O'zb  
 
05.02.2019

XORIJIY DAVLATLAR BILAN HAMKORLIKKA OID YOL XARITALARI IJROSI KORIB CHIQILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 fevral kuni Germaniya, Fransiya, Hindiston va Birlashgan Arab Amirliklari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, qabul qilingan «yol xaritalari» ijrosini sozsiz ta’minlash masalalariga bagishlangan yigilish otkazdi.

Investitsiya iqtisodiy taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchidir. Shu bois, bu masala davlatimiz rahbarining doimiy etiborida bolib kelmoqda. 2019 yil mamlakatimizda Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili deb elon qilindi. Bu yonalishdagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida Ozbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashkil etildi.

Yigilishda mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb etish orqali biznesni rivojlantirish, ish orinlari yaratish boyicha muayyan ishlar amalga oshirilayotgani, lekin bu hali yetarli emasligi takidlandi.

Investitsiya bilan shugullanuvchi kadrlar yetishmaydi. Investorlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, mavjud infratuzilmani rivojlantirish zarur. Shu bois, bu soha boyicha hali yana kop ishlashimiz, izlanishimiz kerak. Xorijdan investitsiya kirmasa, mamlakat rivojlanmaydi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Keyingi yillarda Ozbekistonning yetakchi xorijiy davlatlar bilan aloqalari jadal rivojlanib, yangi mazmun bilan boyib bormoqda. Siyosiy muloqotlar va delegatsiyalar almashuvi faollashyapti.

Davlatimiz rahbarining xorijiy mamlakatlarga tashriflari davomida ozaro hamkorlik va sheriklik munosabatlari yangi bosqichga kotarilgani, jumladan, Ozbekiston bilan Germaniya, Fransiya, Hindiston va Birlashgan Arab Amirliklari ortasida umumiy qiymati 14 milliard AQSh dollaridan ortiq bolgan manfaatli shartnoma va kelishuvlar imzolangani qayd etildi.

Fransiya va Germaniya kabi nafaqat Yevropa Ittifoqi, balki jahonning yetakchi davlatlari Ozbekistonning ishonchli va istiqbolli sheriklaridan bolib, tashriflar ozaro hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda.

Ushbu mamlakatlardan avvalo, zamonaviy texnologiyalar, innovatsiyalar, ilgor tajriba va boshqaruv menejmentini yurtimizga jalb etish ustuvor vazifadir. Investitsiyaviy loyihalar boyicha bitim va kelishuvlarning ijro muddati, masul idoralar va shaxslar yol xaritalarida aniq korsatilgan.

Davlatimiz rahbari xalqimiz farovonligiga xizmat qiluvchi istiqbolli loyihalarni oz vaqtida va toliq bajarish zarurligini takidladi.

Shu maqsadda Germaniya bilan tuzilgan Investitsiya va texnologiyalar boyicha qoshma qomitaning ishchi guruhi Yol xaritasidagi loyihalar monitoringi va sozsiz amalga oshirilishiga javob beradi. Shunday tizimli ishni boshqa davlatlar bilan ham tatbiq qilish kerakligi qayd etildi.

Prezidentimiz otgan yili oktabr oyida Nyu-Dehlida va joriy yil yanvar oyida Gujaratda Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashib, ushbu tashriflar natijasida salkam 3,5 milliard dollarga teng investitsiyaviy loyihalar va savdo bitimlarini amalga oshirishga kelishib olingan edi. Ushbu bitimlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sogliqni saqlash va farmatsevtika, innovatsiya, qishloq xojaligi, agroklasterlar, talim kabi sohalarga oiddir.

Andijonda farmatsevtika sohasi boyicha birinchi qoshma erkin iqtisodiy zona va Sharda universiteti, Toshkentda texnopark va Amiti universitetining ochilishi, zamonaviy tibbiyot klinikalari qurilishi va shu kabi qator loyihalar ijrosi toliq taminlanishi zarurligi qayd etildi.

Arab-musulmon dunyosida katta nufuzga va ulkan salohiyatga ega Birlashgan Arab Amirliklari bilan ham ikki va kop tomonlama hamkorlikni davlatlarimiz imkoniyatlariga mos darajaga kotarish yolida izchil qadamlar tashlanmoqda. Keyingi paytlarda ushbu mamlakat bilan delegatsiyalar almashuvi faollashib, loyihalar boyicha jadal tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Yigilishda BAAning moliyalashtirish imkoniyatlari va investitsiyalarini Ozbekistonga jalb qilish xususida ham soz yuritildi.

Yol xaritalaridagi har bir loyiha sifatli va oz muddatida bajarilishiga erishish, muammoli loyihalar boyicha yangi hamkorlarni izlab topishga asosiy etibor qaratish zarurligi qayd etildi.

Yigilishda xorijiy sheriklar bilan ozaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirishga qaratilgan bu kabi qatiy say-harakatlar mamlakatimizning barqaror taraqqiyoti va xalqimiz farovonligiga xizmat qilishi takidlandi.

Xorijiy investitsiyalar boyicha erishilgan kelishuvlar ijrosi yuzasidan mutasaddilar axboroti tinglandi.

OzA



DB query error.
Please try later.