O'zb  
 
26.03.2019

UKRAINA PREZIDENTLIK SAYLOVIGA HAR TOMONLAMA HOZIRLANMOQDA

Saylov yaqinlashgani sayin mish-mishlar ham, bashoratlar ham ko‘paymoqda. Shuningde, Rossiya bilan chegarada vaziyat keskinligicha qolayotgani, ammo nazorat ostida ekani aytilmoqda. Ayni vaqtda nazorat punktlarida va ularning tashqarisida ham chegara patrullari mavjud bolib, jarayonga boshqa huquqni muhofaza qilish organlari ham jalb etilgan. 14 mart kuni Ukraina «Yatsenyuk devori» loyihasiga qaytganini ma’lum qildi. Chegara hududida turli tosiqlar ornatilmoqda. Qurilish ishlari 2021 yilda yakunlanishi rejalashtirilgan.

Ukrainada prezidentlik saylovlari shu yil 31 mart kuniga belgilangan. Saylov byulletenlarida 39 nafar nomzod korsatilgan. Saylovoldi kampaniyasi davrida aktyor va komik Vladimir Zelenskiy, sobiq bosh vazir Yuliya Timoshenko, amaldagi prezident Petro Poroshenko hamda Muxolif platforma — Hayot uchun partiyasi asoschisi Yuriy Boyko yetakchilik qilayotgani aytilmoqda.

Internetdagi xabarlar asosida tayyorlandi.



DB query error.
Please try later.