezidenti sifatida Ozbekistonga ilk davlat tashrifi bilan kelganingizni juda yuksak qadrlaymiz. Biz buni ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarining yana bir asosi deb bilamiz. Qozogiston bizning yaqin qoshnimiz, ishonchli hamkorimiz va qalin sherigimizdir. Biz hech qachon bir-birimizdan ajralmaymiz, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Qozogiston Prezidenti taklif uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik izhor qilib, muzokaralar samarali otishiga ishonch bildirdi.

Xalqlarimizning tarixi, dini, tili bir, oxshash madaniy qadriyatlarga ega. Siz, hurmatli Shavkat Miromonovich va Qozogistonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev davlatlararo munosabatlarni yuqori bosqichga olib chiqdingiz. Bu suratni saqlab qolishni ozimning asosiy vazifam deb bilaman. Qozogistonda qardosh Ozbekiston bilan aloqalarga talab juda katta, dedi Qosim-Jomart Toqayev.

Bugungi kunda mamlakatlarimiz ortasidagi munosabatlar barcha sohalarda izchil taraqqiy etmoqda. 1998 yilda imzolangan Ozbekiston Respublikasi bilan Qozogiston Respublikasi ortasida Abadiy dostlik togrisidagi shartnoma, 2013 yilda qabul qilingan Ozbekiston Respublikasi bilan Qozogiston Respublikasi ortasida Strategik sheriklik togrisidagi shartnoma ozaro hamkorlikka mustahkam asos bolmoqda.

Ozbekiston bilan Qozogiston BMT, ShHT, MDH, IHT, Orolni qutqarish xalqaro jamgarmasi kabi xalqaro tuzilmalar doirasida samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Qozogiston mamlakatimiz tashabbusi bilan BMT shafeligida tashkil etilgan Orolboyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boyicha kop tomonlama sheriklik asosidagi Trast fondi faoliyatini qollab-quvvatladi.

Prezidentlar mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va xalqaro ahamiyatga molik muhim masalalar yuzasidan fikr almashdi. Jumladan, ikki va kop tomonlama tuzilmalar doirasida xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, narkotiklarning noqonuniy muomalada bolishi, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, noqonuniy migratsiya va xalqaro xavfsizlikka tahdid soladigan boshqa xavf-xatarlarga qarshi kurashish boyicha birgalikda choralar korishga kelishib olindi.

Davlat rahbarlari Afgoniston iqtisodiyotini qayta tiklash va ushbu mamlakat bilan uzoq muddatli yaxshi qoshnichilik aloqalarini rivojlantirish, jumladan, transport kommunikatsiyalari, talim va sogliqni saqlash sohalarida yirik loyihalarni amalga oshirish zarurligini takidladilar.

Oliy darajadagi muzokaralar chogida davlat rahbarlari Ozbekiston Qozogiston hamkorligining istiqbolli yonalishlari, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni ham muhokama qildilar.

Ozbekiston va Qozogiston rasmiy delegatsiyalari ishtirokidagi kengaytirilgan muzokarada mamlakatlarimiz ortasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlash masalalariga etibor qaratildi.

Qozogiston Ozbekistonning eng muhim savdo-iqtisodiy sheriklaridan biridir. Keyingi yillarda iqtisodiyotning yetakchi soha va tarmoqlarida jadallashgan aloqalar tufayli ozaro savdo hajmi 2018 yilda qariyb 50 foiz osib, 3 milliard dollardan oshdi.

Tomonlar yaqin yillarda bu korsatkichni 5 milliard dollarga yetkazishga intilishini tasdiqladi. Ozbekiston va Qozogiston ortasida ikki tomonlama hamkorlik boyicha Hukumatlararo komissiyaga savdo aloqalari nomenklaturasini kengaytirish, iqtisodiy hamkorlikning yangi uzoq muddatli shakllarini topish va rivojlantirish vazifasi qoyildi.

Bu ozaro manfaatli iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga, savdo, investitsiyalar, logistika sohalarida yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, integratsiyalashgan sanoat texnoparklari, ilmiy-innovatsion klasterlar va erkin iqtisodiy zonalar tashkil etishga xizmat qiladi.

Tomonlar 2018 yil noyabr oyida Chimkent shahrida otgan birinchi Ozbekiston Qozogiston hududlararo hamkorlik forumi va 2019 yil martda Toshkent shahrida otgan Markaziy Osiyo mamlakatlarining birinchi mintaqaviy iqtisodiy forumi yakunlarini ijobiy baholadi.

Bugungi kunda yurtimizda Qozogiston kapitali ishtirokidagi 336 ta korxona va 16 ta kompaniya vakolatxonasi, Qozogiston hududida Ozbekiston ishbilarmonlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan 199 ta korxona faoliyat korsatmoqda. Ular tomonidan savdo, transport-logistika va boshqa xizmatlar korsatilib, qurilish materiallari hamda keng turdagi xalq istemoli mollari ishlab chiqarilmoqda.

Mamlakatlarimiz avtomobil va temir yollarda yuk va yolovchi tashishda samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Bu muhim kommunikatsiya tarmogi uchinchi davlatlar uchun ham tranzit vazifasini otamoqda. Ozbekiston va Qozogiston hududlaridan tashqi savdo yuklarini tashishda ozaro preferensiyalar va qoshimcha imtiyozlar joriy etilgani savdo hajmini sezilarli oshirish imkonini bermoqda.

Davlat rahbarlari Ozbekiston Qozogiston davlat chegarasini demarkatsiya qilish, shuningdek, otkazish punktlarining samarali faoliyatini taminlash jarayoni muvaffaqiyatli davom etayotgani, bu ikki mamlakat chegaradosh hududlari aholisining turmush sharoitini salmoqli darajada yaxshilash, transchegaraviy iqtisodiy aloqalar va gumanitar almashinuvlarni jonlantirish, fuqarolarning ozaro tashriflarini faollashtirishga xizmat qilganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Tomonlar Orolni qutqarish xalqaro jamgarmasi doirasida mintaqa davlatlarining xalqaro tashkilotlar, moliya va ekologiya institutlari bilan Orol dengizi havzasida muayyan dastur va loyihalarni amalga oshirish boyicha ozaro hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi.

Muzokaralarda transport, logistika, sanoat kooperatsiyasi sohalarida qoshma loyihalarni amalga oshirish boyicha kelishuvlarga erishildi. Transport kommunikatsiyalari sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, mamlakatlarimizning eksport salohiyati va tranzit imkoniyatlarini kengaytirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar ishlab chiqish zarurligi takidlandi.

Ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi boldi. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Qoshma bayonotni imzoladilar.

Ikki mamlakat ortasidagi hamkorlikning turli sohalariga oid 10 ga yaqin hujjat imzolandi. Soliq rezidentligini tasdiqlovchi rasmiy hujjatlarni tan olish tartibi, Ozbekiston va Qozogistonda faoliyat yuritayotgan ikki mamlakat fuqarolarining mehnat huquqlarini himoya qilish, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish togrisida bitimlar, “Markaziy Osiyo” savdo-iqtisodiy hamkorlik markazini tashkil etish togrisida memorandum va boshqa sohalarga oid kelishuvlar shular jumlasidandir.

Shuningdek, Tashqi ishlar vazirliklari ortasida 2019-2020 yillarga moljallangan hamkorlik dasturi, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boyicha qomita bilan Qozogiston Respublikasi Axborot va ijtimoiy rivojlanish vazirligi ortasida hamkorlik togrisida memorandum qabul qilindi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifingda davlat rahbarlari muzokaralar ananaviy dostlik, ozaro hurmat, ishonch va ochiqlik ruhida otganini, ikki tomonlama munosabatlarning muhim masalalari, ozaro manfaatli mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb muammolar muhokama qilinganini alohida takidladilar. Tashrif chogida Ozbekiston va Qozogiston Prezidentlari ortasida erishilgan kelishuvlar, imzolangan hujjatlar mamlakatlarimiz hamkorligini yangi sifat bosqichiga olib chiqishi qayd etildi.

Kunning ikkinchi yarmida Qozogiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi. Oliy martabali mehmon hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bolgan Mustaqillik va ezgulik monumentiga gul qoydi.

Matnazar ELMURODOV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: