O'zb  
 
02.04.2019

UKRAINA PREZIDENTLIGIGA IKKI NOMZOD QOLDI

31 mart kuni Ukrainada prezidentlik saylovlarining birinchi turi bo‘lib otdi. Saylov byulletenlarida 31 nafar nomzod nomi korsatilgan, lekin asosiy kurash besh nomzod ortasida kechishi taxmin qilingandi.

Ukraina Markaziy saylov komissiyasi ovozlarning 60 foizini sanab chiqqandan song, hech bir nomzod yetarlicha ovoz toplay olmagani haqida rasman ma’lum qildi. Yani, qonunchilikka muvofiq mamlakatda prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi otkaziladigan boldi.

«Ikkinchi tur bolib otadi», deya xabar berdi TASS Ukraina Markaziy saylov komissiyasi raisining sozlariga tayangan holda.

Malum bolishicha, prezidentlikka nomzod Vladimir Zelenskiy dastlabki hisob-kitoblarga kora birinchi turda 32 foizdan koproq ovoz olgan, yana bir nomzod Petro Poroshenkoni 18 foizga yaqin saylovchi qollab-quvvatlagan. Saylovda yetakchi deb qaralgan nomzodlardan yana biri Batkivina partiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenko esa 14 foizdan koproq ovoz toplagani aytilmoqda.

Birinchi tur natijalariga kora, yetakchilik qilayotgani takidlanayotgan Vladimir Zelenskiy haqida nimalarni bilamiz?

U 41 yoshda, aktyor. Napoleon va Ukraina prezidenti rollarini ijro etgan bu aktyor ehtimol chindan Prezidentga aylanishi mumkin. Zelenskiy Xalq xizmatkori (Sluga naroda) filmida oqituvchilikdan Ukraina prezidentiga aylangan shaxs rolini ijro etgan.

Saylovoldi dasturida bir muddatga prezident bolmoqchiligi va ilgari suradigan birinchi qonun loyihasi — xalq hokimiyati haqida bolishini malum qilgan. Xalq hokimiyatga referendum orqali vazifalar qoyishi mumkin, deya takidlagan. Bundan tashqari, u har bir tadbirkorga oz daromadlarining 5 foizini qonuniylashtirishga imkon berilishi, har bir bola davlat tomonidan ozlashtirilayotgan tabiiy zaxiralardan oz hisobiga daromad yigib bora olishini vada qilgan.

Axborotlarga kora, Ukrainaning 11 millionga yaqin fuqarosi prezident saylovida ovoz bermagan.

Ukraina Markaziy Saylov komissiyasi ovoz berish yakunlarini 10 aprelga qadar elon qiladi. Ikkinchi tur 21 aprel kuniga belgilangan.

Xorij OAV xabarlari asosida tayyorlandi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: