O'zb  
 
26.03.2019

OSTONA SHAHRINING NOMI OZGARDI

Qozog‘iston Prezidenti matbuot xizmati xabar berishicha yangi davlat rahbari Qosim-Jomart Toqayev mamlakat poytaxti Ostonani Nur-Sulton deya qayta nomlash togrisida farmon imzoladi. Unga kora, Qozogiston Respublikasi poytaxti Ostona shahri — Qozogiston Respublikasi poytaxti Nur-Sulton, deya qayta nomlanishi belgilangan. Farmon e’lon qilinganidan boshlab kuchga kirgan. Prezident shu kunning ozidayoq mamlakat Konstitutsiyasiga ozgartirish kiritish haqidagi qonunga ham imzo chekkan.

Ostona nomini mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev sharafiga qayta nomlash tashabbusi 20 mart kuni yangi prezident Toqayev tomonidan bildirilgandi. U birinchi prezident nomini abadiylashtirish maqsadida shaharlardagi markaziy kochalarga ham Nursulton Nazarboyev nomini berishni taklif qilgan. Parlament osha kuni qoshma yigilishda mamlakat konstitutsiyasiga tegishli ozgartirishlarni qabul qildi.

19 mart kuni Qozogistonning birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev oz vakolatlarini topshirishini malum qildi. Konstitutsiyaga kora, prezidentlik lavozimi Senat spikeri Qosim-Jomart Toqayevga otdi, 20 mart kuni u davlat rahbari sifatida ishga kirishdi. Toqayev 2020 yilning apreligacha, yani keyingi prezidentlik saylovigacha davlatni boshqaradi. 20 mart kuni Toqayevning orniga Nursulton Nazarboyevning qizi Dariga Nazarboyeva Senat raisi etib saylandi.

Internetdagi xabarlar asosida tayyorlandi.




DB query error.
Please try later.