O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
20.09.2018

YEVROPA PARLAMENTI DELEGATSIYASI OZBEKISTONDA

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida 19 sentabr kuni Kristian Dan Preda boshchiligidagi Yevropa parlamenti Tashqi ishlar qomitasi delegatsiyasi bilan uchrashuv boldi.

Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qomitasi raisi A.Kurmanov mehmonlarni Harakatlar strategiyasi doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlar bilan tanishtirdi. Davlat qurilishini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, soz erkinligi va inson huquqlari himoyasini mustahkamlash borasida parlament rolini yanada oshirish boyicha izchil ishlar qilinayotgani takidlandi.

Ozbekiston barcha yonalishda, xususan, tashqi siyosat sohasida ham ozaro manfaatga asoslangan pozitsiyasini namoyon etmoqda. Jahon hamjamiyati mamlakatimiz bilan savdo-iqtisodiy, siyosiy, madaniy-gumanitar jabhalarda hamkorlikni yanada rivojlantirishga katta qiziqish bildirmoqda.

Uchrashuvda parlamentlararo aloqalar istiqbollari, hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Yevropa ittifoqi Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ozaro foydali hamkorlik boyicha yangi strategiyani amalga oshirishdan manfaatdor ekani takidlandi. Yevropa ittifoqi bilan Ozbekiston ortasidagi munosabatlarni jadal rivojlantirish nafaqat YeI mamlakatlari va Ozbekiston, balki Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari manfaatlariga ham javob beradi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida delegatsiya azolari bilan kechgan uchrashuvda mavjud aloqalarni yanada mustahkamlash, hamkorlik yonalishlarini kengaytirish diqqat markazida boldi.

Markaziy Osiyo mintaqasi uchun dolzarb bolgan Orol dengizining qurishi bilan bogliq ekologik muammoga etibor qaratildi. Yuqori martabali mehmonlar ekologik fojia oqibatlarini kamaytirish borasida Ozbekiston tomonidan amaliy choralar korilayotganini etirof etdi.

Yevroparlament azolari Ozbekiston bilan YeI ortasidagi munosabatlar har ikkala tomon manfaatlariga mos kelishini, uni yanada rivojlantirishda hali ishga solinmagan imkoniyatlardan tola foydalanish birdek manfaat keltirishini qayd etdi.

Muloqot davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

OzA



DB query error.
Please try later.