O'zb  
 
02.04.2019

Birlashgan Arab Amirliklariga oliy darajadagi tashrif yakunida qabul qilingan kelishuv va bitimlarni amalga oshirish boyicha asosiy vazifalar belgilab berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 aprel kuni otgan hafta Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrif doirasida erishilgan kelishuv va bitimlarni amalga oshirish masalalariga bagishlangan yigilish otkazdi.

Avval xabar qilinganidek, davlatimiz rahbari Abu-Dabi va Dubay shaharlarida Abu-Dabi Amirligi valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli Kuchlari Oliy Bosh qomondoni orinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon, BAA Vitse-prezidenti, Bosh vazir, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum hamda ushbu mamlakat hukumati a’zolari va qator yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan samarali uchrashuv va muzokaralar otkazdi.

Ikki tomonlama tadbirlar yakunida Qoshma bayonot hamda qator muhim kelishuvlar, jumladan, umumiy qiymati 10 milliard dollardan ziyod bolgan istiqbolli investitsiya loyihalari va dasturlarini amalga oshirish boyicha bitimlar imzolandi.

Ushbu kelishuvlar innovatsiyalar, neft-gaz tarmogi, ananaviy va muqobil energetika, zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish, transport va logistika, qishloq xojaligi, turizm, talim kabi ozaro hamkorlikning ustuvor yonalishlarini qamrab olgan.

Takidlash joizki, tashrif davomida BAAning oliy darajadagi rahbariyati Ozbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlar va yangilanishlarni bir necha bor etirof etib, ularni toliq qollab-quvvatladi. Amirliklar ishbilarmon doiralari mamlakatimizga tobora katta qiziqish bildirayotgani Ozbekistonga ishonch ortib borayotganidan dalolat beradi.

Yigilishda Prezidentimiz erishilgan kelishuvlarning oz vaqtida va sozsiz ijrosini taminlash lozimligini qayd etib, qabul qilingan «yol xaritasi»ni amalga oshirishni samarali usul va mexanizmlarni joriy etgan holda darhol boshlash muhim ekanini takidladi.

BAAning yetakchi kompaniya va tashkilotlari bilan birgalikda amalga oshiriladigan ustuvor qoshma loyihalar sifatida Navoiy quruqlik porti va erkin iqtisodiy zonasini rivojlantirish, mamlakatimizda uglevodorodlar qazib olishni kopaytirish va ularni chuqur qayta ishlash, Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasi va boshqa IESlarni modernizatsiya qilish va kengaytirish, quyosh va shamol elektr stansiyalarini, Sirdaryo viloyatida ammiak va karbamid ishlab chiqarish zavodini barpo etish va boshqalar belgilandi.

Bundan tashqari, agrosanoat klasterlarini tashkil etish va mamlakatimiz qishloq xojaligi eksport salohiyatini yuksaltirish, Samarqand shahrida turizm va kommunal infratuzilmani, ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish boyicha qoshma loyihalarni amalga oshirish, tadbirkorlik tashabbuslarini, jumladan, Abu-Dabi taraqqiyot fondi ishtirokida tasis etilayotgan nizom jamgarmasi 1 milliard dollar bolgan investitsiya kompaniyasi mablaglarini jalb etgan holda qollab-quvvatlash masalalari korib chiqildi.

Yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sohasidagi sheriklikni kengaytirish, Masdar kompaniyasi va Al Xalifa universiteti bilan kop qirrali hamkorlikni mustahkamlash masalalariga ham alohida etibor qaratildi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirish va loyihalarni qollab-quvvatlash maqsadida BAAda oz vakolatxonasini ochadi.

Davlatimiz rahbari yol xaritasida belgilangan tadbirlarni oz vaqtida amalga oshirish boyicha aniq topshiriqlar berdi.

Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, tarmoq kompaniyalari rahbarlariga eng qisqa muddatda investitsiya loyihalarining tarmoq jadvalini tasdiqlash va ularni amalga oshirishni boshlash, oliy darajada erishilgan Ozbekiston – BAA kelishuvlarining sozsiz ijrosini taminlash boyicha samarali mexanizmlarni joriy etish vazifasi qoyildi.

OzA



DB query error.
Please try later.