O'zb  
 
22.01.2019

GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASI

· Germaniya Federativ Respublikasi Markaziy Yevropadagi eng rivojlangan davlatlardan biri. Maydoni — 357 ming km2. Aholisi 82,8 million kishi. Poytaxti Berlin shahri. Ma’muriy jihatdan 16 hududga, okruglarga, tumanlarga bo‘linadi. Amaldagi Konstitutsiyasi 1949 yil 23 mayda qabul qilingan.

Yirik shaharlari: Berlin, Gamburg, Myunxen, Kyoln, Frankfurt, Dortmund, Shtutgart, Dyusseldorf, Gannover, Nyurnberg, Leypsig, Drezden.

Germaniya iqtisodiyotining asosiy tayanchi sanoatdir. Bugungi kunda Germaniyada 3,5 millionga yaqin kichik va orta biznes subektlari faoliyat yuritadi. Mamlakatdagi 70 foiz aholi kichik va orta biznes sohasida mehnat qiladi. Sanoatining asosiy tarmoqlari mashinasozlik, kimyo sanoati, elektr texnika, oziq-ovqat, metallurgiya, konchilik, toqimachilik, aviatsiya va kosmik yonalishdir.

Mamlakat eksport hajmi boyicha dunyoda 3-orinni egallaydi. Jahondagi toqimachilik va metallurgiya sanoati texnologiyalarining 32 foizi mamlakat hissasiga togri keladi. Chetga asosan avtomobil, dastgohlar, kimyo mahsulotlari va elektr texnika buyumlari chiqaradi. Dunyoga mashhur Audi, BMW, Mercedes-Benz, Opel, Volkswagen, Porsche kabi avtomobillar ushbu mamlakatda ishlab chiqariladi.

Qishloq xojaligining asosiy mahsulotlari bugdoy, arpa, qand lavlagi, kartoshka, shuningdek, uzum, meva-sabzavot. Yevropa Ittifoqida galla yetishtirish va chorvachilik boyicha 2-orinda, sut ishlab chiqarish boyicha esa 1-orinda turadi.

Germaniya hududining qariyb uchdan bir qismi ormon bilan qoplangan. 2020 yilga kelib mamlakat elektr energiyaga bolgan talabining 40 foizini qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olishni rejalashtirgan.

Bugungi kunda Germaniyada 6200 muzey, 820 teatr va 8800 kutubxona faoliyat yuritmoqda.

Aholisining 90 foizdan koprogi nemislar; qisman daniyaliklar va gollandlar yashaydi. Shahar aholisi 85 foizdan ortiq. Mamlakatda 7,2 million chet ellik yashaydi. Arxeologiya malumotlariga kora, Germaniya hududida inson 500-300 ming yillar muqaddam paydo bolgan.

Ozbekiston Germaniya munosabatlari 1992 yildan boshlangan.

Bugungi kunda Ozbekistonda germaniyalik investorlar ishtirokida 132 ta firma va kompaniya faoliyat yuritmoqda. Shundan 33 tasi yuz foiz nemis kapitali asosida tuzilgan, 31 tasi yurtimizda oz vakolatxonasini ochgan. Ozbekiston milliy banki Germaniyaning 57 ta banki bilan aloqa ornatgan. Toshkentda «Doyche-bank»bolimi tashkil etilgan.



DB query error.
Please try later.