O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
16.04.2019

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozbekistonda Qozogiston yilining tantanali ochilish marosimidagi nutqi

Hurmatli Qosim-Jomart Kemelevich!

Xonimlar va janoblar!

Assalomu alaykum, aziz mehmonlar!

Siz, azizlarni mehmondo‘st Ozbekiston zaminida yana bir bor qutlaymiz.

Butun Ozbekiston xalqi nomidan birodar Qozogiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Kemelevich Toqayevni mamlakatimizga ilk bor davlat tashrifi munosabati bilan chuqur mamnuniyat izhor etishga ruxsat bergaysiz.

Hurmatli Qosim-Jomart Kemelevich!

Aziz dostlar!

Xonimlar va janoblar!

Bugun sizlarni Ozbekistonda Qozogiston yilining tantanali ochilish marosimida qutlashdan mamnunman.

Qozogiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, Elboshi, ogam, muhtaram Nursulton Abishevich Nazarboyevning 2017 yil sentabr oyida mamlakatimizga davlat tashrifi chogida biz otgan yili Qozogistonda Ozbekiston yilini, bu yil esa yurtimizda Qozogiston yilini otkazishga kelishib olgan edik.

Fursatdan foydalanib, kopmillatli Ozbekiston xalqi nomidan Nursulton Abishevichga mamlakatlarimiz ortasidagi dostlik, yaxshi qoshnichilik va sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qoshgan beqiyos hissasi, shuningdek, mamlakatingizda otkazilgan ajoyib, yorqin va unutilmas Ozbekiston yili tadbirlari uchun samimiy minnatdorlik izhor qilmoqchiman.

Bugun muhtaram Qosim-Jomart Kemelevich bilan birgalikda Ozbekistonda Qozogiston yilining ochilishi mamlakatlarimiz ortasida strategik sheriklik munosabatlari jadal rivojlanib, ozaro ishonch va qollab-quvvatlash, birodarlik rishtalari uzviy mustahkamlanib borayotganidan dalolatdir.

Bu muhim voqelik, shuningdek, xalqlarimiz ortasidagi azaliy va samimiy dostlik, madaniy va ma’naviy yakdillik ramzidir.

Qozogistonning Abay Qononboyev, Muxtor Avezov, Axmet Baytursunov, Ilyos Yesenberlin, Oljas Sulaymonov va boshqa koplab atoqli madaniyat namoyandalari tinchlik va ezgulikni asrash, xalqlarimizga xos yuksak insoniy fazilatlarni tarannum etgan.

Ozining joshqin asarlari bilan ular ushbu ezgu qadriyatlarni hozirgi avlodga yetkazish, mamlakatlarimiz, xalqlarimiz ortasidagi ananaviy dostlik va yaxshi qoshnichilik munosabatlarini kengaytirishga ulkan hissa qoshgan.

Shu munosabat bilan men hamkorligimiz kelajagiga katta nekbinlik bilan qaramoqdaman va Ozbekistondagi Qozogiston yili tadbirlari ushbu kop asrlik aloqalarni yanada mustahkamlashiga ishonchim komil.

Bugungi kunda Qozogiston butun dunyoga davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida, jumladan, zamonaviy raqobatbardosh iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi turmush darajasi va sifatini izchil oshirish boyicha erishilgan salmoqli muvaffaqiyatlarini namoyon qilayotganini katta mamnuniyat bilan takidlamoqchiman.

Ishonchim komilki, mamlakatimizda Qozogiston yili tadbirlari nafaqat ushbu yonalishdagi ishlar natijalarini namoyish qilish imkonini beradi, balki mamlakatlarimiz sanati, ilm-fani, talimi, biznesi vakillari ortasida ozaro manfaatli aloqalarni kengaytirish, bilim va yutuqlarni almashish uchun yangi ufqlar ochib beradi.

Bularning barchasi madaniyatlarni boyitish, xalqlarimizni yanada yaqinlashtirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Yurtimizda yaqinda otkazilgan Xalqaro baxshichilik sanati festivalida qozogistonlik Uljan Baybusinova Gran-priga sazovor bolgani ham quvonarli hol.

Barcha qozogistonlik dostlarimizni samimiy qutlayman!

Aziz dostlar!

Oylaymanki, Ozbekistonda Qozogiston yili qardosh mamlakat sanat ustalarining katta konsert dasturi – kopmillatli Qozogistonning yorqin va serqirra namoyishi bilan boshlanishida ramziy mano mujassam.

Darhaqiqat, sheriyat, musiqa va qoshiq xalqlarning eng pok va gozal orzu-umidlari, ezgu intilishlarini ifoda etadi.

Shu munosabat bilan qozogistonlik dostlarimiz, barcha ishtirokchilarga ushbu bayram konsertini tashkil qilganliklari uchun samimiy minnatdorlik izhor qilmoqchiman.

Hurmatli dostlar!

Qozoq xalq maqolida aytilganidek: «Tu-s ja-qn ja-qn yemes, qon-s ja-qn ja-qn».

Biz qardosh Qozogiston bilan yolga qoyilgan dostlik va yaxshi qoshnichilik rishtalarini qadrlaymiz va eng yaqin qoshnimiz bilan muloqot hamda kop qirrali hamkorlikni mustahkamlashga intilamiz.

Biz bir-birimizga hamisha yelkadosh bolib kelganmiz, xavf-xatarlarga qarshi birgalikda kurashganmiz, bugun esa umumiy yorqin kelajagimizni ham birga qurmoqdamiz.

Oylaymanki, ulug bobokalonlarimiz Alisher Navoiy va Abay Qononboyevlarning muqaddas ruhi bizni bu yolda qollab-quvvatlaydi.

Biz xalqlarimiz, farzandlarimiz va nabiralarimiz tinchligi va farovonligi yolida qolimizdan kelgan barcha ishlarni qilamiz!

Hurmatli Qosim-Jomart Kemelevich!

Muhtaram qozogistonlik dostlar!

Bugungi kun ozbek-qozoq munosabatlarida yangi, tarixiy sana sifatida xalqlarimiz ortasidagi qardoshlik aloqalarini rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratadi, deb ishonaman.

Yana bir bor Ozbekistonga xush kelibsiz!

Etiboringiz uchun rahmat!


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: